Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti psixologiya kafedrasi


Download 1.11 Mb.
bet2/24
Sana17.06.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1522515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
sarvar kursiwi

Kurs ishining obyekti: Boshlang’ich sinf o’quvchilari
Kurs ishining predmeti: Metod va metodologiya
Kurs ishining maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilarining diqqatini jalp etishning muhim metodlari
Kurs ishining vazifasi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari diqqati o’rganish


1. METOD VA METODOLOGIYA


Diqqat-ongimizning bir nuqtaga to’planib, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo’naltirilgan jarayonga aytiladi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta’rifi. Insonga nisbatan diqqatni ma’lum obyektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o’zida boshqa obyektlardan chalg’igan holda, yo’nalganligi va jamlanganligi sifatida o’rganish mumkin. Bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning yo’nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi. Psixik faoliyatning yo’nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, subyekt uchun ahamiyatli bo’lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan ajratib olish yotadi. Ya’ni o’quvchilar o’zlari qiziqqan shakl, o’zlari yoqtirgan rangga e’tibor qaratishadi. Bu hikoya, ertak yoki topishmoq ham bo’lishi mumkin. Ba’zi o’quvchilar dars jarayonida kechadigan voqealarning borishiga qiziqsa, boshqasi esa, o’qituvchini tinglashni yoqtiradi, yana biri esa sinfdagi obyektlarning shakllariga qiziqadi. Bu jarayonlarda o’quvchilarning qiziqishiga qarab ularning diqqatlari ma’lum bir narsaga yo’naladi. Yo’nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt oralig’ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi. Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada chuqurlashganligini tuushuntirib beruvchi jamlanganligidir. Vazifa qanchalik murakkab bo’lsa, diqqatning jadalligi va zo’riqishi shunchalik kuchli bo’lishi kerak, ya’ni, bunda yot narsalardan chalg’ish bilan bog’liq. Aks holda, o’quvchilar yot narsalardan chalg’iy olmay qolishsa, vazifani bajarishga qiyinlashadi. P.Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y fikrlarimiz diqqatning obyekti bo’la oladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlaimizning doimiy yo’ldoshidir. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya po’stlog’ining muayyan joylaridagi optimal qo’zg’alish manbalari diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi. Diqqat ikki turga bo’linadi: ixtiyorsiz- passiv diqqat va ixtiyoriy-aktiv diqqat. Biron tashqi sabab ta’sirida kishi xohishidan qat’iy nazar hosil bo’ladi. Bunday diqqat odamdan iroda kuchini talab qilmaydi. Diqqatni jalb qilish uchun qo’zg’atuvchining kuchi katta ahamiyatga ega, masalan: o’qituvchining dars faoliyatida metodlarini tez tez almashtirib turishi, qo’llayotgan metodologik vositalarning takrorlanmasligi, rangi, shakli, vazifasi jihatidan bir biriga o’xshamasligi shular jumlasidandir. Bular o’quvchilarning e’tiborini yaxshi jalb qila oladi. TADQIQOT NATIJASI Ixtiyoriy diqqatda psixik faoliyat oldindan belgilangan maqsad bilan muayyan narsaga onli ravishda jalb etiladi. Diqqatning bu turi iroda kuchini talab qiladi, shuning uchun bu diqqat irodaviy diqqat deb ham ataladi. Insonning butun ongli faoliyati asosan ixtiyoriy diqqat vositasida amalga oshiriladi. O’qituvchi dars jarayonida qo’llaydigan savol javob metodini olaylik. Bu metod o’quvchilarning butun diqqatini qarata olishi uchun tarqatma materiallardan foydalanishi, keying darsda tarqatma material emas jamoaviy ongni shakllantirish uchun savol javob metodini jamoaviy tarzda olib borishi, mavzuning qiziqarliligi va tushunarliligi, balalarning yosh xususiyatlari e’tiborga olinib mantiqiyligi, o’quvchini o’ylantirib qo’yadigan savollarning berilishi dars faoliyatida ishtirok etayotganlarning butun diqqatini torta oladi. Sinfdagi obyektlarning haddan tashqari ko’p bo’lishi ham o’quvchilarning diqqatini jamlashiga, diqqatini ixtiyorsizdan ixtoyoriy diqqatga o’tqazishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Yoki metodlarning eskiligi yoki yetarlik darajada qiziqarli emasligi, mavzularning o’quvchilarning yosh darajasida sodda emasligi ham o’quvchilarning darsni tinglamasliklariga sabab bo’lishi mumkin. Diqqatning barqarorlik, ko’chuvchanlik, bo’linuvchanlik kabi xususiyatlari, ko’lami bor. Diqqatning barqarorligi uning yagona, umumiy ishga xizmat qiluvchi narsaga yoki hodisaga uzoq muddat jalb bo’la olishidan iborat. Masalan; kitob o’qish, masala yechish kabi. Bunda harakat obyektlari hamda harakatning o’zi o’zgarib turishi mumkin, lekin faoliyatning umumiy yo’nalishi o’zgarmay saqlanishi lozim. Masalan; masalani yechish usullari o’zgarib turishi mumkin,lekin, faoliyatning aynan masala yechish yo’li o’zgarmasligi kerak. MUHOKAMA Diqqatning ko’chuvchanligi faoliyatdan yoki narsadan boshqa faoliyat yoki narsaga tez jalb bo’ladi. Bu xususiyat diqqatning avvalgi narsaga qay darajada qaratilganligiga va yangi faoliyatning xususiyatiga bog’liq. Diqqatning bo’lina olish xususiyati bir vaqtning o’zida ikki yoki undan ortiq ish harakat bajarishda aks etib, ko’p kasb egalari; o’qituvchi, shofyor, uchuvchi uchun ayniqsa kata ahamiyatga ega . Bu xususiyat bir faoliyatni bajarish xiyla avtomatlashib, ikkinchi faoliyat bir qadar tanish bo’lib qolgandan keyin tarkib topadi. O’quvchilarda parishonlik holatlari ham uchrab turadi. Parishonlik- diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmaslikdan iborat salbiy xususiyatdir. Bunda o’quvchining diqqati real bo’lgan yoki real bo’lmagan narsaga qaratilib qolishi, diqqatini jamlay olmaslik yo’naltira olmaslik holatidan kelib chiqadi. Darsning tushunarsiz borishi, o’quvchilarni qiziqtira olmaslik ham diqqatning susayib parishonlikka olib keladi. Parishonlikning ikki turi mavjud bo’lib biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo’lsa, ikkinchisi diqqatning muayyan obyekt ustiga kuchli to’plantirib, boshqa narsalarga qaratilmasligidir. Parishonlik o’quvchining vaqtinchalik holati bo’lishi ham, barqaror tabiiy xislati bo’lishi ham mumkin. Diqqat boshqa psixik jarayonlar qatori ma’lum fiziologik hodisalar bilan bog’liq. Ma’lum yo’nalishdagi alohida qo’zg’atuvchilarni ajratish va jarayonlar kechishining fiziologik asosini ba’zi nerv markazlarining qo’zg’alishi, boshqalarining esa tormozlanishi tashkil etadi. O’quvchiga ta’sir ko’rsatayotgan seskantiruvchi retikulyar formatsiya tomonidan amalga oshiriladigan miya faollashishini yuzaga keliradi. Retikulyar formatsiyaning ‘’ishga tushirish’’ mexanizmlari ichida taxminiy refleksni alohida ta’kidlab o’tish joiz, bu reflex odam va hayvon organizmlarining atrof muhitning barcha o’zgarishlariga nisbatan tug’ma refleksdir. Masalan; xonada shitirlagan ovoz eshitilishi bilanoq, mushuk bolasi cho’chib tushib, tovush kelgan tomonga ko’zlarini qadaydi. Darsda o’tirgan o’quvchilar fikrlarini jamlagan holda insho yozmoqdalar. Birdan sinf eshigi qiya ochiladi, va berilib yozayotgan o’quvchilar beixtiyor eshikka qaraydilar. O’quvchilarning diqqatini mashq qildirishga doir mashqlar: 1.Gugurt qutichasi biografiyasini esga tushirish. 2. 5sekundlik qisqa e’tibor bilan stol ustida yotgan barcha buyumlarni ichki nazar bilan ‘’suratga’’olishni buyurish. 3.Buyumlarni ‘’suratga oling’’. Ko’zni yumishga komanda beriladi. Pedagog buyumlarni aralashtirib yuboradi va sinaluvchidan buyumlar oldin qanday yotgan bo’lsa, ularni shunday qo’yib chiqishini so’raydi. O’qituvchi o’quvchilardan birini tanlab oladi va stol ustidagi o’zgarishlar haqida so’raydi. O’quvchi og’zaki aytganidan so’ng boshqa o’quvchilar uning xatosini to’g’irlashadi. O’qituvchi stol ustidagi buyumlarni o’z o’rniga qo’yishini o’quvchidan so’raydi, agar, o’quvchi bu safar ham xatoga yo’l qo’ysa, u buyumlarga e’tibor bermaganligi aniq bo’ladi, yana shunday jarayonda o’quvchi bu xatoni takrorlamasligi uchun pedagog unga qo’shimcha vazifa berishi yoki ‘’jarima’’ga tortishi kerak. Vaziyat bo’yicha o’quvchini jazolash yoki rag’batlantirish: diqqatni tortishga, yanada e’tiborli bo’lishga, bilimlarni yaxshiroq o’zlashtirishga va ta’lim sifatining oshishiga yordam beradi. Faqatgina diqqat bilan emas, balkim, xotira bilan ham ishlashimiz kerak. Bu jarayonni quyidagicha tashkil etishimiz mumkin: doskaga hamma o’quvchilar tushunadigan so’zlardan yozamiz va bu so’zlarni o’qishni buyuramiz, bolalar faqat so’zlarni qanday yozilishini emas balkim, ularning tartibini ham eslab qolishi kerak bo’ladi. Barcha o’quvchilar bo’lganidan so’ng esa doskadagi so’zlarni o’chirib tashlaymiz. Ular so’zlarni yozishlari uchun 5daqiqa vaqt beramiz. Bu o’yin orqali o’quvchilar bilan xotirani mustahkamlash ustida, orfagrafik qoidalarga amal qilib to’g’ri yozish ustida ham ishlashizmiz mumkin bo`ladi. Diqqatning tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishdagi alohida rolini ayniqsa K.S.Stanislavskiy aniqlab bergan. ‘’Diqqat sovuq, mulohazakor diqqat emas, balki hissiy, faol diqqat- barqaror diqqat holatini uyg’otishga yordam beradi’’. Diqqat ko’p tomonlama bo’lmog’i kerak. Ijodiy pedagogik diqqatning quyidagi xususiyatlari mavjud: ko’p obyektivlik, jo’shqinlik, amaliy barqarorlik; U aqli,xissiy va irodaviy xususiyatlarga ham egadir. Katta yoshdagi kishida diqqatning hajmi 4-6 obyektga yetadi. Shuning uchun obyektlar soni ko’paygan sharoitda mashq qilmagan kishining nazorati yo’qolishi mumkin, sarosimaga tushish holati boshlanadi. Tabiiyki, bolalarda ham nazoratni yo’qotib qo’yish holatlari uchraydi. Yosh bolalarda diqqatning hajmi 3-4 yoki 5 obyektga yetadi. Bolalarning diqqati hajmining ortib borishi ularni parishonxotirlikka, jizzakilik, sabiylashish kabi holatga, darslarni bo’sh o’zlashtirishga yoki umuman darsga e’tibor bermaslikka olib keladi.


Shaxsning ayni chog`dagi psixik faoliyati, ya`ni ehtiyojlarining yig`indisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo`ladi. Odamga juda ko`p tashqi qo`zg`ovchilar ta`sir qilib turadiodamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo`zg`alish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bo`lgan mayllar bilan tashqi qo`zg`atuvchilarning o`zaro munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Ma`lum ob`ektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi.

Shaxsning ayni chog`dagi psixik faoliyati, ya`ni ehtiyojlarining yig`indisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo`ladi. Odamga juda ko`p tashqi qo`zg`ovchilar ta`sir qilib turadi, odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo`zg`alish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bo`lgan mayllar bilan tashqi qo`zg`atuvchilarning o`zaro munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Ma`lum ob`ektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi.

Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o`tirganda, u mana shu eshitib o`tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo`zg`algan, shu maqsadga bo`ysundirilgan bo`ladi. O`quvchining biron boshqa narsaga chalg`imasdan o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishida uning psixik faoliyatining yo`nalishi ifodalanadi.


Ta’limning poydevori hisobl qaratilmoqda.Chunki boshlang’ kelayotgan paytda, bolaga to’g’ri tarbiya berish, unga turli zamonaviy texnologik vositalar, rasmli va ko’rgazmali qurollardan foydalanib, bola diqqatini jamlash, yuqori malakadagi pedagogik mahoratdan foydalanib, bolani darsga bo’lgan diqqatini oshirish zarur. bosqichidagi diqqat turg’unligi, bo’linuvchanligi, taqsimlanishi, ko’chishi kabi xususiyatlar sur’atlar bilan rivojlanib, takomillashib boradi.Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda diqqat bilan eshitish analizatori vazifasining buzilganligi sababli me’yorda eshituvchi bolalardan ko’ra tarqoq bo’lishi, haddan tashqari ko’chuvchanligi yoki barqar va dars materialini o’zlashtirishga nafaqat zaif eshituvchi o’quvchilar balki, har bir o’quvchi e’tiborini tortish muhimdir. O’ turishda o’yinlar samarasi kata bo’lib, ular kuchli ta’sirga, jalb qilish xususiyatiga ega. Hususan, didaktik o’yinlar diqqatni rivojlantirishda muhim vositadir Har bir shaxsning o’zining dunyoqarashi, qiziqishi bo’lganidek, o’quvchilarning har biri o’zga bir olam.Darhaqiqat, mahoratli pedagog barcha bolaning qiziqishini e’tiborga olgan holda, interaktiv metodlardan foydalanadi. davomida bir necha ustazoda pedagog o’qituvchilar darslarini kuzatdim va ular foyda metodlar qay darajada o’quvchilarni samaradorligini aniqladim. Masalan Namanga viloyati, Chust tumanidagi 8 uchun bordim va Umarova Dilfuza rahbarlig metodlarni samaradorlik darajasini aniqlashga harakat qildim. Quyida ulardan bir nechtasi keltirilib o’tilgan. 1. “DIQQAT MASHQI” doska bilan ishlashdan avval o’qituvchi o’quvchilarga sinf jihozlarini birma bir aytib chiqadi. Masalan: parta, jovon, gul, rasm,shift va shu kabilar oxirida baland ovozda DOSKA deydi-da o’quvchilar diqqatini doskaga qaratadi. Fikrimcha, mazkur metod juda ham samarali. Taqdiqotim natijasida shunga amin bo’ldimki, boshlang’ich sinf o’quvchilari ovoz balandligi hamda talaffuzning qiziqarliligiga ingichka,goh yog’onlashtirish) ko’proq e’tibor qara sinfdagi deyarli barcha o’quvchi e’tiborini doskaga qaratdi hamda o’qituvchidan yangi bir axborot qabul qilishga o’zlarini ongli tayyorlashdi. O’sarov Murodjon, Muhammadjonov Sanjar, Shamanova Zuhra, Yo’ldasheva Oyjamol singari bir nechta o’quvchilar boshqa tengdoshlariga jamlashga qiynalganligi sababli ushbu metod orqali ularda ijobiy Ammo Ashurmatov Azizbek uchun ushbu metod unchalik samara bermadi chunki u tengdoshlariga nisbatan kichikroq hamda haddan tashqari o’yinqaroq. Tajribam jarayonida bu o’quvchini diqqat bilan kuzatdim hamda shunday o’quvchilarni dars jarayoniga qiziqtirish yo’llarini qidirdim va amaliy ish olib bord rasmlar chizish, ularni bo’yash hamda oynadan tabiat manzarasini kuzatishini bilib oldim va uning diqqatini rasmlar orqali jalb qilishga urindim. Unga 2 ta deyarli bi keldim hamda barcha o’quvchilar bilan ham ushbu “ FARQINI TOP” metodini sinab ko’rdim. 10 minut vaqt davomida birinchilardan bo’ shunday o’yinlar o’ynashni xohlashini aytd ushbu metodni bajarish davomida ham diqqat bilan 2 ta rasmning farqini top hamda aqliy tomondan ham didaktik o’yin sifatida bolaning aqliy faoliyati zo’riqishiga olib kelmasligi aniqlandi. Har bir pedagog, ayniqsa boshlang’ich sinf o’qituvchisi bolani dars jarayoniga qiziqtirish hamda diqqatini rivojlantirishi uchun har bir o’quvchini individual qiziqishini o’rganib ular uchun umumiy bo’lgan metoddan foydalansa, o’quvchi diqqat bilan shuningdek darsdan kutilgan natijaga ham erishiladi. 2.“KUZATUVCHANLIK” metodi. Ushbu metodda bolalarga uyidan maktabgacha bo’lgan yo’lni eslab, to’liq tasvirlab berish vazifasi beriladi.Bu vazifani kichik maktab yoshidagi b bajaradi.Sinfdoshlari ishtirokchi bolaning kamchiliklarini to’ldirib turadi. Bu o’yinda bolaning ko’rish xotirasi va diqqat uzviyligi aniqlanadi. Yuqoridagi metod orqali ba’zi bir bolalarning diqqati hamda xotirasini rivojlantirish mumkin albatta lekin kuzatishlarim natijasida ushbu metod bir oz bahstalab ekanligini bildim maktabga asosan yon atrofda istiqomat qiluvchi bolalar kelishini hisobga oladiga bo’lsak, ko’pchilik bolalarda bir xil manzaralarni tasvirlash kuzatildi, lekin bu b natijasiz deb bo’lmaydi. Mazkur metod maxsus ta’lim tizimidagi o’quv jarayoni darslarida shu tipda tashkil qilinmoqda eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar diqqatini shakllantirishga qulaylik yaratmoqda. Shuningdek, bu o’yin samarali me topgan 3 Shunday qilib, har bir metod, har bir didaktik o’yinlarning o’z o’rni va samarasi bor albatta. Farqatgina mahoratli pedagog o’z ishining ustasi bu metodlarni qachon va qaysi o’quvchilarga qo’llashini bilishi zarur. Har bir ustoz borki, o’quvchisi katta yutuqlarga erishishini, kelajakda yaraydigan komil inson bo’lishini xohlaydi, Zero, birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov aytganidek:” Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli,dono va albatta, Buning uchun avvalo pedagog o’z ishining ustasi, o’z mutaxasisligi bo’yicha chuqur malakaga ega bo’lishi, innovatsion texnologiyalardan dars davomi qo’llay olishi va eng asosiysi, o’zi bilgan bilimlarni o’quvchilarga yetkaza olishi kerak. Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki boshlang’ich sinf o’qituvchilar darsining ajralmas qismi bo’lishi ker Ishonamizki, bugungi kun o’qituvchilari aynan shund bilimini kengaytirib, har sohada rivojlangan mamlakatlar yoshlari bilan raqobatdosh bo’la oladigan qilib tarbiyalashadi. Mazkur maqoladan kutilayotgan natij o’qituvchilarimiz qay sohada bo’lmasin o’quvchi talabalarga yetarli bilim va ko’nikmalarni sidqi dildan, berishi hamda o’quvchilarni o’zi qiziqqan fandan zerikishiga turli interaktiv metod va didaktik o’yinlardan foydalangan holda yo’l qo’ymasligi, bola diqqatini bo’linishi, ko’chishini oldini ola bilishi zarur.
Shaxsning ayni chog`dagi psixik faoliyati, ya`ni ehtiyojlarining yig`indisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo`ladi. Odamga juda ko`p tashqi qo`zg`ovchilar ta`sir qilib turadi, odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo`zg`alish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bo`lgan mayllar bilan tashqi qo`zg`atuvchilarning o`zaro munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Ma`lum ob`ektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi.
Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o`tirganda, u mana shu eshitib o`tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo`zg`algan, shu maqsadga bo`ysundirilgan bo`ladi. O`quvchining biron boshqa narsaga chalg`imasdan o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishida uning psixik faoliyatining yo`nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo`naltirilishi deganda ana shu faoliyatning tanlashgina tushunilib kelmay, balki ana shu tanlanganni saqlab va qo`llab-quvvatlash tushuniladi. O`quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo`ladi. Diqqatda psixik faoliyatning yo`naltirilishi bilan birga uning to`planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo`lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg`itish demakdir. Diqqatning bir joyga to`planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi - ko`pmi chuqur e`tibor berish tushuniladi. Qandaydir bir suratli kitobni tez ko`rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqatning to`planishi kuchli bo`lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama o`zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida uqish mumkin. Bu holatdagi diqqatning to`planishi juda kuchli bo`ladi. Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o`tirgan o`quvchi ba`zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to`planishi kuchli bo`ladi.

2. DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI


Diqqat ma`lum nerv markazlarining qo`zg`alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog`liqdir, bu esa ob`ekt uchun ahamiyatli bo`lgan qo`zg`atuvchilarni ajratishni, ya`ni psixik faoliyatning yo`naltirilishini ta`minlaydi. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qo`zg`atuvchi, agar u etarli darajada intensiv kuchlanishga ega bo`lsa tegishli qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek “bu nima” degan refleks bilan ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
Diqqat assotsiatsiya yo`li bilan eslash va uning yangilik bilan farq qilmaydigan, lekin u ob`ekt favg`ulodda alohida ahamiyat kasb etgan ob`ektlarni idrok qilish bilan bog`liq bo`lishi mumkin. I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induktsiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya po`stining bir joyida maydonga kelgan qo`zg`alish jarayonlari bosh miya po`stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya po`stining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya pustining boshqa joylarida kuchli qo`zg`alish jarayonlarini paydo bo`lishiga olib keladi. Ayni shu paytning har bir onida miya po`stida ko`zgalish jarayoni uchun optimal, ya`ni nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qo`zg`alish manbai mavjud bo`ladi. “Agar bosh suyagiga qarash imkoni bo`lganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya ko`rinadigan bo`lsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qo`zg`alish uchun eng yaxshi sharoit tug`ilgan nuqtasi miltillab ko`rinadigan bo`lsa, yangi sog`lom bir narsani o`ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda g`alati jimjimador shaklli, surati va hajmi har damda bir o`zgarib, turlanib, jimir - jimir qilib turgan yorug` narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug` narsa atrofidagi boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini ko`rardik”.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo`zg`alishning har doim ustun turadigan hukmron o`chog`i mavjud bo`ladi, bu hukmron qo`zg`alish o`chog`i aynan shu damda miyaga ta`sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg`alishlarni qandaydir ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zg`alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo`zg`alishning hukmron bo`lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Bu hol psixologik jihatdan biror qo`zg`atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chog`da ta`sir qilib turgan boshqa qo`zg`atuvchilardan diqqatning chalg`ishida ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda o`ziga xarakterli bo`lgan tashqi ifodalari bilan bog`liq bo`ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tiqilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to`xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xos bo`lgan yuz harakatlari bilan bog`liq bo`ladi.

3. DIQQAT TURLARI


Kishi faoliyatida diqqat bir necha turlarga bo`linadi:
1. Ixtiyorsiz diqqat;
2. Ixtiyoriy diqqat;
3. Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatlarga bo`linadi.
Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan paytimizda psixik faoliyatning yo`naltirishi va to`planishi ixtiyorsiz xarakterga ega bo`lishi mumkin. Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan odamni o`z - o`ziga jalb eta oladi. Odam o`ziga ta`sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki e`lonni eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Biroq biz ko`zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma`lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi ixtiyoriy tabiatga ega bo`lishi mumkin. Biz bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Masalan: maktab o`quvchisi berilgan topshiriqni ongli ravishda bajarishini ixtiyoriy tabiatga ega deb bilamiz. Ba`zan esa tamoman boshqa bir narsa jalb qiladi? Bu o`rinda biz odatda diqqatni jalb qilish xususida bir - biri bilan zich bog`lanib ketgan murakkab sabablarga egamiz. Bu sabablarni tahlil qilish maqsadida biz ularni shartli suratda turli toifalarga bo`lamiz. Bunda qo`zg`atuvchining absolyut kuchidan ko`ra, nisbiy kuchi muhimroq rol o`ynaydi.
Qo`zg`atuvchining to`xtatib ta`sir qilishi muhim ahamiyatga egadir. Bizga doim ta`sir qilib turuvchi yorug`likka qaraganda ma`lum vaqt oralig`ida yonib - uchib turuvchi yorug`lik diqqatimizni o`ziga tezroq jalb qiladi. Xuddi shuningdek qo`zg`atuvchining to`xtashi ham diqqatimizni jalb qiladi. Masalan: o`quvchi bir xil shovqinda dars tayyorlayotgan bo`lsa (ventilyator shovqinida), shovkinni payqamaydi, agar shovqin to`xtasa u darhol sezadi. Qo`zg`atuvchining tashqi xarakterimizga bog`liq bo`lgan diqqatni deyarli majburiy diqqat deb hisoblashimiz mumkin. Pedagogik amaliyot, albatta diqqatni tug`diruvchan mana shu toifadagi sabablar bilan hisoblashmog`i lozim. O`qituvchi o`quvchilar diqqatini jalb qilish uchun ba`zan kattiqroq gapirishi yoki ovozni pasaytirib gapirishi mumkin. Lekin bunday usullar maktabda diqqatni hal qilish masalasini hech qachon oxirigacha hal qilib bermaydi. Bu usuldan so`ng va ular bilan birga o`quvchilar diqqatini jalb qilishning boshqa usullaridan foydalanmog`i lozim.
Ixtiyoriy diqqatni yuzaga keltiruvchi ikkinchi toifa sabablariga tashqi qo`zg`atuvchilarning odamning ichki holatiga va avvalo odamda mavjud bo`lgan ehtiyojlarga mos kelishi kiradi. Masalan: kornimiz och paytida biror mazali hid beixtiyor diqqatimizni o`ziga jalb etadi. Agar qornimiz to`q bo`lsa, bu hidni payqamasligimiz ham mumkin. Bu toifadagi sabablarga maroqlilik hamda jozibadorlik kiradi. Agar o`qituvchining gapirayotgan gapi har xil hissiyotlarni tug`diruvchi tasavvurlarni almashtirib tursa, o`quvchilarning diqqatlari so`saymaydi. Bunday diqqatni emotsional diqqat deb atashimiz mumkin.
Diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarga yana ilgarigi tajribalarning ta`siri, jumladan bilimlarning va tasavvurlarimizning ta`siri, hamda ko`pincha diqqatni jalb qilishda ahamiyatga ega bo`lgan malaka va odatlarning ta`siri kiradi. Diqqatni jalb qilishda inson shaxsi umumiy yo`nalishining va diqqatni yuzaga keltirishning muhim sabablaridan biri bo`lgan qiziqishlarning ta`siri nihoyatda kattadir. Nimaiki narsa bizga bevosita qiziqarli bo`lsa, diqqatimizni beixtiyor o`ziga jalb qiladi. Bolaning ilk yoshida ham, maktab yoshidagi paytlarda ham diqqatni jalb qilish uchun qiziqtirishning ta`siri ayniqsa kattadir. Qiziqishdan diqqatni jalb qilish vositasi sifatida foydalanilar ekan, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qiziqish bizning ilgarigi tajribamiz bilan bizdagi mavjud bilimlarga mustahkamlik bog`lab olib borishimiz kerak. O`quv materiallarini maroqli bayon qilish izchillik va tizimlilik bilan qo`shilib doimiy qiziqish hamda o`zluksiz diqqatni ta`minlaydi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan shuning bilan farq qiladiki, u narsalarga qabul qilingan qarorlar ta`siri va ongli suratda ko`zlangan maqsadlarimiz asosida qaratiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda ish bizni o`ziga shunchaki jalb qilib olsa, ixtiyoriy diqqatda biz ixtiyorimizni qaratish uchun esa o`z oldimizga qo`yamiz, qiyinchiliklarni engib, diqqatni to`plash uchun kurashib va har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab, diqqatimizni ongli suratda biror ishga qaratamiz. Ixtiyoriy diqqatning o`ziga xos xususiyati mana shu maqsad ko`zlashda, irodaviy zo`r berishda namoyon bo`ladi. Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo`lishidir. Qandaydir biror faoliyat bilan shug`ullanishga qaror qabul qilar ekanmiz, diqqatimizni hatto ayni chog`da biz uchun qiziqarli bo`lmagan, lekin shug`ullanishimiz lozim topgan narsalarga ongli suratda qaratamiz. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatidan farq qiladi. Mehnat maqsadga muvofiq faoliyatdir. Maqsad ko`zlash esa o`z tarkibiga diqqatni yo`naltirishni ham oladi. Ixtiyoriy diqqat xuddi ixtiyorsiz diqqat kabi odamni qiziqishlari bilan mustahkam bog`liqdir. Ixtiyoriy diqqatda qiziqishlar, asosan bevositalik xarakteriga ega bo`ladi. Bunday qiziqishlar maqsad, ya`ni faoliyat natijalari bilan bog`liq bo`lgan qiziqishlardir.
Ixtiyoriy diqqatdan tashqari diqqatning yana bitta to`rini kayd qilib o`tish lozim, u ixtiyoriy diqqat kabi, maqsadga qaratilgan bo`lib, lekin irodaviy zo`r berishni talab qilmaydi. Masalan: bir o`quvchi matematikadan qiyin misol echishga kirishdi, lekin uni echa olmadi. U o`zicha eshikka qaraydi, uni-buni eshitadi, beixtiyor nimalarnidir yozadi. Birdan misol echishning yo`lini tushuna boshlab misolni echadi. O`quvchining ixtiyoriy diqqati muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatga aylanadi.
Muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatni ixtiyorsiz diqqat bilan almashtirib bo`lmaydi. CHunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat ongli suratda ko`zlangan maqsadlar bilan bog`liq bo`ladi va ongli qiziqishlar qo`llab turiladi. Ikkinchi tomondan muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat sof ixtiyoriy diqqatga o`xshamaydi, chunki muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqat paytida irodaviy zo`r berish deyarli bo`lmaydi. SHuning uchun diqqatning bu maxsus turi ixtiyorsiz diqqatga nisbatan sifat jihatidan farq qiladi.

4. DIQQATNING XUSUSIYATLARI


Diqqatning o`ziga xos xususiyatlariga uning kuchi va barqarorligi, bo`linishi, kulami, parishonxotirlik, taqsimlanishi kabilar kiradi. Dastavval diqqatning barqarorligidan iborat bo`lgan tomonini ajratib ko`rsatish kerak. Biz ma`lum vaqt oralig`idagi diqqat to`lqini haqida gapirishimiz mumkinmi? Ayrim tadqiqotchilar diqqatning davomiyligini sof biologik ritmlar bilan cheklashga intilganlar. Ular diqqatni tebranishi deb, atalishi xususiyatini diqqatning biologik ritmiga kiritganlar. Diqqatning tebranish xususiyati, odatda bilinar- bilinmas qo`zg`atuvchilar orqali o`rganiladi. Masalan: soatning chiqillashiga quloq soladigan bo`lsak, diqqatimiz jiddiy qaratilgan bo`lishiga qaramay, bu ovoz ba`zan payqaladi, ba`zan esa payqalmay qoladi. Bir - biriga yaqin bo`lgan yorug`lik farqini ajratishda xuddi shunday hodisa ro`y beradi. Diqqatning bunday tebranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma`lum bo`lishicha, diqqat tebranishining davomiyligi unchalik katta bo`lmay 1,5sekunddan 2,6 sekundgacha etadi. Bu hol diqqat tebranishining asosini biologik jarayonlari tashqil etishini ko`rsatuvchi bir dalil bo`ladi. Diqqatimizni uzoq vaqt davomida biror harakatsiz o`zgarmas ob`ekt ustida to`plashga imkoniyatimiz bo`lmasa ham, to`qnash keladigan ob`ektning o`zgarishi va harakatchanligi bilan bo`lgan qandaydir bir faoliyatni bajarish ustida diqqatimizni uzoq vaqt saqlay olmaymiz. Masalan: koptok o`ynagan paytda shunday qilib barcha diqqat biror ob`ekt ustida uzoq vaqt davomida to`xtab turolmasa ham, lekin diqqat uzoq vaqt davomida bitta faoliyatning o`zida to`planib turishi mumkin.
Ma`lum bo`lishicha, 40 minutlik ish davomida diqqatning qandaydir jiddiy tebranishi ro`y bermagan. Demak, o`quvchilar butun dars davomida to`xtovsiz ishlashlari mumkin. Albatta, o`quvchilar bunday uzluksiz ishlash bilan charchaydi. Bu yoshda o`quvchilarga uzoq muddat davom etadigan ish buyurish yaramaydi. Bolalarning yoshiga qarab ish qiyin bo`lsa ham ularga dam berib, bir ish turidan ikkinchi turiga o`tkazib turish kerak. Diqqatning barqarorligi uchun bajarilayotgan faoliyatning jadalligi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Diqqat harakat bilan qo`shilib va o`zaro bir-biri bilan chirmashib, ob`ekt bilan mustahkam aloqa yuzaga keltiradi. Diqqatning bo`linishi psixik faoliyatning shunday tashqil qilinishiki, bunda aynan bir vaqtning o`zida ikkita yoki undan ham ko`p ish harakat bajariladi. Diqqat haqiqatdan ham bo`linishi mumkinmi? O`tgan asrning oxirida o`tkazilgan ayrim tadqiqotlarning ko`rsatishicha, ayni biror vaqtning o`zida bajariladigan ikkita ish, masalan: yod olingan biror she`rni o`qish va shu bilan bir vaqtda qog`ozga katta bo`lmagan sonlarni qo`yish mumkin. Bu har ikkala ishni bajarish uchun qancha vaqt ketsa, ularni har birini alohida - alohida bajarish uchun shuncha vaqt ketadi. O`z diqqatini bo`la olish bir qator kasblar uchun, masalan: o`quvchilar, haydovchi, pedagoglar va boshqalar uchun katta ahamiyatga egadir. O`qituvchi darsda o`quv materialini bayon etar ekan, o`zining fikrini uo`zatib borishi, gapirayotgan gaplarini o`zi eshitishi va shuning bilan birga, o`quvchilar uni qanday eshitayotganlarini uchun sinfni kuzatib borishi kerak. Diqqatning muhim tomoni uning bir faoliyat turidan boshqa bir faoliyatga tez o`tish qobiliyatidir. Diqqatning ko`chirilishiga ba`zan ayni bir vaqtning o`zida idrok qilinadigan ikkita o`zaro farqlanadigan kuzatuvchini aks ettirishga murojaat qilishga to`g`ri keladi, bir - biridan farq qiluvchi ikkita qo`zg`atuvchining ta`sirini ayni bir vaqtning o`zida darhol bilib bo`lmaydi.
Notiqqa qarab turganingda uni eshitish ancha engil bo`ladi. Bu erda eshitish va ko`rish qo`zg`atuvchilari bir - birini kuchaytiradi.
Parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonini tashqil etadi. Parishonxotirlik deganda ko`pincha ishga nihoyat darajada berilib ketish tushuniladi. Syunday paytda odam atrofidagi narsalarni mutlaqo payqamay qo`yadi. Bolalarda parishonxotirlik tez - tez uchrab turadi. Bolalarning shaxsini uning irodaviy sifatlarini uzoq vaqt tarbiyalash yo`li bilan bunday parishonxotirlikka kurash olib borishi zarur. Parishonxotirlikdan tashqari diqqatning boshqacha turidagi uo`zilishlari ham uchrab turadi. Ongning kasallik tufayli torayishi, diqqatning ko`lamining cheklanishiga, diqqat doirasining torayishi kiradi. Ayrim ruxiy kasallik holatlarida diqqatning inertligi (sustligi) yoki mutlaqo harakatsizligi, qandaydir biron ob`ekt ustida to`xtab qolishi holatlarini kuzatish mumkin. Bola hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qo`zg`atuvchilardan, ularning keskin o`zgartirishlaridan ta`sirlanadi. Masalan: To`satdan paydo bo`ladigan qattiq ovozlardan harakatning o`zgarishidan va boshqa narsalardan ta`sirlanadi. Ixtiyoriy diqqatning alomatlari odatda bola yoshiga to`lgandan so`ng yoki ikki yoshga qadam qo`ygan davrda paydo bo`la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida yuzaga keladi, bolaning atrofidagi odamlar nima qilish lozimligini asta - sekin o`rgatadilar. Bolalar o`z diqqatini ulardan talab qilinayotgan harakatlariga o`zlarining bevosita moyillaridan voz kechishlariga to`g`ri keladi. Bolada, albatta juda sodda go`daklik shakli bo`lsa ham onglilik namoyon bo`ladi. Bolani ozodalikka, tartiblikka, ma`lum intizomlilikka, jamoat qoidalariga rioya qilishga o`rgatar ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlantiramiz. Bog`cha yoshidagi davrda bolaning ixtiyoriy diqqatini rivojlantirish uchun o`yin katta ahamiyatga egadir. Bog`cha yoshidagi bolalar diqqati juda barqaror bo`ladi. Mashq qilish usuli bilan o`z diqqatini to`plash qobiliyati asta - sekin rivojlanadi.
O`quv jarayonida ixtiyoriy diqqatni tartiblash alohida ahamiyatga egadir. Maktab mashg`ulotlarini intizomlashtiruvchi ta`siri, dars davomida sinfda o`tirish, o`quvchilarning so`zlarini eshitish zaruriyati, chalg`imaslik bularning hammasi ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda katta rol’ o`ynaydi. Har turli ta`lim ishlari maktabdagi o`quv mashgg`uloti ustida ongning yo`nalganligi va to`planganligini saqlab turishni talab qiladi. Bolalarning hissiyotlari ko`pincha kuchli bo`ladi. SHuning uchun ularning diqqatlari qisqa vaqt ichida davom etsa ham kuchli bo`ladi.
Maktab yoshidagi bolalarning hissiyotlari ancha barqaror bo`la boshlaydi. SHuning uchun pedagog o`qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, buning bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishiga yordam beradi. Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi o`quvchi uzoq vaqt diqqatli bo`lishi mumkin. Ammo kattalarning nazorati pasayib qolsa, u zarur vazifani bajarishdan chalgib boshqa narsaga kirishib ketishi mumkin. Masalan: adabiyotni o`rganayotgan o`quvchi kino yoki biror o`qigan asari haqida xayol surib ketishi mumkin. Ayrim bolalar jismoniy mehnat darslarida diqqat bilan o`tirsalar boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan o`tiradilar. O`zi yoqtirgan darslarda kuchli diqqat bilan o`tirgan o`quvchilar boshqa darslarda o`qituvchilarning ancha tashvishga solib qo`yishlari mumkin. O`quvchilarning o`quv predmetiga munosabati, o`nga diqqat bilan qarashi ko`p jihatdan darsda o`quvchining o`quv materialini jonli, emotsional, qiziqarli, tushunarli, shu bilan birga to`liq va chuqur o`qita bilishga bog`liq. Bu talablarga rioya qilmaslik darsda o`quvchilarning parishonligiga yoki ikkinchi darajali qiziqishlarning paydo bo`lishiga olib keladi. O`smirlarda chuqur, barqaror qiziqishni tarbiyalash, o`qitishning mazmunini jiddiy o`ylab ko`rilganligi ularda diqqatni tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi.
Bu shart - sharoitlarga rioya qilinsa o`smir diqqatini boshqarishga halal beradigan ba`zi impulsiv (ixtiyorsiz) harakatlarga qaramay o`z diqqatini ixtiyoriy ravishda boshqarish va to`xtab turish mumkinligini tezda egallab oladi. U o`zi uchun qiziqarsiz va qiyin ishni diqqat bilan bajarish zarur bo`lsa, o`zini bu ishga majbur eta oladi. Masalan: Hamma predmetlardan beriladigan vazifalar. O`smirlarda kichik maktab yoshidagi bolaga qaraganda diqqatning tashqi ifodasi ham o`zgaradi. Agar kichik yoshdagi maktab o`quvchining yuz ifodasi va gavda holati uning qanchalik diqqatliligini aniq belgilab bersa, o`smir esa o`zining diqqatsizligini yashira oladi. Faqat o`qituvchining kuzatuvchanligi orqali buni aniqlash mumkin.

5. DIQQATNING RIVOJLANISHI


Ta`lim va inson faoliyatining barcha turlari, asosan ixtiyoriy diqqat yosh ulg`ayishi bilan, inson faoliyati davomida asosan tarbiyaning ta`siri ostida o`sib boradi. Katta yoshdagi kishilar bolalarning diqqatini biron bir narsaga qaratadilar. Kattalar tomonidan qaratilgan bu ixtiyoriy diqqat bola ikki yoshga etishi bilan ko`rina boshlaydi. Bunda bola diqqatining to`planishi va barqarorligini saqlab turish uchun yoshlik paytidan boshlab beixtiyor ravishda o`ziga jalb qiladigan qo`zg`atuvchilarning taassurotini engishga to`g`ri keladi. Katta kishilar bolani tozalikka, tartiblilikka, intizomli bo`lishga va jamiyatda yashash koidalariga o`rgatadilar. Bo`larning hammasi ixtiyoriy diqqatni taraqqiy qildiradi. 5 yoshdan boshlab ixtiyoriy diqqat bolaning o`z tashabbusi bilan ham o`sa boshlaydi. Bolalardagi ixtiyoriy diqqat maktab yoshidan boshlab tez o`sa boshlaydi. O`qish jarayonining o`zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning to`planishi va barqarorligining o`sishiga yordam beradi. Bolalarning yoshlari ulg`aygan sari diqqatning ayrim sifatlari kulami, kuchuvchanligi, kuchi va barqarorligi o`sib boradi. Bolalarning diqqati avvalo kulamining torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan kuchishi va bo`linishi bilan ajralib turadi. Bir yoshli bolalarda biz faqat tor kontsentratsiyalashgan diqqatni ko`rishimiz mumkin. Masalan: bolaga bir narsa berib bir qo`liga ushlatib qo`yib, ikkinchi qo`liga boshqa narsa bersak, u birinchi qo`lidagi narsani tashlab yuboradi, demak, bolaning diqqati o`z qo`lida ushlab turgan narsaga taqsimlana olmaydi. Keyinchalik diqqatining bo`linuvchanligi kattalar yordami bilan bolalarning o`yin faoliyatlarida, o`qish va amaliy mehnat jarayonida o`sib boradi.
Bolalarning yoshlari ulg`aygan sari diqqatning kuchi va barqarorligi o`sa boradi. Bu xususiyatlari o`yin, mehnat va o`qish jarayonlarida o`sadi.
O`qish jarayoni uchun diqqatning ma`lum darajada kuchli va barqaror bo`lishi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o`sishiga bolalar ongining mazmunan boyishi va ular tafakkurining o`sishi katta yordam beradi. Bola hayotining dastlabki onlariga ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi. SHuning uchun avval bola tashqaridan keladigan qo`zg`atuvchilarga qattiq ovozlar, yorqin ranglarga, ta`sirli bo`ladi. Bola hayotining uchinchi oylaridan boshlab, ob`ektning tashqi tomonlariga ko`proq qiziqa boshlaydi. endi bola biror predmetga ko`proq qarashi, uni og`ziga solishi mumkin. YAltiroq narsalar uning diqqatini torta boshlaydi.
Bola yoshining oxirgi yoki ikkinchi yoshining boshlarida ixtiyoriy diqqat shakllana boshlaydi. 2 yoshli bolalarda ongning elementlari ixtiyoriy diqqat bilan birga paydo bo`la boshlaydi. Bola ixtiyoriy diqqatning rivojlanishida o`yin katta ahamiyatga egadir. Agar bog`cha yoshidagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat mustahkam bo`lmasa, ixtiyoriy diqqat mustahkam bo`lmaydi. Ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda o`quv jarayoni muhim ahamiyatga ega, ya`ni darsda qanday utirish, maktab topshiriqlari, o`qituvchini eshitish, ularning hammasi ixtiyoriy diqqatning shakllanishida katta rol’ uynaydi. Maktabgacha bolalik davridagi diqqat ixtiyorsiz bo`ladi. Maktab yoshidagi bolalar o`z diqqatlarini boshqara olmaydilar. Diqqatning ixtiyoriy turi o`yin davomida faqat epizodik tarzda sodir bo`ladi. O`quv faoliyati juda murakkabligi, majburiyligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bilan diqqatning rivojlanishiga jiddiy talablar kuyadi.
Maktab yoshidagi kichik bolalar diqqatining asosiy xususiyati ixtiyoriy diqqatining o`sib borishidir. quyi sinf o`quvchilarida ixtiyoriy diqqatning beqarorligiga sabab, ular asab tizimining tez charchashi, tormozlanish jarayonining kuchsizligidir. SHuning uchun o`qituvchi o`quvchilar diqqatini tarbiyalashda o`quv materialining mumkin qadar qiziqarli ko`rgazmalar, xilma - xil bo`lishiga harakat qilishi kerak, o`quvchilarni faollashtirishga intilishi, mashg`ulot davomida tanaffus berish imkoniyatlarini avvaldan o`ylab ko`rishi lozim. O`quv faoliyatini to`g`ri tashqil etish boshlangich sinflardaek shakllanib, o`smirlik yoshida mustahkamlanadigan diqqatlilikka odatlanishga zamin hozirlaydi. O`smirda har xil narsalarni bilishga qiziqish, ko`p narsalarni mustaqil bajarishga nisbatan jo`shqin g`ayrat, istak uyg`onadi. Bu bir tomondan, diqqatning to`planishi va barqarorligining oshishiga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, parishonxotirlik, engil chalg`ish hollarini keltirib chiqaradi, chunki hali o`smir faol jalb etishigina unda diqqatning holatini aniqlash, uni dars materialiga yo`naltirish va unda tutib turish imkonini beradi.
O`qituvchining moxirona rahbarligi va kuchli nazorati o`rta yoshdagi o`quvchilarning diqqatini to`g`ri tarbiyalashni ta`minlaydi. Bunday sharoitda o`smirning o`zi ham o`zida ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashga harakat qila boshlaydi. Ilk yigitlik yoshi davri diqqatning barcha xususiyatlari va turlarini yanada rivojlantirish bilan bog`liq. Bu yoshda bilishga qiziqish keng doirasi bilan ta`limga oliy ma`suliyatli bo`lish, kelgusi mehnat faoliyati uchun uning ahamiyati tushunishning birgalikda rivojlanishi ancha mahsuldor so`nggi ixtiyoriy diqqatning, ya`ni irodaviy diqqatning paydo bo`lishi hamda rivojlanishiga zamin hozirlaydi.
Ko`p yillik o`qish davomida tobora qiyin masalalarni echish jarayonida diqqat bilan ishlash odati paydo bo`ladi, uning natijasi yuqori sinf o`quvchisi uning uchun qiyin, qiziqarsiz bo`lgan ish ustida o`z diqqatini nisbatan engil to`play oladigan bo`ladi.
Bunday yigit - qizlar murakkab, mavhum, nazariy, materialning qunt bilan o`rganish qobiliyatiga ega bo`ladi. Aslida esa kichik maktab yoshidagi bola, hatto o`smir ham ko`rgazmali va aniq materialga tayanishga muhtoj bo`ladi. YUqori sinflarda diqqatni jalb etish va tutib turishda o`qitishning mazmundorligi, mantiqiyligi hal qiluvchi rol’ o`ynaydi.

Ota-onalar uchun maxsus so'rovnomani to'ldirib, birinchi sinf o'quvchisi Kolyaning onasi: "O'qituvchi bolaning qaysi xususiyatlariga e'tibor berishini xohlaysiz" ruknida xo'rsinib: "Juda aqldan ozgan" deb yozdi. Ko'p o'tmay, Kolya o'qituvchisining o'zi bolada e'tiborni rivojlantirishda muammolar borligiga amin bo'ldi. Darslarda u tez-tez chalg'igan: u o'qituvchining ko'rsatmalari va topshiriqlariga etarlicha e'tibor qarata olmadi; tez-tez yana so'radi; ko'pincha noto'g'ri sahifada ishlay boshladi, vaqti-vaqti bilan u darsga tayyor emasligi aniqlandi, chunki u bir kun oldin nima olib kelish va qilish kerakligini eshitmagan; uy vazifalarini muntazam ravishda "tinglashdi", shuning uchun ota-onalar sinfdoshlariga telefon orqali qo'ng'iroq qilishlari va nima topshirilganligini bilishlari kerak edi va hokazo. Kolyaning yozma ishlarida ko'pincha "e'tiborsizlik xatolari" deb ataladigan: harflarning qoldirilishi, takrorlash, so'zlardagi harflarni qayta tartibga solish, mashqlarni noto'g'ri nusxalash, misollar va topshiriqlar uchun shartlar, bolaga yaxshi tanish bo'lgan eng oddiy arifmetik operatsiyalarni bajarishdagi xatolar. O'qish paytida e'tiborning kamchiliklari ham aniqlandi: bola ko'pincha so'zlarni almashtirdi, ularning oxirini noto'g'ri o'qidi va hokazo.


Shu bilan birga, mana shu mashaqqatlarga qaramay, Kolya har kuni maktabga borishdan xursand edi, u o'qituvchisini va sinfdagi bolalarni juda yaxshi ko'rardi, u har qanday vazifani bajarishdan xursand edi. U chindan ham yaxshi o'qishni xohlardi, uning aql-zakovati va zukkoligi uni sinfdagi eng yaxshi talabalar qatoriga qo'yishi mumkin edi. Ammo e'tibor ...

Boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun bolalar e'tiborini rivojlantirish muammosi an'anaviy hisoblanadi. Bu ko'p jihatdan kichik yoshdagi o'quvchilarning aqliy rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq. Eng xarakterli 6-7 yoshdagi bolalar uchun "e'tiborsizlik", "kontsentratsiyaning etishmasligi", "chalg'itmaslik" dir. birinchi sinf o'quvchilari. Ularning e'tibori haqiqatan ham yomon tashkil etilgan, kichik hajmga ega, yomon taqsimlangan va beqaror, bu asosan xatti-harakatni va xususan, diqqatni ixtiyoriy nazorat qilishni ta'minlaydigan tartibga soluvchi neyrofiziologik mexanizmlarning etarli darajada etuk emasligi bilan bog'liq.



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling