Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida
Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar tushunchasi va turlari
Download 1.05 Mb.
|
fpk javoblari 5semestr BAWAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 76. Fuqarolik protsessining bosqichlari deganda nimani tushunasiz Fuqarolik protsessi
75. Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar tushunchasi va turlari.
49-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish bo‘yicha qabul qilinadigan hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan bo‘lgan huquqlariga yoki majburiyatlariga ta’sir etadigan bo‘lsa, sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar da’vogar yoki javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular taraflarning, prokurorning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha yoxud sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar taraflarning protsessual huquqlaridan foydalanadi va ularning protsessual majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish, ulardan voz kechish huquqi mustasno. Oldingi tahrirga qarang. Agar nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o‘z harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida da’vogarning huquqlari buzilganligi to‘g‘risida arz qilingan talablarni tan olgan taqdirda, sud majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklatish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilishga haqli. Xuddi shunday hollarda, da’vogar va mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs o‘rtasida kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlangandan so‘ng kirishgan bo‘lsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi. 76. Fuqarolik protsessining bosqichlari deganda nimani tushunasiz? Fuqarolik protsessi - (OʻzRda) sudda fuqarolik ishlarini koʻrish, hal qilish va sud qarorlarini ijro etish bilan bogʻliq faoliyat. Fuqarolik protsessual huquqi normalari bilan belgilanadi. Protsessual qonun sud faoliyatini amalga oshirilishda manfaatdor shaxslarga ishda ishtirok etish huquqini, ularga qator protsessual huquqlar berilishini va protsessual burchlar yuklatilishini belgilaydi. Fuqarolik protsessi shaxslarning mulkiy va shaxsiy huquqlarining sud tomonidan himoya qilinishi shakli sifatida koʻriladi. Shu munosabat bilan muayyan fuqarolik protsessual harakatlar qilinadi. Bunday harakatlar sudda fuqarolik ishining taraflari sifatida qatnashuvchilar va ishning boshqa ishtirokchilari tomonidan qilinadigan protsessual harakatlar, shuningdek, fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlovni amalga oshiruvchi sudning protsessual harakatlaridan iborat boʻladi. Fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilish boʻyicha boʻladigan sud faoliyati maʼlum bosqich (qism)larga boʻlinib amalga oshiriladi. Fuqarolik protsessining bunday bosqichlari: fuqarolik ishini qoʻzgʻatishdan, ishni sudda koʻrish uchun tayyorlashdan, ishni sud majlisida koʻrish va hal qilishdan, sudning hal qiluv qarorlari va ajrimlari yuzasidan shikoyat lar berish va protestlar keltirish, nihoyat sudning hal qiluv qarorlari ijrosidan iborat. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling