CamScanner 03-02-2021 15. 24


Mening qadrdon O’zbekistonim


Download 195.51 Kb.
bet3/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Mening qadrdon O’zbekistonim

Vatan aziz


Zuhra Ro’ziyeva
Inson uchun o’z vatani aziz va mukaddas. Cho’lda o’rmalab yurgan jonivorlar uchun qo’mli sahro, issiq cho’l qadrli. Ular boshqa sharoitda yashay olmaydi. Ko’kda parvoz qiladigan qushlarning ham, dengiz va daryolarda suzadigan baliqlarning ham o’z oshyonlari bor. Inson ham qayerda tug’ilib o’ssa - o’sha joyga mehr qo’yadi va o’sha makon uning vatani bo’ladi.
Demak, Vatanni sevish, vatanparvar bo’lish, uning har bir giyohi, toshi, suvii, qumini ardokdash, bir muddat ko’rmasa sog’inib qolish inson tabiatiga xos. Shuning uchun ham inson o’z ixtiyori bilan dunyoning turli-tuman burchaklariga borib ilm olsa ham, hunar o’rgansa ham, tijoratga chiqsa ham safar davomida o’z vatanini qo’msaydi, sog’inadi. Tug’ilib o’sgan yurtiga talpinadi. Siz ham mehmonga borsangiz, birozdan keyin zerikasiz, nimadir yetmayotganini ich-ichingizdan his qilasiz. Bu o’z uyingiz, o’zingiz yashayotgan muhitga talpinishdir, chunki faqat o’z uyingizda o’zingizni qulai sezasiz. Siz yashayotgan uy, sizni ulg’aytirayotgan mahalla ham, aslida, kichik bir vatan. Siz Vatanni sevishingizni qaydan bilasiz? O’z uyingizni yaxshi ko’rishingiz, bog’changizni yaxshi ko’rishingiz, tabiatdagi daraxtlarga ozor bermaslik Vatanni sevish sanaladi.
Buyuk vatandoshimiz Abdurauf Fitratning vatan haqida yozgan mana bu satrlarini eshiting:
«Ey, ulug’ Turon... sen mening Vatanimsan... Yurtim, Turonim, sendan ayrilmoq - mening o’limim. Sening uchun o’lmoq - mening tirikligimdir. Panohim, sajdagohim, umidim! Yotlaring seni shu kunga soldilar... Zolimlar seni kimsasizmi ko’rdilar! Yo’q, sen kimsasiz emassan. Mana, men chin ko’nglim bilan sening yo’lingda o’lurg’a rozi... Men sening uchun yasharman, sening uchun o’lurman. Ey, tiriklikning muqaddas o’chog’i! Ulim - sening o’limingni istaganlarga, nafrat sani ko’mgani kelganlarga!»
Bizningcha, yurtning har bir mard o’g’loni ana shunday bo’lishi, Vatan himoyasi uchun istalgan daqiqada tayyor turishi kerak.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling