CamScanner 03-02-2021 15. 24
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapalak M. Murodov
(Olmon xalq ertagi)
Ota va ona o’rdak bolalarini yotqizib, endi xordiq chi- qarmoqchi ekan, eshik taqillab qolibdi. Ota o’rdak eshikni ochgan ekan. bashang kiyingan Boyvuchcha xolaga ko’zi tu- shnbdi. Mexmon taklifnn kutmayoq ichkariga kiribdi. - Men bolalaringizdan bittasini so’rab keldim. Kambag’al bo’lsangiz ham, bolalaringiz ko’p. Men boyman-u, ammo farzandim yo’q. Ulardan birini bersangiz, xammamiz baxtli bo’lardik. Ota o’rdak qaysi birini bersak ekan, degandek ona o’rdakka qarab qo’yibdi. - Bilmadim, - debdi ona ma’yus. - Bolalar uxlab yotibdi, ko’raylik-chi. Ota o’rdak fonar yoqib, ona o’rdak bilan yuqori qavatga ko’tarilibdi. - To’ng’ich o’g’limizni tanlaymizmi? - debdi ota o’rdak. - Yo’g’-ye, to’ng’ichimiz siz bilan birga yer chopadi-ku. Keyingi karavotda katta qizimiz yotibdi. O’shani bera qolaylik. - U senga uy ishlarida yordam berib turibdi. Ota-ona navbatdagi karavotga qarashibdi. U yerda qizlari pishillab uxlab yotgan ekan. Uni qam bergilari kelmabdi. Kichkintoy judayam chiroyli ekan-da. - Kenja o’g’limizni beramizmi? - E, yo’q, - debdi ona o’rdak. - Uni ham bera olmaymiz. Axir, asaltoyimiz xammamizdan ham yaxshi suzadi. Ular burchakdagi karavogga qarashibdi. U yerda Diki Di yotgan ekan. Diki qanotlari orasidan boshini chiqarib mo’ralab-mo’ralab ko’yibdi. Ona o’rdak esa ko’rpasini to’g’rilab, ustiga yopibdi. Ular Diki Dini xam tanlay olishmabdi. Boy xolaning oldiga tushib, farzandlaridan birontasini xam bera olmasliklarini aytishibdi. Boy xola g’alati bo’lib ketibdi. Umrida birinchi marta uyi to’la boyligi, zeb-u ziynati tatimay qolibdi. Birozdan keyin ona o’rdak bolalarining yoniga o’tiribdi-da, yirtiq-chirtiqni yamashga tushibdi. Kapalak M. Murodov Bahromjonning tili biyron chiqqan bo’lsa ham, hali ko’p narsalarning nomini bilmasdi. Bir kuni u yugurib uyga kirdi-da, Bahodir akasining qo’lidan tortqilay boshladi. Menga ham yopishdi. «Yuringlar, kattakon kapalak». Hovliga chikdik. Yo’lakda bir chumchuq bola yotardi. Inidan tushib ketibdi. Og’zini kappa-kappa ochadi. Olib qarasam, bir oyog’i singan. Bahodir ikkimiz vrachlik qildik. Qushchaning singan oyog’iga qog’oz o’rab, ip bilan yaxshilab bog’lab qo’ydik. Go’yo taxtakachladik. Iniga qo’yaylik desak, bug’otning ichiga qo’l sig’maydi. O’z aqli bilan kirib ketmaydi. Tag’in mushukka yem bo’lmasin, deb botinka qutichasiga solib, uy tokchasiga qo’ydik. Bahodir pashsha tutib berdi. Bahromjon non uvoq bilan mehmon qilib turdi. Qushcha kundan-kun o’sib, qutichadan chiqib, uy aylanadigan bo’lib qoldi. Ba’zan ona chumchuqning ovozini eshitib, chirqillab qo’yadi. Bahromjon esa kapalak gapiryapti, deb sevinchi ichiga sig’maydi. - Kapalak emas, chumchuq, - deb qo’yadi akasi. Bir kuni oyog’ini yechsak, yarasi bitibdi. Ikki-uch kundan keyin esa, pirillab uchadigan, o’zini derazaga uradigan, tinimsiz chirqillaydigan bo’lib qoldi. - Uchirib yuboramizmi chumchuqni? - deb so’radi Bahodir ukasidan. - Kerakmas, kerakmas! Chumchuqni uchirmayman, - deb turib oldi Bahromjon. Men ular qanday to’xtamga kelishar ekan, deb indamay turdim. Bahodir biroz turgach, so’z boshladi: - Bir bola bor ekan. Yiqilib tushib, oyog’i sinibdi. Uni kasalxonaga olib borishibdi, oyog’i tuzalgandan keyin xam doktorlar uni uyiga yuborishmabdi, shundan keyin bola ertayu kech yig’layveribdi... Shu yerga kelganda Baxodir biroz tuxtadi-da, keyin so’radi. - Bilasanmi, nega yig’lagan? Uyiga yuborishmagani uchun yig’lagan. Adasini, oyisini sog’ingan, - javob qildi Bahromjon. - Topding, - dedi Bahodir, - biz vrach bo’ldik. Chumchuqning oyog’ini tuzatdik. Endi u adasi bilan oyisini sog’inib yig’layapti. Ushlab o’tiraveramizmi? Bahromjon biroz ikkilanib turdi-da: - Qo’yib yuboramiz, - dedi. Chumchuq bola derazadan chiqib, daraxt shoxiga qo’ndi, keyin pastga qarab bir-ikki chirqilladi-da, uchib ketdi. - Chumchuq nima dedi? - so’radi Bahromjon. - Bahromjon akamga rahmat! - deb aytdi. Bahromjon irg’ishlab qichqirdi: - Rahmat! Rahmat! Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling