CamScanner 03-02-2021 15. 24


Oltin kuz Sehrgar rassom


Download 195.51 Kb.
bet9/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Oltin kuz
Sehrgar rassom
Nasiba Erxonova
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda bir sehrgar rassom bo’lgan ekan. Bu rassomning bo’yoqlari shunday qudratga ega ekanki, mo’yqalamini biror rangga botirib bir silkisa, atrof o’sha rangga burkanar ekan. Sehrgar rassom juda saxovatli va mehribon ekan, lekin kim uning jaxdini chiqarsa, qahrli bo’lib qolarkan.
Bir kuni sehrgar rassomning qulog’iga qalin o’rmondagi daraxtlar o’zaro gaplashayotgani chalinib qolibdi.
- Shu sehrgar rassom juda mag’rur-da, bizning yashilligimiz oldida uning mo’yqalami hyech narsa emas, - debdi qayin daraxti.
- Sekin aytasanmi, qayinjon, bu sehrgar mening mevalarimdagi qizillikni his qilmaydi, - deb lab buribdi na’matak mevalari.
Rassom jim tursa, bu suhbat yana uzoq cho’zilarmish. U bir puflagan ekan, to’zon ko’tarilibdi, hatto ba’zi daraxtlar sinib tushibdi.
U tinchlanib, yo’lida davom etayotgan ekan, daraxtlar yana pichirlashibdi:
- Shu rassom kunu tun izg’iyvermasdan, bizning soyamizda orom olsa nima bo’larkan?
Bu gap sehrgar rassomning jon-jonidan o’tib ketibdi, sariq va olovranglarga botirilgan mo’yqalamini bir purkagan ekan, daraxtlar yashilligidan asar ham qolmabdi. Atrof sariq rangga burkanibdi. Daraxtlarning barglari qovjirab, to’kila boshlabdi. Uzilgan barglar yerda yotarkan, shundagina sehrgar Tabiatning qanchalar qudratga ega ekanini tushunibdi. Barglar shitirlagancha mo’ysafid rassomdan uzr so’rashibdi. Ularga javoban rassom:
- Sizlar xazon bo’ldim deb qayg’urmang, bu «Kuz» ismli mo’yqalamim qudrati. Kuz va qishda dam olsangiz, erta bahordan yana yangi hayot boshlaysiz. Hamma mevalar yig’ishtirib olinishi uchun shunday bo’lishi kerak, - deb sovuq qish tomon yo’l olibdi.


Maqollar
Kuzning bir kuni qishning bir oyini boqar.
Sumbulaning suvi tiniq, o’zi sovuq.
Sumbulaning suvi - sharob.
Yer haydasang, kuz hayda,
Kuz haydamasang yuz hayda.
Sabzavotva mevalar
Inoq sabzavotlar
Zuxra Ro’ziyeva
Karamni hamma sabzavotlar «qat-qat to’nli chol bobo», «lapanglab yuradi», deb masxara qilishar va u bilan o’ynashni xohlamas ekan.
Bir kuni o’yinqaroq pomidor dumalab-dumalab ko’lmakka tushib ketibdi. Shunda karam chaqqonlik bilan pomidorni qutqarib olib, barglari bilan loyni artib olibdi. Pomidor karamning ko’rinishi chiroyli bo’lmasa-da, oqko’ngil ekanligini tushunib, u bilan do’stlashibdi.
Bu ikki do’st har kuni maysalar ustida quvnab o’ynarkan, ularning do’stligini ko’rib, lavlagining hasadi kelibdi. Karam bilan pomidorni boplab urishtirib qo’ymasammi, deya fitna o’ylab topibdi.
Ayni yomg’ir yog’ib, karam uyidan chiqmay o’tirganidan foydalanib, lavlagi pomidorning yoniga yuguribdi.
- Hoy pomidor, do’sting karam seni maysazorda kutib turibdi, borar ekansan, birga o’ynaymiz deb aytdi, - debdi.
Pomidor shoshilganicha maysazorga boribdi va karamni kutib yomg’irda shalabbo bo’libdi. U sovukdan dag’-dag’ qaltirab aksa urganicha uyiga qaytibdi. Ertasi kuni quyosh chiqib, kun isigach, karam pomidorning derazasi tagiga borib, yur, birga o’ynaymiz, debdi.
Boshini bog’lab olgan pomidor esa qovog’ini solgancha, kecha yolg’on gapirgani uchun do’st bo’lmasligini aytibdi. Nima bo’lganini aniqlash uchun karam bilan pomidor lavlagining oldiga borishibdi. Fitnasi fosh bo’lganidan lavlagining rangi yanayam qizarib ketibdi va yolg’on gapirgani uchun kechirim so’rabdi. Lavlagi xatosini anglab yetgani uchun karam va pomidor uni o’zlariga do’st qilib olishibdi.



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling