CamScanner 03-02-2021 15. 24


Download 195.51 Kb.
bet7/49
Sana18.06.2023
Hajmi195.51 Kb.
#1597807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49
Bog'liq
Mening uyim

Maqollar
Bolali uy - xandon, Bolasiz uy - zindon.
Oila tinch - yurt tinch.
Oila - qo’sh ustunli ayvon.
Onalik uyning ori bor, Otalik uyning - zari.


Men va meningdo’stlarim
Do’stlik sinovda chiniqar
(O’zbek xalq ertagi)
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, barg bilan kesak bo’lgan ekan. Ular qalin do’st bo’lishib, bir-biridan ajralmaslikka, og’ir kunlarda bir-birlariga yordam berishga va’dalashibdilar. Ular ahil yashay boshlabdilar. Kunlardan bir kun qattiq shamol turibdi. Shamolning g’uvillashidan qo’rqib ketgan barg kesakka nolish qilib yig’labdi. Shunda kesak:
- Hyech narsadan qo’rqma, men seni bu balodan qutqaraman, - deb bargni pana qilibdi.
Shamol qancha kuchli bo’lmasin, bargni uchirib keta olmabdi. Bundan shamolning jahli chiqib, yomg’irni yuboribdi. Bu bilan u kesakdan o’ch olmoqchi bo’libdi. Lekin yomg’ir ham ularni qo’rqita olmabdi. Yomg’irning yog’ishini ko’rgan kesak bargga nolish qilibdi. O’zini yomg’irdan qutqarishini so’rabdi. Shunda barg kesakni yomg’irdan pana qila boshlabdi. Qancha ko’p sel yog’masin, kesak nam bo’lmabdi. Yomg’ir tingach, kesak bilan barg xursand bo’lishibdi. Ularning bir-birlariga mehr- oqibatlari yanada ortib, inoqlashib ketishibdi.


Kim do’st?
Nasiba Erxonova
Uch dugona - Sabo, Zebo va Nigina bog’cha hovlisida o’ynashardi. Ularni bir qarashda hamma qalin do’st deb o’ylardi. Chunki doimo uchala qiz birga yurishardi.
Bir payt Zebo sakrab-sakrab borib qushchalarning doni turgan qutichani tushirib yubordi. Bejirimgina yog’och quticha ikkiga bo’linib sindi. Zebo shoshib qoldi va tezda to’kilgan donlarni tera boshladi. Nigina ham unga yordamlashishga oshikdi. Qo’llarini kichkina toshlar tirnab ketsa ham, donlarni bittalab tuprokdan ajratib olarkan, shunday dedi:
- Kel, Akmal amakidan qutichani tuzatib berishini so’raymiz, kayfiyatingni tushirma, bu xatoni to’g’rilasa bo’ladi. Axir qushlar o’zi shundog’am qum va toshlar yeydi- ku! Ovqatiga ozgina tuproq va qum qo’shilsa, bu ular uchun zarar qilmaydi, - dedi.
Bu gapdan Zeboning ancha ko’ngli ko’tarildi. Yuzidagi tundlik tarqagan ham ediki, Sabo:
- Sen har doim shunaqa qo’polsan, qachon qarama nimanidir sindirasan yoki to’kasan. Endi qushlarning donini nimaga solib qo’yamiz. Hozir seni bog’cha opamga aytib beraman, - dedi.
U yugurgilab Barno opaning yoniga bordi-da, bo’lgan voqyeani aytib berdi. Barno opa vaziyatni chetdan kuzatib turgan shekilli, chaqimchilik yomon odatligini, do’stlar bir-birini qiyin vaziyatlarda qo’llashi kerakligini tushuntirdi. Bog’cha opa Niginani ibrat qilib ko’rsatdi.
Nigina shu payt bog’bon Akmal amakidan qutichani sozlab berishini iltimos qilayotgandi. Bog’bon amaki ham do’sti uchun qayg’urayotgan qizchaning iltimosini yerda qoldirmay, bir pasda qutichani tuzatib berdi.
- Mana qushlarning doni to’kilmaydigan bo’ldi, - dedi u. - Buyumlarni tuzatsa bo’ladi, lekin do’stning dilini og’ritsa, uni xursand qilish ancha qiyin ish. Shuning uchun do’st va dugonalar doimo bir-biriga yaxshi muomala qilishi, xafa qilmasligi kerak, - deya Saboga qarab qo’ydi.
Sabo esa xatosini tushunibmi, barmog’ini bir burchakda tishlab turardi...



Download 195.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling