CamScanner 03-02-2021 15. 24
Download 195.51 Kb.
|
Mening uyim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuz bo’yoqlari
Do’st
N. Norqobilov Nosirning Mutal akasi - mashhur bokschi. Katta uyning to’ridagi baland javon u turli mamlakatlarda, turli musobaqalarda qo’lga kiritgan sovrinlar bilan lik to’la. Mutal akasi ertalab, ko’pincha oqshomlari xovli to’ridagi o’rik shoxiga osilgan qopni do’pposlab, uncha-muncha odam o’rnidan jildirolmaydigan toshlarni ko’tarib, mashq qiladi. Nosir bokschining ukasi sifatida g’ururlanishni yoktirsa-da, lekin akasidek bokschi bo’lishni hyech xayoliga keltirmagandi. Keyin birdan... Bungacha u avval rassomlikka havas qo’ydi. Olti yoshga to’lishi munosabati bilan onasi sovg’a qilgan rangli kalamlarda og’zini katta ochib, kulib turgan bolaning suratlarini chizib yurdi. So’ng bog’bonlikka havas ko’ydi. Uning bu havasi hovli etagidagi gulzordan bir nechta atirgulni chopish bilan yakunlandi. Bir kuni u uchuvchilarning qahramonliklarini ko’rib, uchuvchi bo’lishga axd qildi. Yurganda ham, turganda ham samolyotga o’xshab g’uvillayverib, uydagilarni bezor qildi. So’ng... so’ng bundan ham hafsalasi sovidi. Ana shunday kunlarning birida u birdan zo’r bokschi bo’lishga qaror qildi. Hovliga chiqib, o’rik tagiga bordi. Akasidek mashq qilmoqchi edi, qopga bo’yi yetmadi. Kechqurun akasiga dedi: - Men bokschi bo’lmoqchiman. - Juda soz, - dedi akasi mamnun jilmayib. - Yaxshi sportchi bo’lish uchun ko’p mashq qilish, ko’p ter to’kish kerak. - Mashq qilmoqchi edim, qopga bo’yim yetmadi, - dedi Nosir. Mutal akasi kulimsiraganicha chorboqqa chiqib ketdi... Ko’p o’tmay, hovlidan turib ovoz berdi: «Nosir, bu yoqqa kel!» U akasining yoniga yugurib borib, o’zida yo’q quvonib ketdi. Akasi o’rikka uning bo’yiga moslab «qop»cha osgandi. Nosir u tutqazgan qo’lqopni shosha-pisha kiyib, qopga yaqin bordi-yu, qo’llari o’z-o’zidan shalvirab pastga tushdi. Qop deb o’ylagani bir paytlar sevimli o’yinchog’i bo’lgan pahmoq ayiqchasi edi. U to’rxaltada «meni urma», degandek shisha ko’zlarini mo’ltiratib turardi. Nosir o’yinchog’iga birpas qarab turdi-da, akasidan uni olib berishni so’radi. - Nega? Axir, bu senbop qop-ku! Bemalol mashq qilaver. - Yo’q! - dedi Nosir jiddiy. - U mening do’stim! Akasi o’yinchoqni to’rxaltadan bo’shatishga majbur bo’ldi. Nosir uni bag’riga mahkam bosib, uy tomon ketdi. Maqollar Aybsiz do’st izlagan do’stsiz qolar. Bilagi alp birni yiqar, Do’sti ko’p - mingni. Dushman chaqirsa borma, Do’st chaqirsa qolma. Davlating - do’sting. Daraxtni tomiri saqlar, Odamni - do’sti. Kuz bo’yoqlari Download 195.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling