CamScanner 03-02-2021 15. 24
Download 195,51 Kb.
|
Mening uyim
Quyonchaning uychasi
(Rus xalq ertagi) Bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir tulki bilan quyon bo’lgan ekan. Tulkining uychasi - muzdan, quyonniki - daraxtning po’stlog’idan qurilgan ekan. Bahor kelib kunlar iligach, tulkining uychasi erib ketibdi. Boshpanasiz qolgan tulki tunashga joy berishni so’rab quyonning oldiga boribdi-yu, uning uychasini egallab olib, o’zini haydab yuboribdi. Quyoncha yo’lda yig’lab borar ekan, oldidan kuchukcha chiqib qolibdi: - Vov, vov, vov! Hoy quyoncha, nega yig’layapsan? - Nega yig’lamay? Mening daraxt po’stlog’idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so’rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o’zimni haydab yubordi. - Qo’y, yig’lama, quyoncha! - dedi kuchukcha. - Boshingga tashvish tushgan bo’lsa, men senga yordam beraman. - Ular birgalikda quyonning uychasiga kelishibdi. KuchukCha vovillab debdi: - Vov, vov, vov! Hoy tulki, qani, bu yoqqa chiq-chi! -Tulki esa pechning ustida yotgancha ularga dag’dag’a qilibdi: - Hozir irg’ib o’rnimdan turaman-da, derazadan sakrab chiqib, ikkalangni ham tilka-pora qilib tashlayman! - Uning dag’dag’asidan ko’rqib ketgan kuchukcha juftakni rostlab qolibdi. Quyoncha yana yo’lda yig’lab borar ekan, oldidan ayiq chiqib qolibdi: - Ha, quyoncha, nega yig’layapsan? - deb so’rabdi. - Nega yig’lamay? - dedi hiqillab quyoncha. Mening daraxt po’stlog’idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so’rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o’zimni haydab yubordi. - Qo’y, yig’lama, quyoncha! - yupatibdi uni ayiq. - Boshingga tashvish tushgan bo’lsa, men senga yordam beraman. Ular birgalikda quyonning uychasiga kelishibdi. Ayiq bor ovozi bilan baqiribdi: - Hoy tulki, qani, bu yoqqa chiq! - Tulki esa pechning ustida yotganicha ularga dag’dag’a qildi. - Hozir irg’ib o’rnimdan turaman-da, derazadan sakrab chiqib, ikkalangni ham tilka-pora qilib tashlayman! Uning dag’dag’asidan qo’rqib ketgan ayiq juftakni rostlab qolibdi. Quyoncha yo’lda avvalgidan ham qattiqroq yig’lab borar edi. Oldidan xo’roz chiqib qolib: - Qu-qu-qu-qu-u-uq! - debdi qichqirib. - Hoy, quyoncha, nega yig’layapsan? - Nega yig’lamay? - deb hiqillabdi quyoncha. - Mening daraxt po’stlog’idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so’rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o’zimni haydab yubordi. - Qani yur-chi, - dedi xo’roz. - Boshingga tashvish tushgan bo’lsa, men senga yordam beraman. - Yo’k. xo’rozvoy, ko’lingdan kelmaydi. Kuchukcha xaydamokchi bo’ldi - xdydolmadi, ayik xaydamokchi bo’ldi - xaydolmadi. Sen xam xaydolmaysan. - Men xayday olaman! - debdi xo’rozvoy. Ular birgalikda quyonchaning uychasiga kelishibdi. Xo’roz etiklari bilan yerni tepib, kanotlarini kokib: -Qu-qu-qu-u-uk! Tulkini qiyma-qiyma kilibtashlash uchun chalg’i o’rog’imnn ko’tarib keldim. Hoy tulki, qani, chik bu yokka! Tulki yana ovoz beribdi: - Hozir! Kiyimimni kiyib olay... Xo’roz yana qichqiribdi: - Qu-qu-qu-qu-u-uq! Tulkini qiyma-qiyma kilib tashlash uchun chalg’ib o’rog’imni ko’tarib keldim. Hoy tulki, qani, chiq bu yoqqa! Tulki lip etib uychadan qochib chiqibdi-yu, o’zini o’rmonning ichiga uribdi. Shundan keyin quyonchayanao’ziningdaraxtpo’stlog’idan kurilgan uychasida tinch-osoyishta yashay boshladi. Maqollar O’zga yurtning bog’i bilan bog’chasi O’z yurtingning yantog’icha bo’lolmas. Vatani borning baxti bor, Mexnati borning - taxti. Vatansiz inson - kuysiz bulbul. O’z yurting - o’lan to’shaging, Uzga yurt bo’lmas beshiging. Ona yurting omon bo’lsa, Rangi ro’ying somon bo’lmas. Yurtdan ayrilganni yov chopar. Download 195,51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling