Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (carjis)
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
Download 340.5 Kb. Pdf ko'rish
|
ijodiy-tanqidiy-fikrlashning-xorijiy-tillarni-o-rganishga-ta-siri
- Bu sahifa navigatsiya:
- E-mail: carjisor@carjis.org 190
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-187-194 E-mail: carjisor@carjis.org 190 kitobida tanqidiy fikrlashning ta’lim jarayonidagi o’rniga berilgan alohida e’tiborini ko’rish mumkin. Bundan tashqari u o’zining benazir asarlarida tanqidiy fikrlash va ijodiy fikrlash tezroq va samaraliroq ta’lim olishni ta’minlashi haqida fikr yuritadi. Bundan tashqari qiyin holatlar va masalalar vaqtida tanqidiy fikrlash orqali masalaning boshqa tomonlardan yechimini topish mumkinligi va bu boshqa fanlarga targ’ib qilinganda ham o’z tasdig’ini topganligi haqida misollar keltirib o’tadi. Bundan ko’rinadi-ki aynan ijodiy va tanqidiy fikrlash orqali boshqa fanlarni yaxshi o’zlashtirish, kerakli ma’lumotlarni eslab qolish va ma’lum bir ma’lumotlarni to’g’ri tahlil qilib, tushuna olish kabi imkoniyatlarga erishish mumkin ekan. Shu sababli ham xorijiy tillarni aynan tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi qo’llanmalar asosida o’rganish ancha samarali bo’ladi va kutiganidek natija ham beradi deb ayta olamiz. Fizik olim Braunning fikriga ko’ra “Real hayot maqsadlariga bog’lanmagan o’quv ko’nikmalari ta’lim oluvchilarga obyektiv testlarni yaxshi ishlashga imkoniyat berishi mumkin, lekin ular bu ko’nikmalarni yangi real vaziyatlarda qo’llay olmaydilar”, deya ta’kidlaydi.Izohlaydigan bolsak, agarda yosh o’quvchilarga ma’lumotlar ma’nosi va fikrlar mazmuni tushuntirilmasa o’rganilayotgan bilimlar faqatgina qog’ozda qolib ketishining ehtimoli juda yuqori bo’ladi. Agarda ingliz, rus va boshqa tillarda so’zlasha olish uchun ham ijodiy va tanqidiy yondashilsa samarasi tezroq bilinar ekan. Shu o’rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi gaplari yodimizga tushadi ”Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”. O’zbekiston Respublikasida faoliyati yo’lga qo’yilgan “Prezident maktablari”ga o’quvchilarni qabul qilish testlari ingliz tili va mantiqqa, tanqidiy va ijodiy fikrlashga qaratilganida ham biz maqolada ko’targan mavzuning reallikdagi aksi ko’rinadi. Prezident maktablarining you tube, telegram kanallaridagi post va videolarda “Tanqidiy fikrlash – bu bizning ongli tarzda harakat qilishimizni nazarda tutadigan aktiv jarayondir. Tanqidiy fikrlash usullarini qo’llagan holda biz murakkab iqtisodiy, ijtimoiy, axloqiy, qonuniy yoki boshqa turli muammolarni tahlil qilishga, ularning kelib chiqish sabablarini, oqibati yoki boshqa hodisalarga ta’sirini tushunishga va muammoni hal qilish uchun yechim izlashga muvaffaq bo’lamiz”, degan fikrlarni ko’rishimiz mumkin. Tillarga tanqidiy fikrlashni olib kirishning asl sababi shundan iborat-ki, so’zlar va iboralarning ishlatilish jihatidan to’g’ri tushunilganligi bu so’zlarni ma’nosiga ko’ra boshqa bir vaqtda va boshqa gaplarda ham ishlatishdek qimmatli imkoniyatni beradi. Ya’ni muloqot davrida bizning miyyamiz axborotlarni qabul qiladi, sintezlaydi, tahlil qiladi va ushbu jarayonlarga javoban tafakkur qilib,so’z boyligidan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling