Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


I BOB. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi xolatlar tushunchasi va turlari


Download 46.51 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi46.51 Kb.
#1534169
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAXKAMOV U.

I BOB. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi xolatlar tushunchasi va turlari.



    1. Kam ahamiyatli qilmishlar va zaruriy mudofa instituti.

Sudda koʼrilib, jinoiy javobgarlikka loyiq deb topilgan ishlar oʼzining obʼektiv va subʼektiv belgilariga koʼra jinoiy qilmishdan iborat boʼladi. Аyrim xollarda bunday qilmishlar ijtimoiy xavfli boʼlmasdan, balki ijtimoiy foydali boʼlishi xam mumkin. Bunday harakatlar jinoyat huquqida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb ataladi. Jinoyat huquqida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi shunday holatlar mavjudki, ular tashqi tomondan jinoyatga oʼxshasada, biroq jinoiy javobgarlikka loyiq, jinoyat qonuni bilan qoʼriqlanadigan munosabatlarga zarar yetkazuvchi ijtimoiy xavfli qilmish, deb topilmaydi, aksincha ijtimoiy foydali hisoblanadi. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar deyilganida jinoyat belgilari mavjud boʼlsa xam, jinoyat deb hisoblanmaydigan xarakatlar tushuniladi. Bunday holatlarning Jinoyat kodeksidagi belgilanishi insonparvarlik va adolat tamoyillariga amal kilinganligidan darak beradi. Bunday holatlar ijtimoiy foydalilik hisoblanadi va ularning sodir etishiga qonunda yoʼl qoʼyilgan. Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno kilidigan holatlarning belgilanishi: bir tomondan jinoiy repressiya choralarining kamayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan fukarolarning huquqiy faolligini kuchaytiradi. Oʼzbekistan Respublikasi Jinoyat kodeksining 35-moddasida bunday holatlarning umumiy tushunchasi va turlari berilgan. Ushbu moddaning birinchi qismida: «qilmishda ushbu kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud boʼlsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, gʼayriqonuniy yoki aybli boʼlmasa, qilmishning jinoiyligini istisno kiladigan holatlar deb topiladi»,— deyilgan. Ushbu moddaning 2-qismida esa qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning turlari koʼrsatilgan. Bularga; 1) kam ahamiyatli qilmishlar (36-modda); 2) zaruriy mudofaa (37-modda); 3) oxirgi zarurat (38-modda); 4) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish (39-modda); 5) buyruq yoki boshqavazifani ijro etish (40- modda); 6) kasb yoki xoʼjalik faoliyatiga bogʼliq asosli tavakkalchilik (41-modda).


Hayotda shunday qilmishlar uchraydiki, unda qonunda nazarda tutilgan alomatlari mavjud boʼlsada, oʼzining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfliligi juda kam boʼladi, jabrlanuvchi uchun yetkazilgan zararning miqdori deyarli axamiyatga ega boʼlmaydi. Shuni eʼtiborga olib, Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 36-moddasida kam ahamiyatli qilmishlar tushunchasi berilib, bunday harakatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar turkumiga kiritilgan. Kam ahamiyatli qilmishlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar turkumiga kiritilgan boʼlsa-da, huquqqa xilofligi, aybning mavjudligiga koʼra boshqa qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlardan farq qiladi, boshqa turlariga bunday xususiyatlar xos emas va ular ijtimoiy foydali huquqiy harakatlardir. Kam ahamiyatli qilmish sodir etilganida ijtimoiy xavfli oqibat yuz bermaydi yoki qonun bilan qoʼriklanadigan obʼektga juda oz zarar yetkaziladi. Qilmishni kam ahamiyatli deb hisoblashda obʼektiv (qilmishni sodir qilish sharoiti, kelib chiqqan oqibatning jabrlanuvchi uchun axamiyatga ega emasligi yoki oqibat kelib chiqmaganligi) va subʼektiv (aybning darajasi, jinoyat qonuni bilan qoʼriqlanadigan ijtimoiy munosabatga nisbatan jiddiy zarar yetkazish maqsadining yoʼkligi, harakatning aynan oz miqdorda zarar yetkazishga qaratilganligi va hk) holatlarning jami eʼtiborga olinishi kerak. Masalan, voyaga yetmagan shaxsning birovning bogʼidan oʼzi isteʼmol qilishi uchun oz miqdorda meva oʼgʼirlashi, gullarni uzib olishi, zotli hisoblanmagan kaptar oʼgʼirlashi, shoʼxlik, oʼzini koʼrsatish kabi harakatlar shular jumlasidandir.
Qilmishni kam ahamiyatli deb topish uchun bunday qilmish bilan bog‘liq barcha holatlar (ayb shakli, jinoyat sodir etish usuli,
Motiv, vaziyat va jinoyat sodir etish bosqichlari, jinoiy oqibat og‘irligi, jinoyat ishtirokchilari, ularning ishtiroki darajasi va harakati)ni tahlil qilib chiqish kerak. Qilmishni kam ahamiyatli, deb topishda asosan uning ijtimoiy xavflilik darajasiga eʼtibor berish kerak. Masalan, shaxs jabrlanuvchini o‘ldirishga harakat qilsa-da, unga hech qanday zarar yetkazmasa, shaxsning bunday qilmishi kam ahamiyatli deb topilmay, balki odam o‘ldirishga suiqasd deb topilishi kerak. Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi aniqlansa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 2-bandiga binoan ish bekor qilinadi.

Download 46.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling