Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


Tajavuzga nisbatan zaruriy mudofa shartlari


Download 46.51 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi46.51 Kb.
#1534169
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAXKAMOV U.

Tajavuzga nisbatan zaruriy mudofa shartlari.



Tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlaridan birinchisi – shaxsga, uning huquqlari, jamiyat va davlat manfaatlari yoki boshqa jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan bo‘lgan ijtimoiy xavfli tajovuz bo‘ltsht kerak. (Bunda tajovuzning shakliga eʼtibor berish kerak). Yuqorida qayd etilganidek, jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lmagan yoki aqli noraso shaxslar tomonidan sodir etilgan tajovuzlar xam ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Zaruriy mudofaa mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy harakatlariga qarshi xam amalga oshirilishi mumkin (masalan, qonunga xilof ravishda ushlab turish, qonunga xilof ravishda sog‘likka zarar yetkazish, qonunga xilof ravishda turar joyga bostirib kirish va hokazolar). Tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlaridan ikkinchisi —tajovuzning muqarrarligi, yaʼni xaqiqatan mavjud bo‘lishidir. Muqarrarlik deganda tajovuz boshlangan, lekin tugallanmagan ijtimoiy xavfli harakat tushuniladi. Masalan, qonun bilan qo‘riklanadigan obʼektga zarar yetkazgan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xarakatning mavjudligidadir. Ijtimoiy xavfli tajovuzga muvofiq keluvchi zaruriy mudofaa huquqiyligining muhim sharti uning mavjudligi, yaʼni tajovuzning boshlang‘ich va yakuniy holatini aniqlashdan iborat. Tajovuzning boshlanishi deganda O‘zR Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan jinoyat belgilarini ifodalovchi harakat yoki harakatsizliklarning xronologik jihatdan sodir etish tushuniladi. Tajovuzning faktik tugallanishi esa zarar yetkazish vujudga kelgan yoki jinoiy oqibat kelib chiqqan vaqt bilan belgilanadi. Ijtimoiy xavfli tajovuzning boshlang‘ich va yakuniy holatini aniqlash zaruriy mudofaada huquqiylik holatining borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi masalani xal etish uchungina emas, shuningdek qonun muhofazasidagi obʼektlarga ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilganida yoki shunday tajovuzdan mudofaalanishda zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish faktini aniqlash uchun xam kerak. Shu munosabat bilan Oliy sud plenumi qarorida: «Zaruriy mudofaa holati faqatgina ijtimoiy xavfli tajovuz yuz bergan vaqtning o‘zigagina emas, balki tajovuzning yana boshlanish xavfi mavjud bo‘lgan hollarda xam vujudga keladi. Zaruriy mudofaa holati tajovuz tugagandan so‘ng ham bo‘lishi mumkin, agar himoyalanuvchi ish holatlariga ko‘ra tajovuz tugagan vaqtini anglay olmagan bo‘lsa, hujum vaqtida tajovuzga nisbatan va boshqa ashyolarning ximoyalanuvchi qo‘liga o‘tib qolishining o‘zi tajovuz tugaganligidan dalolat bermaydi”, deb ko‘rsatib o‘tilgan. Zaruriy mudofaa holati tajovuzning tugashi bilan tugaydi. Tajovuzning tugashi bilanoq hujumning muqarrarligi yo‘qoladi, shu bilan birgalikda zaruriy mudofaa huquqi to‘xtatiladi. Tajovuz tugaganidan so‘ng biron-bir obʼektni himoya qilib, zaruriy mudofaa qo‘llanishi mumkin emas. Tajovuz: a) ixtiyoriy yoki majburiy; b) mudofaalanuvchi tomonidan uning qaytarilishi; v) tajovuzchining o‘z maqsadiga yetishi orqali tugallanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qoidani qo‘llash to‘g‘risidagi raxbariy qarorida quyidagicha izoh berilgan:
Tajovuzdan oldin yoki u tugaganidan so‘ng biror zaruriyat bo‘lmagan holda tajovuz qiluvchiga zarar yetkazilishi zaruriy mudofaa deb hisoblanmaydi. Bunday holatlarda javobgarlik umumiy asoslarga ko‘ra hal qilinadi. Uchinchi sharti — tajovuzning realligi, yaʼni tajovuzning ximoyalanuvchi xayolida bo‘lmay, balki xaqiqatan xam (obʼektiv) ro‘y berganligidir. Bu holatlarda zaruriy mudofaa choralarini qo‘llagan shaxsga, barcha holatlar yuz bergan vaziyat, xaqiqatda xam tajovuz yuz berayapti, deb taxminlashga asos bo‘lsa va shaxs o‘zining taxminlari xatoligini bilmagan va bilishi xam mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, uning harakatlari zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb topilishi kerak. Agar vujudga kelgan vaziyat shaxsga tajovuzning yo‘qligini tushunish uchun asos bo‘lsa, u xayolan hujum qilayotgan shaxsga zarar yetkazsa, himoyalanuvchining javobgarligi istisno qilinmaydi, balki aybning ehtiyotsizlik shakli mavjud bo‘lib va mudofaalanuvchi ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazilganligi uchun javobgarlikka tortiladi. Hozirgi kunda olimlar o‘rtasida tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning to‘rtinchi sharti sifatida – tajovuzning xarakteri,
Zaruriy mudofaa faqat ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilayotgan vaqtda emas, balki real hujum bo‘lish xavfi mavjud bo‘lganda xam sodir etilishi mumkin. Yaʼni huquqqa xilofligi shartini isbotlashga qaratilgan fikrlar ham mavjud. Mudofaaga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari quyidagilardan iborat: Zaruriy mudofaadagi «mudofaa” elemeti «tajovuz”dan ijtimoiy foydali maqsadga yo‘naltirilganligi, mudofaalanish extiyoji bilan amalga oshirilganligi, shuningdek, faqat mudofaalanuvchining bunday huquqqa ega ekanligi bilan farqlanadi. Zaruriy mudofaada himoyalanishga qaratilgan harakatlar ijtimoiy xavfli bo‘lsa-da, u qonunda belgilangan mudofaalanuvchining tashabbusi bilan amalga oshiriladigan faol hatti-harakatlardan iboratdir. Lekin shunday holatlar ham mavjudki, ular zaruriy mudofaa deb hisoblanmasligi kerak. Masalan, tajovuz qilinayotgan vaqtda mudofaalanuvchining harakatlari tajovuzdan chekinish, qochish kabi «passiv” xarakterga ega bulsa va bunda tajovuzchiga zarar yetkazilgan bo‘lsa ham. (Masalan, tajovuzchi mudofaalanuvchini ushlash maqsadida uning orqasidan quvgan vaqtida yiqilib jarohat olgan bo‘lsa, bunday harakatlar nafaqat zaruriy mudofaa, balki jinoyat deb ham tan olinmaydi.) Mudofaaga nisbatan zaruriy mudofaaning birinchi sharti — mudofaa faqat Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga tajovuz qilish muqarrar bo‘lganida amalga oshirilishi mumkin. Zaruriy mudofaa ijtimoiy foydali maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Zaruriy mudofaa shaxsning subʼektiv huquqi bo‘lib, u nafaqat o‘z hayotini, balki davlat va jamiyat manfaatlarini ham himoya qilishi mumkin. Shaxsning qilmishi ijtimoiy foydali bo‘lmasa yoki jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga tajovuz qilishga qaratilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyat deb baholanmog‘i lozim. Ikkinchi sharti—mudofaa vaqtida zarar uni xayotdan mahrum qilish, sog‘ligiga zarar yetkazish, mulkini nobud qilish va xokazo faqat tajovuzchiga yetkazilishi mumkin. Agar tajovuz natijasida mudofaalanuvchi tomonidan boshqa shaxslarga zarar yetkazilgan taqdirda, uning qilmishi: - jinoyat kodeksida belgilangan talablarga javob bersa, oxirgi zarurat sifatida; - sodir etilgan jinoyatda barcha zaruriy shartlar mavjud bo‘lgan hollarda xayoliy mudofaa qoidalari bo‘yicha zaruriy mudofaa yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan jinoyat sifatida;
- umumiy shartlar asosida qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat sifatida; - aybsiz holda zarar yetkazish sifatida, bunday hollarda qilmish O‘zR Jinoyat kodeksiga binoan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi, deb kvalifikatsiya qilinishi mumkin Uchinchi sharti — mudofaa holatida zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmasligi lozim. Himoyaga xos bo‘lgan zaruriy mudofaa huquqiyligining muhim sharti – himoyaning aniq sharoitda tajovuzning xususiyati va xavfliligiga mos bo‘lishidir. Jinoyat-huquqiy nazariyasida zaruriy mudofaaning bu belgisi “tajovuz va ximoyaning mutanosibligi” deb nomlanadi. Mudofaaning tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga muvofiq kelishining asosiy talabi - mudofaaning jinoiy tajovuz ichki tomoniga mos kelishidir. Qilmishning ichki tomoni – uning ijtimoiy munosabatlarga jinoiy zarar yetkazishga yo‘naltirilganligi orqali izohlanadi. Qonunda agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, himoya huquqiydir, deb belgilab qo‘yilgan. Tajovuzning xususiyati va xavflilik darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi (Jinoyat kodeksi 37-moddasi 2-kismi). Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilishiga quyidagi ikki holatda yo‘l qo‘yilishi mumkin: a) mudofaalanuvchi tomonidan ximoyaning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi; b) ximoyaning tajovuz xususiyati va xavfliligiga umuman muvofiq kelmasligi. Respublikamiz jinoyat qonuniga muvofiq, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish oqibatida zarar yetkazilgan bo‘lsa-da, u jazoni yengillashtiruvchi holat deb qaraladi (Jinoyat kodeksi 100moddasi va 107-moddasi). Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish natijasida Jinoyat kodeksida belgilangan obʼektlarga zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlik, boshqa obʼektlarga zarar yetkazilgan bo‘lsa, maʼmuriy, fuqarolik huquqiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish obʼektiv va subʼektiv belgilarga ega. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning obʼektiv tomoni mudofaaning tajovuz xususiyatini va xavflilik darajasiga mos kelmasligini bildiradi. Subʼektiv tomondan esa zaruriy mudofaa doirasidan chetga chiqish aybning qasd shakli bilan, xususan, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishga nisbatan qasd va jinoyat oqibatiga nisbatan ehtiyotsizlik bilan tavsiflanadi. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilgan yoki chiqilmaganligini aniqlashda subʼektiv tomonning maqsadi, yaʼni aynan tajovuzdan mudofaalanishning maqsadiga eʼtibor berish lozim. Agar bunday maqsad bo‘lmasa, qilmish zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb kvalifikatsiya qilinmasligi kerak.


Download 46.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling