Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti
Buyruq yoki boshqa vazifani ijro tish va kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosiy tavakkal turlarini taxlil qilish
Download 46.51 Kb.
|
MAXKAMOV U.
Buyruq yoki boshqa vazifani ijro tish va kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosiy tavakkal turlarini taxlil qilish.
Jinoyat kodeksining 40-moddasida, shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyishni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi, deb ko‘rsatilgan. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish qonuniy hisoblansa Buyruq deganda, muayyan xokimiyat organi, tashkilot, korxona, idora boshlig‘ining o‘z vakolatlari doirasida muayyan bir harakatni bajarish yoki bajarmaslik tug‘risida (yozma yoki og‘zaki) buyruq berishi tushuniladi. Buyruq vakolatli shaxsning ijro etish majburiyati yuklangan shaxsga bergan maʼlum bir harakat(harakatsizlik)ni bajarish haqidagi qonun va qonunosti aktlarga asoslangan talabidir. Aynan shu taʼrif buyruqni boshqa taʼsir choralari- iltimos, ishontirish, majburlovdan ajratib turadi. Buyruq bilan birga «tavsiyalar”, «farmoyishlar” va «farmonlar” ham berilishi mumkin. Bular masalalarni hal qilish, ularni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsning huquqiy maqomi bo‘yicha o‘zaro farqlanadi. Bu aktlarning asosiy umumiy jihati – ularning ijro etish majburiyati yuklangan shaxs tomonidan bajarilishidir Qonun tomonidan buyruq yoki boshqa farmoyishlarning shakli aniq belgilanmagan bo‘lib, ular yozma, og‘zaki yoki namoyishkorona(konklyudent) shaklda bo‘lishi, shuningdek texnik aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin. Lekin ayrim hollarda buyruqning faqat yozma shaklda bo‘lishi talab qilinadi. Bunday talablarga rioya etilmasligi uning haqiqiy emas deb topilishiga sabab bo‘ladi. Boshqa farmoyishlarga taʼrif berishda shuni inobatga olish lozimki, farmoyishlar berish usullari unchalik axamiyat kasb etmaydi. Buyruq yoki boshqa farmoyishlar, agar ular boshliqning vakolati doirasidan chiqilmagan bo‘lsa, ijro etilishi majburiydir. Buyruq yoki boshqa farmoyishlardan farqli ravishda xizmat majburiyatlari mansab vakolatiga qarab hodimlardan bajarilishi talab qilinadigan funksional majburiyatlar doirasini o‘zida aks etadi. O‘zR qonunchiligiga ko‘ra, xizmat majburiyatlari ish beruvchi va hodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasida belgilangan yozma shaklda bo‘lishi kerak. Aks holda ular g‘ayriqonuniy deb hisoblanishi mumkin. Bundan tashqarii farmoyishlar va boshqaruv aktlari belgilangan mazmunda qabul qilinishi, yaʼni qonun talablariga mos holda tuzilishi kerak. Buyruq yoki boshqa farmoyishni ijro etish huquqiylik shartlariga mos kelagan taqdirda qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat deb topilishi mumkin. Buyruq, farmoyish yoki boshqa xizmat majburiyatlari Jinoyat kodeksidagi talablarga zid bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik orqali bajarilishi kerak. Aks holda bunday harakat yoki harakatsizlik mustaqil jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etishning huquqiyligi belgilarilari quyidagilardir: birinchidan,—buyruq va boshqa farmoyishlarni ijro etuvchi shaxslar shu buyruq va boshqa farmoyishlar beruvchi shaxsning bo‘ysunuvida (qaramog‘ida) bo‘lishi kerak. ikkinchidan,—buyruq va boshqa farmoyishlarni tegishli shaklda bajarish uni bajaruvchi shaxsning majburiyati, yaʼni xizmat burchi hisoblanadi. uchinchidan,— buyruqni ijro etuvchi shaxs tomonidan sodir qilingan qilmish harakat yoki harakatsizlik shaklida bo‘lishi mumkin. to‘rtinchidan,– buyruq va boshqa farmoyishlarni ijro etishda Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga maʼlum darajada zarar yetkazilishi kerak. Bajaruvchi tomonidan yetkazilgan zarar uchun o‘sha buyruq yoki farmoyishlar bergan shaxs javobgarlikka tortiladi, bunday xollarda bajaruvchi jinoyatni sodir etishning quroli sifatida xizmat qilib yoki boshqa farmoyishlarni ijro etgan qilmishi uchun javobgarlikka tortilmaydi. Buyruqning huquqiy shartlari va buyruqni ijro etishning huquqiy shartlarini ajrata olish kerak. beshinchidan, –buyruqning huquqiy shartlari: Buyruq yoki boshqa farmoyishlarlar mansabdor shaxs tomonidan uning vakolat doirasida berilishi kerak. Buyruq qonunda ko‘rsatilgan tegishli shaklda (yozma, og‘zaki, texnik vositalar orqali) berilishi kerak. Buyruq g‘ayriqonuniy deb hisoblanmaydi (bunday holda uning jinoiyligi xaqida gap ketishi xam mumkin emas). oltinchidan,– buyruqni ijro etishning huquqiy shartlari: Buyruqni ijro etuvchi shaxs tomonidan jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilganidagina buyruq ijro etuvchi shaxsning javobgarligi xal qilinadi. Ijro etuvchi buyruq bilan belgilangan harakatlar doirasidan chetga chiqmasligi kerak. Buyruqni ijro etuvchi faqat qasddan yetkazilgan zararli xarakatlari uchun javob beradi. G‘ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyish yoxud mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 40-moddasi 2qismida jinoiyligi oldindan ayon bo‘lgan buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs umumiy asoslarda javobgarlikka tortilishi xaqida bayon qilingan. Bunday xollarda jinoiy buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarishdan oldin uni bajarayotgan shaxs uning jinoiyligini bilishi va bila turib jinoiy buyruq yoki boshqa farmoyishni bajarishi lozim. Ijrochi buyruqning jinoiyligini oldindan bila turib uni bajarsa, bunday holat ishtirokchilik sifatida baholanib, buyruq beruvchi tashkilotchi, uni ijro etuvchi esa bajaruvchi shaxs deb topiladi. G‘ayrihuquqiy yoki jinoiyligi maʼlum bo‘lgan buyruq, farmoyish yoki boshqa xizmat majburiyatlarini bajarmaslik yoki buzish, agar bunday qilmish qonunda jinoyat deb belgilangan bo‘lsa ham (Jinoyat kodeksining 279, 280-moddalari), jinoiy javobgarlikni istisno qiladi. Shaxs buyruqni, farmoyishni yoki mansab burchlarini, basharti, ular shaxsga noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa”, ijro etgani yoki buzgani uchun javobgarlikka tortilmaydi. Agar uning qilmishi boshqa jinoyat tarkibi belgilarini o‘zida ifodalagan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladi. Buyruq, boshqa farmoyishlar yoki mansab majburiyatlarining g‘ayriqonuniyligi ularning jinoiy yoki huquqqa xiloflik xususiyatidan kelib chiqadi. Download 46.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling