Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti
II BOB. Qilmishning jinoiylgini istisno qiluvchi xolatlar turlarini o‘rganish va taxlil qilish
Download 46.51 Kb.
|
MAXKAMOV U.
II BOB. Qilmishning jinoiylgini istisno qiluvchi xolatlar turlarini o‘rganish va taxlil qilish.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etganni ushlash vaqtida zarar yetkazish va oxirgi zaruriyat turlarini o‘rganish. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash odil sudlovning amalga oshirilishini taʼminlash, jinoyat qonunchiligi oldida turgan vazifalarni bajarish maqsadida belgilangan. Shuning uchun ham qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazgan shaxsni ushlash ijtimoiy foydali hisoblanadi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash shaxsning majburiyati emas, balki burchi hisoblanadi. Shaxs, huquqni muhofaza qiluvchi davlat xokimiyati organlari, maxalla qo‘mitalari, boshqa shaxslarga yordam so‘rab murojaat qilish imkoniyati mavjudligidan qati nazar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlab berish huquqiga egadir. Jinoyat kodeksi 39-moddasida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish tushunchasi berilgan bo‘lib, uning 1-qismida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni xokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmasligi ko‘rsatilgan. Jinoyat huquqida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning quyidagi asosiy jihatlar(aspektlari)i mavjud: 1) jinoyat qonunida jinoyat sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga ega shaxslar doirasi chegaralanmagan; 2) ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash xokimiyat organlari ayrim mansabdor shaxslarining burchi ekanligi Respublika qonunlari va boshqa normativ hujjatlarida aniq ko‘rsatib o‘tilgan; 3) bunday harakatlar ijtimoiy foydali deb topiladi, shuningdek qonuniylik va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplaridan kelib chiqadi; 4) ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash bunday shaxsning jinoiy faoliyatini to‘xtatish va yangi jinoyat sodir etish imkoniyatlarini bartaraf etishning asosiy huquqiy vositasi hisoblanadi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning huquqiyligi shartlari - bir tomondan, ushlash huquqining amalga oshirilishini, ikkinchi tomondan g‘ayriqonuniy qilmishlarni bartaraf etilishini kafolatlaydi. Bunday shartlar ikki institutga: ushlashga va ushlash vaqtida yetkazilgan zararga tegishlidir. Ushbu shartlarning huquqiyligi: ushlash uchun asoslarning mavjudligi va subʼektlari; uni amalga oshirish usul va vositalari; ushlashning maqsadi va vaqti; uning bajarilgan deb hisoblanishi kabi elementlarning mavjudligiga bog‘liqdir. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash uchun quyidagi asoslar bo‘lishi kerak: 1) shaxsning jinoyat sodir etganligi. Bunday asos bo‘lib ayrim xollarda sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi xizmat qilsa, baʼzi hollarda jinoyat sodir etish faktining o‘zi yetarli hisoblanadi. 2) jinoyat sodir etgan shaxsning uni huquqni muhofaza qiluvchi organga topshirmoqchi bo‘lgan shaxsdan qochishi hisoblanadi. Ushlash jinoyat-protsessual xususiyatga ham ega bo‘lib, shaxsni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan deb topishning asoslari: shaxsning jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushganligi; jinoyat shoxidlari, shu jumladan, jabrlanuvchilar tomonidan jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilganligi; uning o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilganligi; shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan maʼlumotlarning mavjudligi, uning qochmoqchi bo‘lganligi yoki doimiy yashash joyining yo‘qligi yoxud shaxsining aniqlanmaganligi hisoblanadi. (O‘zR JPK 221-moddasi.) Ushlashning subʼektlari, yaʼni ushlanishi mumkin bo‘lgan shaxslar deganda ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan va immunitetga ega bo‘lgan shaxslar tushuniladi. Xususan, deputatlar, sudyalar va prokurorlar ushlab turilishi hamda militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinishi mumkin emas (ular jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lgan tushgan holatlar bundan mustasno). Albatta, jinoyatchini ushlab berish huquqi jinoyatchilikka qarshi kurashishning foydali vositalardan biridir. Agar fuqarolarimiz jinoyat sodir qilgan shaxslarni ushlab berish huquqidan faol foydalansalar, qonunga xilof qilmishlarga ko‘z yumib turmasalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligi oshadi. Jinoyatchini ushlash huquqi, aniqrog‘i, burchi jinoyatchilikka qarshi kurash kasbi bilan bog‘liq majburiyat hisoblangan shaxslar (ichki ishlar, prokuratura, MXX organlari xodimlari)ga yuklatiladi. O‘zR JPKning 222-moddasiga muvofiq, militsiya yoki boshqa surishtiruv organlari hodimi, shuningdek, muomala layoqatiga ega bo‘lgan har qanday shaxs ushbu kodeksning 221-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsni ushlash va yaqin oradagi militsiya yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelishga haqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 39-moddasi 4kismida: «Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar xam ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar”, deb taʼkidlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 39-moddasida: «Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni xokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash zarur bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilgan bo‘lsa”, ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topilishi ko‘rsatilgan. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning huquqiyligi elemetlaridan biri – ushlash vaqtida belgilangan (huquqiy) uslub va vositalardan foydalanishdir. Ushlash uslubi deganda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash maqsadida unga taʼsir etishning turli xil taktik usullari (masalan, jismoniy yoki ruhiy zurlik ishlatib, aldash yoki ishontirish yo‘li bilan) tushunilsa, ushlash vositalari esa ushlash jarayonida ishlatiladigan turli xil qurollar, predmetlar va texnik anjomlar yig‘indisidan (o‘qotar qurol, qo‘l kishani, arqon va h.k.) iboratdir. U yoki bu usul yoki vositalardan foydalanish shakli va darajasi – aniq hollarda ijtimoiy xavflilik darajasi, shaxsning ijtimoiy xavfliligi hamda ushlashdagi vaziyat va shart-sharoitlar bilan bog‘liq. Masalan, og‘ir yoki o‘ta og‘ir (odam o‘ldirish, bosqinchilik va h.k.) jinoyatni sodir etgan shaxslarni ushlashda qo‘liga kishan solinishi mumkin, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan bu usul qo‘llanilmaydi. Ushlash vositalari va usullari yuqorida kursatilgan mezonlarga mos kelmagan taqdirda ushlash g‘ayriqonuniy deb, qarshilik ko‘rsatuvchi shaxsning qilmishi esa jinoiy emas deb baholanishi mumkin. Shaxsning erkinligini qisqa muddatga cheklash tarzidagi ushlab turish shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida amalga oshirilganida qonuniy hisoblanadi, boshqa maqsad (masalan, o‘g‘irlangan mulkni qaytarib olish maqsadida ushlab turish) ko‘zlangan taqdirda shaxsning bunday qilmishi jinoyat deb topiladi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash elementlaridan yana biri ushlashni amalga oshirish vaqti hisoblanadi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashga bo‘lgan huquq imjtimoiy xavfli qilmish tugallanishi bilan vujudga keladi va jinoiy javobgarlikka tortish muddatining yoki ayblov hukmini ijro etish muddatining o‘tib ketishi bilan to‘xtaydi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashga bo‘lgan huquq jinoyat ishini yuritishga to‘sqinlik qiladigan quyidagi holatlar mavjud bo‘lganda hisobga olinmaydi: 1) ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi o‘tkazilgan ish bo‘yicha jinoiy hodisa yuz bermagan bo‘lsa; 2) shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa; 3) shaxsning sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmasa; 4) eʼlon qilingan amnistiya akti sodir etilgan jinoyat yoki shaxsga daxldor bo‘lsa; 5) shaxsga nisbatan aynan shu ayblov bo‘yicha ishni tugatish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan ajrimi(qarori) yoki vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoxud ishni tugatish haqida bekor qilinmagan qarori bo‘lsa; 6) ish faqat jabrlanuvchining shikoyati bilan qo‘zg‘atilgan hollarda uning shikoyati bo‘lmasa, JPKning 325-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 7) shaxs ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan vaqtda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan bo‘lsa. (O‘zR JPK 83 va 84-moddasi 1-qismi) Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazishning huquqiyligi elementlarini izohlash bilan birga, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi, aybning shakli, jinoyatning tugallangan yoki tugallanmaganligi, shuningdek ishtirokchilik shakli ham inobatga olinishi lozim. Ijtimoiy xavfli hisoblanmagan maʼmuriy huquqbuzarlik yoki intizomiy qilmish sodir etgan shaxsni, shuningdek, jinoyat sodir etish uyida bo‘lgan shaxsga ushlash vaqtida zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 46.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling