Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti
Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik
Download 46.51 Kb.
|
MAXKAMOV U.
Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik.
Bugunki kunda barcha soxalarda, shuningdek, fan va texnikaning intensiv ravishda rivojlanib borayotganligi munosabati bilan yangi-yangi texnologik jarayonlarni va aloxida texnik, ishlab chiqarish operatsiyalarini uzaytirish, ilmiy tadqiqodlar olib borish va ularni hayotga tadbiq qilish davomida biz xohlasak-xohlamasak, jinoyat huquqi tomonidan qo‘riqlanadigan obʼektga nisbatan bir qancha xollarda ancha zarar yetkazaayotgan yoki yetkazishi mumkin bo‘lgan zararga ongli ravishda, tavakkalchilik asosida yo‘l qo‘yamiz. Maʼlum bir tavakkalchilik bilan amalga oshiriladigan tajriba, eksperimentlarsiz ishlab chiqarish tashkil qilinmas ekan, texnika, tibbiyot kelajakda rivojlanmaydi. Albatta, biror eksperiment, tajriba o‘tkazilganda, tavakkal qilmasdan bo‘lmaydi, tavakkalchilikda esa maqsadga erishishga yuz foiz ishonch bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan xam qonun chiqaruvchi Jinoyat kodeksiga yangi norma sifatida qilmishni istisno qiluvchi holat — kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilikni kiritdi. Respublikamiz yangi jinoyat qonuniga bunday harakatni qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida aloxida modda sifatida kiritilishining axamiyati katta. Chunki bunday harakat zamirida ijtimoiy foydali xususiyat, ilmiytexnikaviy, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan zaruriy faoliyat orqali keltirilishi mumkin bo‘lgan jiddiy zararning oldini olishga xamda imkon qadar ijobiy natijalarga erishishga qaratilgan inson ongi va mehnati yotadi. Bu fan, texnika, taraqqiyotini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun olimlar va ishlab chiqarish xodimlari tomonidan tajribalar o‘tkazish davrida yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklardan qo‘rqmasligi va mana shu xato, kamchiliklari uchun javobgarlikka tortilishdan qo‘rqmasliklari maqsadida qilingandir. Tavakkalchilik ijtimoiy foydali maqsadlarga boshqa harakatlar bilan erishish mumkin bo‘lmaganida va tavakkal qilgan shaxs jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni bartaraf etish uchun yetarli choralarni ko‘rgan bo‘lsa, asosli deb topiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 41-moddasiga ko‘ra: Ijtimoiy foydali maqsadga erishish uchun kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qilib, huquqlar va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish jinoyat deb topilmaydi. Quyidagi bir qator shartlar mavjud bo‘lgandagina kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik qonuniy hisoblanadi. Birinchi sharti tavakkalchilikning ijtimoiy foydali maqsadlarga yo‘naltirilganligidir. Yaʼni tavakkalchilik, shaxsiy maqsadga emas, ijtimoiy foydali natijalarga erishishga qaratilgan bulishi kerak. Shaxsiy maqsadlarga yo‘naltirilgan tavakkalchilik asosli deb hisoblanmaydi. Bu borada shaxsiy maqsadlarni shaxsiy motivlardan farqlay olish muhim. Bizga maʼlumki, motiv – u yoki bu qilmish sodir etish istagini tug‘diruvchi sababdir. Shu sababli shaxsiy motiv ijtimoiy foydali bo‘lishi ham mumkin. Masalan, olqishlarga sazovor bo‘lish uchun shaxsni o‘limdan qutqarish. Demak, ijtimoiy foydali maqsad - qilmishni kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik sifatida kvalifikatsiya qilish, unga to‘g‘ri huquqiy baho berish hamda jinoiy javobgarlik masalasini hal qilish uchun muhimdir. Ikkinchi sharti tavakkalchilik zamonaviy ilmiy-texnika bilimlari va tajribalariga mos kelishi lozim, shunday tajribalarni eʼtiborsiz qoldirishi mumkin emas. Tavakkalchilik bilan bog‘liq qilmishlarning zamonaviy bilim va tajribalarga mosligi haqidagi qonun talablari, avvalambor, bunday qilmishlarning subʼektiv bilimlar va subʼektiv tajribalarga muvofiq bo‘lishini bildiradi. Uchinchi sharti o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga tavakkal qilmay erishishning iloji bo‘lmasa, shaxs boshqalarning huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishining oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rgan bo‘lsa, bunday tavakkalchilik asosli deb topiladi. Yaʼni bunday xollarda shaxs o‘z-o‘ziga ishonish orqali harakat qilmasdan, balki aniq hisob-kitob olib boradi va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olishga harakat qiladi. Oldini olish choralarini ko‘rish zarurligi obʼektiv va subʼektiv mezonlar asosida belgilanadi. Obʼektiv tomondan xavfsizlik choralarini ko‘rish zarurligi shundan iboratki, tavakkalchilik bilan bog‘liq harakatlarni amalga oshirish sharoiti aynan shu choralarning ko‘rilishini talab qiladi. ( Masalan, yong‘in bilan bog‘liq tajribalarni o‘tkazishda yong‘in xavfsizligini taʼminlash choralarini ko‘rish.) Subʼektiv tomondan xavfsizlik choralarini ko‘rish zarurligi shuni bildiradiki, shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibat va uning hajmini anglay oladi, shu sababli zarar kelib chiqmasligi yoki ahamiyatsiz bo‘lishi uchun ham u shunday choralarni ko‘radi. Yuqorida sanab o‘tilgan barcha shartlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina tavakkalchilik asosli va huquqiy hisoblanadi, yetkazilgan zarar esa jinoiy emas deb topiladi. Bu borada yetkazilgan zararning hajmi ahamiyatga ega bo‘lib, agar u erishilgan ijtimoiy foydali maqsaddan kamroq bo‘lsa jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkal qilishdan ko‘zlangan ijtimoiy foydali natijaga erishilmagan va ”yetkazilgan zarar” ijtimoiy-foydali maqsadga erishish natijasida olinishi mumkin bo‘lgan natijadan ko‘prok bo‘lgan taqdirda xam tavakkalchi shaxsni javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmaydi. Tavakkalchilik, agar muayyan maqsadga erishish uchun qilinmasdan, unga eksperimentlar o‘tkazmasdan turib xam erishish mumkin bo‘lsa va tavakkalga yo‘l qo‘ygan shaxs huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazishining oldini olmagan bo‘lsa, asossiz deb topiladi. Ayni vaqtda tavakkalchilik odamlarning xalok bo‘lishi xavfi, ekologiya holatining buzilishi yoxud boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib qilingan bo‘lsa, masalan, sifatsiz oziq-ovqatlarni sotuvga chiqarish, katta maydondagi yerlarni zaharlash xavfi, suv shaxobchalarining zaharlanishi va xokazolar ro‘y bersa asosli tavakkalchilik hisoblanmaydi. Demak, quyidagilar: A) Ko‘pchilik shaxslar xayoti uchun xavfli tarzda amalga oshirilgan;. B) Ekologik xalokat yoki ommaviy qashshoqlik xavfini tug‘diruvchi;. V) Boshqacha og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaruvchi tavakkalchilik asosli deb topilmaydi. Odamlarning halok bo‘lish xavfi deganda, tavakkalchilikni amalga oshirish oqibatida ikki yoki undan ortiq odamlarning hayoti xavf ostida qolishi tushuniladi. Ekologik halokat – insonlar faoliyati natijasida tabiatga zarar yetkazilishi va bu zarar insoniyatning keyingi hayoti uchun jiddiy xavfni keltirib chiqarishini bildiradi. ( masalan, gaz, neftʼ avariyalari, keng masshtabli o‘rmon yong‘inlari.) Boshqa og‘ir oqibatlar deganda, bir necha shaxslar sog‘lig‘iga og‘ir shikast yetkazilishi, transport tizimining uzoq muddatda izdan chiqishi, portlash yoki yong‘in natijasida uylar va boshqa inshootlarning vayron bo‘lishi va shu kabi holatlar tushuniladi. Qonun doirasida belgilangan asosli tavakkalchilik chegarasidan chetga chiqish esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55-moddasi “ye” bandiga, yaʼni shaxsning ijtimoiy foydali maqsadi bo‘lganligi tufayli jazoni yengillashtiruvchi holatlar qatoriga kiritilgan. Kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq asosli tavakkalchilik holatida zarar yetkazishni oxirgi zarurat holatida zarar yetkazishdan farqlay olish uchun quyidagi belgilarga eʼtibor berish kerak: Oxirgi zaruratda xavf manbai mavjud bo‘lib, qilmishning o‘zi zararni bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi, asosli tavakkalchilikda esa qilmish tahdid soluvchi xavf bilan shartlanmaydi, u ijtimoiy foydali maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Oxirgi zaruratda yetkazilgan zarar bartaraf etilgan zarardan kamroq bo‘lishi kerak, asosli tavakkalchilikda esa zararning hajmi tavakkal qiluvchi shaxs qilmishini baholashda unchalik ahamiyatga ega emas. Tavakkalchilik bilan bog‘liq qilmishlar asosida zarar yetkazish – ehtimoliy bo‘lib, oqibatning kelib chiqishi zarur hisoblanmaydi, oxirgi zaruratda esa zarar yetkazish – ko‘proq zarar yetkazilishidan qutilishning yagona vositasidir. Xulosa Xulosa tariqasida shuni aytish mumkinki, qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar har bir shaxsga o‘z huquq va manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishga imkon yaratadi. Shu sababdan ham qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar ijtimoiy foydali qilmish deb ham atasa bo`ladi. Bundan tashqari, yuqoridagi muhokamalarimiz davomida zaruriy mudofaa hamda oxirgi zaruratning belgilari o‘xshash ko‘rinsa-da, ular quyidagi jihatlarga ko‘ra o‘zaro farqlanishini ko`rishimiz mumkin: – xafv (tajovuz) manbaiga ko‘ra – zaruriy mudofaada tajovuz ijtimoiy xavfli qilmish natijasida kelib chiqsa, oxirgi zaruratda esa xAfv ham ijtimoiy xavfli qilmish natijasida, ham tabiiy, texnogen tusdagi hodisalar, hayvonlar ta’sirida kelib chiqadi; – zarar yetkazish manbaiga ko‘ra – zaruriy mudofaada zarar tajovuzchiga yetkazilsa, oxirgi zaruratda esa uchinchi shaxslar manfaatiga zarar yetkaziladi; – zarar nisbati bilan – zaruriy mudofaada yetkazilgan zarar oldi olinganidan kam, teng yoki undan ko‘p bo‘lishi mumkin, oxirgi zaruratda esa yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lishi shart; – zarar yetkazish zaruratiga ko‘ra – zaruriy mudofaada boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam so‘rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o‘zga yo‘sinda qutulish imkoniyati bor-yo‘qligidan qat’i nazar, mudofaa huquqi ta’minlanadi, oxirgi zaruratda esa zarar yetkazish so‘nggi chora bo‘lishi lozim. Qayd etish kerakki, qonun chiqaruvchi boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam so‘rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o‘zga yo‘sinda qutulish imkoniyati bor-yo‘qligidan qat’i nazar, zaruriy mudofaa huquqidan foydalanish imkoniyatini shaxsga taqdim etgan. Biroq zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo‘zg‘atish zaruriy mudofaa deb topilmaydi. Ya’ni shaxs ziyon yetkazish maqsadida hujumning kelib chiqishiga sabab bo‘lganda uning harakatlarini zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb hisoblanmaydi. Qonun chiqaruvchi jamiyat a’zolariga o‘z huquq va manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish huquqini taqdim etar ekan, zarur hollarda tajovuzchiga zarar yetkazish orqali o‘zi yoki boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini himoya qilishga ruxsat etadi. Ta’kidlash kerakki, zaruriy mudofaadan foydalanish huquqi shaxsning o‘ziga qilingan tajovuzga nisbatangina amalga oshirilmaydi, balki zaruriy mudofaadan foydalanish davlat mulki, jamoat tartibi, boshqa fuqarolarning hayoti, sha’ni qadr-qimmati, manfaatlarini jinoiy tajovuzdan qo‘riqlashga ham xosdir. Download 46.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling