Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti


Download 46.51 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi46.51 Kb.
#1534169
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAXKAMOV U.

Zaruriy mudofaa.
Zaruriy mudofaa institutining tushunchasi va belgilarining jinoyat huquqida berilishi ijtimoiy adolatni amalga oshirishda g‘oyat katta axamiyatga egadir. Jinoyat huquqida zaruriy mudofaa tushunchasi qonun bilan muxofaza qilinadigan obʼektlarni jinoiy tajovuzlardan muxofaza qilish jarayonida tajovuzkorga shunday zarar yetkazish yo‘li bilan amalga oshiriladigan huquqiy mudofaani o‘z ichiga oladiki, bunday mudofaa zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib amalga oshirilganida mudofaalanuvchi shaxsning jinoiy javobgarligini kelitirib chiqaradi. Jinoyat kodeksining 37moddasida zaruriy mudofaaning qonuniyligi doirasi va shartlari, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqishning huquqiy holati nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 37-moddasiga ko‘ra: Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, yaʼni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda ximoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi. Zaruriy mudofaa holatida qilingan harakat qonunga xilof hisoblanmaydi, chunki xayotga, sog‘likka, jinsiy erkinlikka, mulkka va boshqa jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obʼektlarga qilingan tajovuzlardan ximoya qilish xar bir fuqaroning burchi
Hisoblanadi va zaruriy mudofaa holatida tajovuzchiga zarar yetkazish jinoyat hisoblanmaydi. Xar bir fuqaroning o‘zi, boshqa shaxslar, davlat manfaatlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan xar qanday boshqa ijtimoiy munosabatlarni ximoya qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (20, 27- va boshqa moddalarida) mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida Respublika fuqarolari shaʼni va obro‘siga, xayoti va sog‘lig‘i, shaxsiy xayoti, erkinligi va qadr-qimmatiga qarshi tajovuzlardan sudda himoyalanish, shaxsning shaʼni va obro‘siga qarshi tajovuzlardan zaruriy mudofaalanish huquqiga ega ekanligining belgilanganligi ushbu masalani xal etish uchun raxbariy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunida birinchi marta xar qanday fuqaro boshqa shaxslar yoki xokimiyat organlariga yordam so‘rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o‘zga yo‘sinda qutilish imkoniyati bor-yo‘qligidan qati nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri zaruriy mudofaani qo‘llash huquqiga egaligi belgilab qo‘yiladi (Jinoyat kodeksi 37moddasining 3-qismi). Xaqiqatan xam jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishda jinoyat qonun bilan qo‘riqlanadigan obʼektga qilingan tajovuzdan qochib qutilish orqali emas, balki jinoyatning oldini olishga qaratilgan qatiylik bilan qilingan harakatlar orqali erishiladi. Zaruriy mudofaa huquqi har bir fuqaroning jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qilingan tajovuzlardan ximoya qilish huquqini kafolatlovchi konstitutsiyaviy qoida hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, zaruriy mudofaa huquqi ximoya huquqi bilan taʼminlangan manfaatlarga qarshi qasddan, shu bilan birga birgalikda, ehtiyotsizlikdan sodir etilgan tajovuz natijasidir. Fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmati jinoyat qonuni bilan muxofaza qilinadi, ushbu obʼektlarga qilingan tajovuz jinoyat deb topiladi (Jinoyat kodeksi 139,140-moddalari). Shuning uchun jinoyat qonuni bilan muxofaza qilinadigan bunday manfaatlar mudofaalanuvchi qonunda mustahkamlangan zaruriy mudofaaning huquqiyligi shartlariga rioya qilinganida, zaruriy mudofaa choralari bilan ximoya qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi 1996-yil 20-dekabr qabul qilingan “Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaa huquqini taʼminlovchi qonunlarni sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandida ham shunday nuqtai nazar nazarda tutilgan. Jinoyat huquqi nazariyasida, mudofaalanuvchining ijtimoiy xavfli tajovuzlardan qonun bilan mustahkamlangan shartlarga rioya qilib amalga oshiradigan harakatlari faqat qonun bilan muxofaza qilinadigan manfaatlarni himoya etish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lsa, zaruriy mudofaa deb topilishi lozim. Ijtimoiy xavfli tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazish orqali ximoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashda ham axamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi plenumining yuqorida nomi keltirilgan qarorida ayrim sudlar tajovuzga uchragan shaxs, undan qochib qutilish, boshqa fuqarolarga va xokimiyat vakillariga yordam so‘rab murojaat qilish yoki boshqa usullar bilan tajovuzdan saqlanish imkoniyatiga ega bo‘lsa, bunday tajovuzga qarshi faol ravishda mudofaalanish huquqiga ega bo‘lmaydilar, degan noto‘g‘ri fikrga asoslanadilar deb taʼkidlanadi. Shu munosabaat bilan Plenum sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, fuqarolar qonun talabiga muvofiq ijtimoiy xavfli tajovuzdan qochib qutilish yoki boshqa usullar bilan saqlanish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridan qati nazar tajovuz qiluvchiga zarar yetkazish yo‘li bilan aktiv ximoyalanish huquqiga egadirlar, deb ko‘rsatilgan1. Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib aytish mumkinki, zaruriy mudofaa holatida qilingan harakat jinoyat hisoblanmaydi, chunki u ijtimoiy-xavfli bo‘lmay, aksincha ijtimoiy foydali harakatdir. Zaruriy mudofaada ijtimoiy xavflilik xususiyatining yo‘qligi shundaki, zaruriy mudofaani qo‘llash orqali shaxsning hayoti, sog‘ligi, jinsiy erkinligi (daxlsizligi), mulki va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qilingan tajovuz bartaraf qilinib, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zarariy oqibatlarning oldi olinadi. Tajovuz qiluvchining hayoti va sog‘ligi tajovuz vaqtida qonun bilan qo‘riqlanmaydi. Zaruriy mudofaani qo‘llash har bir shaxsning shaxsiy huquqidir va bunday huquqni amalga oshirish faqat uning o‘zigagina bog‘liq bo‘lib, bu huquq zaruriy mudofaani qo‘llash vaqtida amalga oshiriladi. Ammo ayrim turkumdagi shaxslar uchun zaruriy mudofaani qo‘llash shaxsning yuridik majburiyati hisoblanadi.
Bularga qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib qo‘yilgan yoki xizmati yuzasidan jinoyatchilikka qarshi kurash olib borish, odamlarni qutqarish, jamoat tartibini saqlash vazifasi yuklatilgan shaxslar kiradi. Jinoyat qonuniga zaruriy mudofaa institutining kiritilishi, qonun ximoyasidagi manfaatlarni g‘ayriqonuniy tajovuzlardan mudofaa qilishda har bir fuqaroni faol qatnashishini taʼminlash maqsadiga xizmat qiladi.. Zaruriy mudofaani qo‘llashning zarurati va asoslari jinoyat qonuni bilan qo‘riklanadigan obʼektlarga (shaxsga, davlat va jamoat manfaatlariga) ijtimoiy xavfli tajovuz qilinganligidir. Shaxsning o‘ziga yoki boshqa shaxslarning manfaatlariga jinoiy tajovuz qilinganligi zaruriy mudofaani qo‘llashning asosi bo‘lib hizmat qiladi. Qonunda jinoyatning subʼekti yoshiga yetmagan yoki aqli noraso shaxslarning ijtimoiy xavfli tajovuziga nisbatan xam zaruriy mudofaaning qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi. Shuningdek, qonunda birinchi marta (Jinoyat kodeksi 37-m. 4-q.) zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo‘zg‘atish zaruriy mudofaa hisoblanmasligi ko‘rsatilgan. Bu yerda shunday holatlar nazarda tutilganki, bunda aybdor muayyan bir shaxsga zarar yetkazish maqsadida uning jig‘iga (asabiga) tegadi”, keyinchalik u bilan hisob-kitob qilish maqsadida uning javob harakatlarini sodir qilishini xohlaydi. Bunday xollarda aybdor yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi. Jinoyat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qarorida shaxs o‘zining g‘araz niyatlari (urishish, azob berish, o‘ch olish) tufayli hujumning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, bunday harakatlarni zaruriy mudofaa yo‘sinda qilingan deb topish mumkin emas, bunday holatlarda sodir etilgan xatti-harakatlar umumiy asoslarda kvalifikatsiya qilinishi lozim deb taʼkidlangan. Zaruriy mudofaaning moxiyati shunda namoyon bo‘ladiki, qonun muxofazasidagi manfaatlarga qarshi qaratilgan g‘ayriqonuniy tajovuzdan mudofaalanuvchi tajovuz qiluvchiga shunday zarar yetkazadiki, yetkazilgan zarar zaruriy mudofaa instituti bo‘lmaganida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lardi.



    1. Download 46.51 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling