Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti
Download 46.51 Kb.
|
MAXKAMOV U.
Oxirgi zarurat
Qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlardan yana biri oxirgi zaruratdir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 38-moddasida: Oxirgi zarurat holatida, shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga taxdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni o‘sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji bo‘lmasa xamda yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi, deb belgilab qo‘yilgan. Oxirgi zarurat quyidagi holatlarda vujudga kelishi mumkin: 1. shaxsning xulq-atvori; 2. ekstrimal shart-sharoitlardagi shaxs organizmining fiziologik holati; 3. hayvonlarning tajovuzi; 4. harakatdagi mashina va mexanizmning tuzalmas holati; 5. tabiiy, texnogen va shunga o‘xshash favqulotda holatlar. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga xavf solayotgan tajovuzni yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan boshqa ijtimoiy munosabatlarga zarar keltirishdan iborat bo‘lgani kabi, oxirgi zarurat qonuniyligining ham asosiy shartlari mavjuddir. Bu shartlarni taxdid solayotgan xavfga va undan ximoyalanishga tegishli bo‘lgan shartlarga ajratish mumkin. Oxirgi zaruratning taxdid solayotgan xavfga nisbatan huquqiy shartlari: Oxirgi zaruratning taxdid solayotgan xavfga nisbatan huquqiy shartlari haqida gapirganda, uning ijtimoiy xavfliligi, mavjudligi va haqiqiyligi kabi belgilariga to‘xtalib o‘tish lozim. Birinchi sharti oxirgi zarurat holati xavf manbaining vujudga kelishi bilan namoyon bo‘ladi. Xavf manbai bo‘lib turli xil voqealar bo‘lishi mumkin. Ularga inson tomonidan sodir etilgan harakatlar, tabiiy ofat (zilzila, suv bosishi, yong‘in va xokazolar), xayvonlarning (qutirgan itning, ho‘kizning) odamlarning xayoti va sog‘lig‘iga taxdid solishi mumkin bo‘lgan agressiv harakatlari kiradi. Turli xil nosoz mexanizm va qurilmalar xam xavf manbai bo‘lishi mumkin. Taxdid solishi mumkin bo‘lgan xavf manbalarining to‘la ro‘yxatini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun jinoyat qonuni bilan qo‘riklanadigan ijtimoiy munosabatlarga xavf tug‘diruvchi barcha xodisalar, voqealar, harakatlar oxirgi zarurat holatini keltirib chiqaruvchi manbalar hisoblanadi. Xavf manbai shaxsning xulq-atvori bo‘lgan taqdirda tergov va sud organlari sodir etilgan qilmishning subʼektiv tomoniga eʼtibor berishlari kerak. Agar shaxsning qilmishi bir necha xattiharakatlan iborat bo‘lsa, uning dastlabki va keyingi qilmishlaridagi maqsad hisobga olinishi kerak. Shaxs dastlabki xatti-harakatini qasddan sodir etib, keyinchalik vujudga kelgan ijtimoiy xavfli oqibatni bartaraf etish maqsadida yana bir ijtimoiy xavfli qilmish sodir etsa, uning so‘nggi qilmishi oxirgi zarurat holatida sodir qilingan deb topilishi kerak. Masalan, shaxs boshqa bir shaxsga og‘ir tan jarohat yetkazib, keyinchalik esa uning hayotini qutqarib qolish uchun avtomashinani olib qochsa, shaxsning keyingi qilmishi oxirgi zarurat deb kvalifikatsiya qilinib, jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Ikkinchi sharti xavfining mavjudligi. Xavfning mavjudligi, xavfning vujudga kelishi yoki jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadiran ijtimoiy munosabatlarga real xavf mavjudligini bildiradi. Taxminiy, maʼlum bir vaziyatda vujudga keladigan, bartaraf etilgan yoki xayoliy xavf mavjud deb hisoblanishi oxirgi zarurat holatini vujudga keltirmaydi Uchinchi sharti xavfning xaqiqiy bo‘lishi lozim. Agar shaxs turli sabablarga ko‘ra xavfning mavjud emasligini bilishi lozim bo‘lmagan yoki mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, uning bu xayolan xavfni bartaraf qilishga qaratilgan harakati ham jinoyat deb hisoblanmaydi. Xavfning haqiqiyligi deganda, uning obʼektiv va real tarzda mavjud bo‘lishini tushunish kerak. Agar xavf haqiqiy bo‘lmasdan, shaxs uning mavjudligi haqida noto‘g‘ri taxmin qilgan bo‘lsa, shaxsning bunday qilmishi taxminiy oxirgi zarurat deb baholanib, javobgarlik masalasi faktik xatoga oid umumiy qoidalarga ko‘ra hal qilinadi. Shaxsning bunday qilmishi quyidagicha baholanishi kerak: Oxirgi zarurat holati sifatida, shaxs o‘zining taxminlari xatoligini bilmagan va bilishi mumkin bo‘lmagan hollarda, uning harakati shaxs o‘zining taxmini xatoligini bilmagan bo‘lsa, lekin ishning holati buyicha bilishi lozim va mumkin bo‘lsa ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat sifatida baholanadi. Oxirgi zarurat holati nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqilgan mezonlarga javob berishi kerak. Bunday mezonlar - qilmishning ijtimoiy foydaliligi, majbur bo‘lganlik tufayli sodir etilishi, boshqa shaxslarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni bartaraf etishga qaratilganligi, oxirgi zaruratning qonunda belgilangan doiradan chetga chiqmasligi va x.k. Qilmishning ijtimoiy foydaliligi uning shaxs, jamiyat yoki davlat manfaatlarini ko‘zlab sodir etilganligini bildiradi. Qilmishning majburiyligi deganda, vujudga kelgan vaziyatda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish xavfni bartaraf etishning oxirgi yagona usuli ekanligi tushuniladi. Qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa manfaatlarga zarar yetkazmasdan xavfni bartaraf etish imkonining mavjudligi oxirgi zaruratning haqiqiyligini istisno etadi. Agar shaxs bunday imkoniyat mavjudligini bilmagan va bilishi mumkin ham bo‘lmasa, uning qilmishi oxirgi zarurat deb baholanishi mumkin. Oxirgi zarurat holati belgilariga to‘g‘ri keladigan qilmish sodir etilganida faqat uchinchi shaxslar huquq va manfaatlariga zarar yetkazishi kerak. Uchinchi shaxslar deganda oxirgi zarurat buyicha bartaraf etilgan xavf bilan aloqador bo‘lmagan shaxslar, jamiyat va davlat manfaatlari hisoblanadi. To‘rtinchi sharti muayyan holatdagi xavfni boshqa vositalar bilanbartaraf etib bo‘lmasligi sababli boshqa ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkaziladi. Agar boshqa mudofaa choralari orqali xavfni bartaraf qilish mumkin bo‘lsa, oxirgi zarurat holati bo‘lmaydi. Chunki xavfni bartaraf etishga qaratilgan harakat ijtimoiy munosabatlarga taxdid solayotgan xavfni bartaraf etishning yagona yo‘li, vositasi, yechimi bo‘lishi shart. Yetkazilgan zararning muvofiqligi oxirgi zaruratning huquqiy shartlaridan biri bo‘lib, yetkazilgan zararning bartaraf etilgan zararga nisbatan kamroq bo‘lishini bildiradi. Bunday shart oxirgi zarurat holatida zarar tajovuzchiga emas, balki qonun bilan belgilangan boshqa manfaatlarga yetkazilishi tufayli shunday qilib belgilangan. Yetkazilgan va bartaraf etilgan zararning mosligi – zarar yetkazilgan va himoya qilingan huquq va manfaatlar muvofiqligini bildiradi. Download 46.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling