18
Ko‘pincha, detalning ichki ko‘rinishini bitta kesuvchi tekislik orqali ko‘r-
satib bo‘lmaydi. Bunday holatlarda ikkita va undan
ortiq tekislikdan foydala-
nishga to‘g‘ri keladi (1-ilovaga qarang).
1. Qirqim qanday hosil bo‘ladi? U qanday belgilanadi?
2. Qirqimlar chizmalarda qanday joylashtiriladi?
Qirqim nima?
A. Faqat kesuvchi tekislikdagi detal tasviri.
B. Fikran tekislik bilan qirqilgan joy tasviri.
C. Faqat kesuvchi tekislikkacha bo‘lgan detal tasviri.
D. Tekislik bilan qirqilganda hosil bo‘ladigan kesim yuzasi bilan birga tekislik
ortidagi detal qismi qo‘shib bajarilgan tasvir.
2-grafi k ish. Qirqimlar.
1. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga muvofi q ish daftaringizga
detalning chizmasida
qirqimlarni qo‘l lab, amaliy mashq bajaring.
2. 6.4-chizma,
A, B, C larda berilgan detallardan birining ko‘rinishlarini
1 : 1 masshtabda ko‘chirib chizing va qirqimini bajaring.
6.4-chizma,
B da detalning ko‘rinishlari berilgan. Mantiqiy fi kr yuritish orqali
uning
H dagi qirqimi kompyuterda bajarilsin.
7-§. ODDIY VA MAHALLIY QIRQIMLAR.
ULARNING CHIZMALARDA
BELGILANISHI
Detalning ichki tuzilishini aniqlash maqsadida bitta kesuvchi tekislik
qo‘llanilsa, hosil bo‘lgan qirqim
oddiy qirqim deyiladi.
Kesuvchi tekislik
proyeksiya tekisliklaridan biriga parallel qilib o‘tkazilsa, qirqim o‘sha proyek-
siyalar tekisligida tasvirlanadi va o‘sha tekislik nomi bilan ataladi. Masalan,
5.3-chizmada
kesuvchi A tekislik
V ga parallel, ya’ni
kesuvchi tekislik frontal
proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lgani uchun
frontal qirqim deb ataladi.
Kesuvchi tekislik gorizontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lsa, bunday
qirqim
gorizontal qirqim deb ataladi (6.1-chizmaga qarang).
Agar kesuvchi tekislik profi l proyeksiyalar tekisligiga parallel bo‘lsa, bu
holatda
profi l qirqim hosil bo‘ladi (6.2-chizma).
Bunday
qirqimlar oddiy yoki
Do'stlaringiz bilan baham: