Chizmachilik lotin 2019. indd


Konstruktorlik hujjatlarining turlari


Download 5.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/57
Sana16.11.2023
Hajmi5.37 Mb.
#1781918
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57
Bog'liq
Chizmachilik lotin 2019. indd

Konstruktorlik hujjatlarining turlari
Konstruktorlik hujjatlariga standartga muvofi q grafi k va matnli hujjatlar 
kiradi. Bu hujjatlar ayrim yoki yig‘ilgan holda buyumning tarkibi va tuzilishi 
yoki tayyorlash, nazorat qilish, qabul qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun 
kerakli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Detal chizmasi – detalning tasviri, uni tayyorlash va nazorat qilish uchun 
kerak bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat (20.1-chizma).
Yig‘ish chizmasi – buyumning tasviri, uni tayyorlash, yig‘ish va nazorat 
qilish uchun kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat. 
Yig‘ish chizmalariga gidromontaj, pnevmomontaj, elektromontaj kabi chiz-
malarni ham kiritish mumkin (20.2-chizma).
Umumiy ko‘rinish chizmasi – buyum konstruksiyasi asosiy tarkibiy 
qismlarining o‘zaro bog‘lanishi va buyumning ishlash prinsiplarini aniqlovchi 
hujjat.
Nazariy chizma – buyumning geometrik shakli va tarkibiy qismlarini 
aniqlovchi hujjat.
http://eduportal.uz


46
20.1-chizma.
20.2-chizma.
A – Suyuqlik
yoki havo
yo‘nalishi
http://eduportal.uz


47
Gabarit chizma – buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri va uning 
gabarit, o‘rnatish va biriktirish o‘lchamlari ko‘rsatilgan hujjat.
Montaj chizmasi – buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri va bu-
yumning montaji (o‘rnatilishi) uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘lgan huj-
jat. Montaj chizmalarga buyumni o‘rnatish uchun alohida tuzilgan poydevor 
chizmalarini ham kiritish mumkin.
Sxema – buyum yoki uning qismlari va ularning o‘zaro bog‘lanishining 
shartli ravishda tasviri ko‘rsatilgan hujjat (ilova 2 ga qarang).

Download 5.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling