Chizmachilik lotin 2019. indd


Download 5.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/57
Sana16.11.2023
Hajmi5.37 Mb.
#1781918
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Bog'liq
Chizmachilik lotin 2019. indd

23.2-chizma.
http://eduportal.uz


58
Biriktiriladigan detallar, bolt, gayka va shaybalar berilgan (23.2-chizma). Boltli 
birikmaning shartli soddalashtirilgan ko‘rinishini mantiqiy fi krlash yordamida 
oldin qog‘ozda keyin kompyuterda chizing.
Qaysi chizmada ajraladigan birikma detali tasvirlangan (23.3-chizma)?
24-§. SHPILKALI BIRIKMANI CHIZISH
Shpilkali birikma. Shpilkaning uzunligi bolt uzunligi kabi aniqlanadi. Bu 
birikmada biriktiriladigan detal shpilkaga kiydiriladi. Shuning uchun shpil-
ka uzunligi l ni aniqlashda kiydiriladigan detal qalinligi a, shayba qalinligi 
h, gayka balandligi H va ehtiyot qism k ning yig‘indisi hisobga olinadi 
(24.1-chizma, a). Bu yerda l
1
shpilka uzunligiga kirmaydi.
Misol. Shpilka rezbasining diametri = 24 mm va biriktiriladigan detal 
qalinligi a = 25 mm berilgan. Shpilkali birikmani chizing.
24.1-chizma.
23.3-chizma.
http://eduportal.uz


59
1. Buning uchun dastlab simmetriya o‘qi 
chiziladi. Unda oldindan aniqlangan shpilka 
uzunligi l o‘lchab qo‘yiladi. l oralig‘idagi bi-
riktiriladigan detal qalinligi a, shayba va gay-
kalar o‘rni belgilanadi. Shpilka uzunligi osti-
ga shpilkani burab kiritiladigan rezbali uchi 
va shpilka uyasi chiziladi (24.1-chizma, 
a). 
Shpilka uyasining oxiriga 120° li konus chi-
ziladi. Bu konus rezba o‘yishdan oldin d
0
 
diametrda ochilgan silindrik teshikning oxiri-
da parmadan qolgan iz hisoblanadi.
Uyaga shpilkaning uchi burab kiritilgan-
dan keyin uyada 0,5 d zaxira qoladi. Bu 
yerda uya chuqurligi t = l

+ 0,5 d = 43 mm 
ga teng. Shpilka uyasining ustdan ko‘rinishi 
chiziladi va biriktiriladigan detallar ingichka 
chiziqda chegaralanadi (24.1-chizma, a).
2. Shpilkaning uyaga burab kiritiladigan 
holati chiziladi. Yig‘ish chizmasida rezba-
larning bir-biriga kirib turishida doimo rez-
baning katta diametri kontur chiziqda tasvirlanadi. Ya’ni, rezbaning tashqi 
diametri asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda chiziladi. Rezbali teshik sterjenga 
o‘yilgan rezba bilan almashadi (24.1-chizma, b). Shpilka uchi rezbasigacha 
burab kiritiladi. Shuning uchun uya chegara tekisligi chizig‘i bitta chiziqda 
tasvirlanadi.
3. Biriktiriladigan detal, shayba va gaykalar chiziladi. Gaykaning faskasi, 
detal va shpilka sterjeni oralig‘ida tirqish (zazor), shpilka faskalari chiziladi. 
O‘lchamlari qo‘yiladi va chizma taxt qilinadi (24.1-chizma, c).
Shpilkali birikmani ham ikkita ko‘rinishda shartli soddalashtirib tasvirlash 
mumkin (24.1-chizma, d).
1. Shpilka uyasining chuqurligi qanday aniqlanadi?
2. Shpilkaning uzunligi l qanday aniqlanadi?
3. Yig‘ish chizmasida rezbalarning qaysi diametri asosiy yo‘g‘on tutash chiziqda 
tasvirlanadi?
1. d 

30 mm li biriktiriladigan detal qalinligi a = 35 mm metrik rezbali shpilka 
birikmasini chizing.
2. Shpilka uyasi, biriktiriladigan detal, shpilka va shaybalar berilgan (24.2-chiz-
ma). Shartli soddalashtirilgan shpilkali birikmani chizing.

Download 5.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling