Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Buyuk Britaniya mustamlakachilik tartibi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Buyuk Britaniya mustamlakachilik tartibi. Buyuk Britaniya hukm-
ron tabaqalari Yangi asrda ham Hindistonni butunlay o‘z mus-
tamlakalariga aylantirish siyosatini davom ettirdilar. Shu maq-
sadda, hukumat «Hindiston ishlari bo‘yicha nazorat kengashi» tash-
kil etdi.
Bu kengash Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik
siyosatining yo‘nalishlarini belgilab borardi.
Qaysi Dehli sultoni qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikni yuksaltirgani, oqilo-
na boshqaruvi tufayli «xalq homiysi» nomini olgan?
http://eduportal.uz


127
Shuningdek, Buyuk Britaniya parlamenti Hindistonni boshqarish
to‘g‘risida qonun qabul qildi. Unga ko‘ra, «Ost-Indiya» kompaniyasi-
ning Kalkutta shahridagi gubernatori Buyuk Britaniyaning Hindiston-
dagi barcha mustamlakalari general-gubernatori etib tayinlandi. Shu
tariqa kompaniya amalda Hindistonni boshqaruvchi mustamlakachi
ma’muriyat apparatiga aylantirildi.
Buyuk Britaniya to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining Hindiston-
da sotilishi mahalliy to‘qimachilik hunarmandlarini xonavayron qildi.
Chunki ularning mahsuloti sifat jihatidan Buyuk Britaniya tovarlari
bilan raqobat qila olmasdi. Oqibatda, Hindistonning o‘n minglab to‘-
quvchilari ochlikka mahkum etildi.
«Ost-Indiya» kompaniyasi katta harbiy kuchga tayanar edi. U
hindlarning o‘zidan ham yollanma qo‘shin tuzdi. Bu qo‘shin askari
sipohiy deb atalardi. Qo‘shinga ingliz zobitlari qo‘mondonlik qili-
shardi.
Hindistonda faqat shu qo‘shingina hindlarning birdan bir uyush-
gan tashkiloti edi, xolos. Kompaniya sipohiylarning Buyuk Britaniya-
ga so‘zsiz itoat etib, xizmat qilishini istardi. Mustamlakachilar
mahalliy aholining milliy his-tuyg‘ularini hisobga olmasdilar.
Oqibatda, mana shu yagona uyushgan, sipohiylardan iborat harbiy
kuch orasida ham mustamlakachilik tartiblaridan norozilik tobora ku-
chayib bordi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling