Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

Sipohiylar qo‘zg‘oloni. Sipohiylar qo‘zg‘olonining boshlanishiga
bevosita turtki bo‘lgan sabab qo‘shinda patron bilan o‘qlanadigan mil-
tiqning joriy etilishi bo‘ldi. Yangi patronning usti yog‘langan qog‘oz
bilan qoplangan bo‘lib, miltiqni o‘qlashdan oldin qalin qog‘ozni tish
bilan yirtib tashlash kerak edi. Sipohiylar orasida qog‘oz po‘stloq
ustiga surtilgan yog‘ sigir va cho‘chqa yog‘ining aralashmasidan tay-
yorlangan, degan gap tarqalib ketdi.
Hindistonni butunlay o‘z mustamlakasiga aylantirish maqsadida, ingliz
hukumati «Hindiston ishlari bo‘yicha nazorat kengashi»ni tashkil etdi.
«Ost-Indiya» kompaniyasining yollanma qo‘shini – sipohiylar hindlarning
birdan bir uyushgan tashkiloti edi.
Hinduiylik dinida sigir muqaddas hisoblanadi va uning go‘shti
iste’mol qilinmaydi. Hind sipohiysi sigir yog‘i surtilgan patronni tishi
bilan tishlashni o‘z dinining qattiq tahqirlanishi, musulmon sipohiysi
http://eduportal.uz


128
esa cho‘chqa yog‘i surtilgan patronni tishi bilan tishlash islom di-
nining ongli ravishda tahqirlanishi (islomda cho‘chqa go‘shti harom
hisoblanadi) deb qabul qildi.
Oqibatda, ular yangi patronni olishdan bosh tortdilar. Oxiri, bu
hodisa qo‘zg‘olon ko‘tarilishiga olib keldi.
Qo‘zg‘olon 1857-yili boshlandi. Sipohiylar tez orada Dehli shah-
rini egalladilar. Ular shoh saroyiga bostirib kirishdi, Bahodirshoh II
hind xalqini mustamlakachilarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga chor-
lovchi chaqiriqni imzolashga majbur bo‘ldi.
Qo‘zg‘olonning bostirilishi. Buyuk Britaniya Hindistonga qo‘shim-
cha harbiy kuchlar yuborishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng harbiy
kuch ustunligi Buyuk Britaniya bosqinchilari tomoniga o‘tdi.
Britaniya qo‘shini qo‘zg‘olonchilar egallagan shaharlarni qamal
qilib, ularni shturm bilan egalladilar. Aholi o‘zini qahramonona hi-
moya qildi. Janglar ko‘chalarda olib borildi. Mustamlakachilar to‘p-
larni fillarga ortib, Dehliga olib kirdilar va bu tadbir jang taqdirini hal
qildi.

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling