Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Download 7.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/133
Sana20.10.2023
Hajmi7.71 Mb.
#1711345
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   133
Bog'liq
8-sinf Jahon tarixi (2019)

chaydi.
Sipohiy (jangchi) – Buyuk Britaniya zobitlari rahbarlik qilgan hindlardan
tuzilgan yollanma qo‘shin.
1. Hindistonda o‘rnatilgan Buyuk Britaniya mustamlakachilik tartiblari haqida ni-
malarni bilib oldingiz?
2. Mustamlakachilar Hindistonni qay tariqa boshqardilar?
9 – Jahon tarixi
http://eduportal.uz


130
3. Sipohiylar qo‘zg‘olonining sabablarini tushuntirib bering.
4. Buyuk Britaniya hukumati qo‘zg‘olonni bostirish uchun qanday choralar ko‘rdi
va qo‘zg‘olonning tarixiy ahamiyati nimalardan iborat edi?
Ijodiy ish topshirig‘i
Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanidan «Agra. Yulduzlar girdobi»
qismini o‘qing va «Boburiylarning Hindiston tarixida tutgan o‘rni» mavzusi bilan
bog‘lab, daftaringizga esse yozing.
27-mavzu: 1800–1870-YILLARDA XITOY
Chin (Sin) imperiyasining zaiflashuvi. XVIII asr oxirlariga kelib,
imperiyaning istilochilik qudrati zaiflashdi. Iqtisodiy turg‘unlik va
mamlakat aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi dehqonlarning
qashshoqlashuvi ularni qo‘zg‘olon ko‘tarishga majbur etdi.
O‘rta asrlarda Xitoyda qaysi sulolalar hukm surgan?
Shu tariqa Xitoy ichki ziddiyatlar iskanjasida qoldi. Hukmron su-
lola umri tugayotgan tuzumni butun choralar bilan saqlab qolishga
urindi. Ular barcha qarshiliklarni shafqatsizlik bilan bostirdilar. Bu
davrda Xitoyga Buyuk Britaniya va Fransiya savdogarlarining kirib
kelishi kuchaydi. Ularning faol harakatlari Xitoy hukumatini xavotir-
ga solib qo‘ydi. Chet elliklarning mamlakatga ko‘plab kirib kelishi-
ning oldini olish maqsadida imperator 1757-yili Xitoy bandargohla-
rini tashqi savdo uchun yopiq deb e’lon qildi. «Yopiq eshiklar» deb
nom olgan bu siyosat Xitoyni tashqi dunyodan ajratib qo‘yishga qa-
ratildi.
Òashqi savdo imperator amaldorlari nazorati ostida faqat
Guanchjou porti orqaligina olib boriladigan bo‘ldi. Xitoyning o‘zini
o‘zi yakkalab qo‘yish siyosati feodal tartiblarining saqlanishiga xiz-
mat qildi. Uning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga katta
zarar yetkazdi. Imperator ma’murlari fan va texnika sohasida boshqa
xalqlarning yutuqlarini rad etdilar. Mamlakat qoloqlik botqog‘iga
botib qoldi.
Shunday bir sharoitda Buyuk Britaniya hukumati Xitoyni o‘z sav-
dogarlari uchun ochishga bor imkoniyati bilan urindi. Chin impe-
ratorining qaysarligini sindirish uchun unga bir bahona kerak edi.
http://eduportal.uz


131

Download 7.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling