D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
Oliy pedagogik ta’lim muassasasida informatika kursi bo’yicha o’quv jarayonini rejalashtirish. Oliy ta’lim muassasasida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish shakli darsdir. Darsning xarakterli xususiyati – talabalar o’quv guruhining doimiy tarkibi, o’qitishning qat’iy mazmuni, o’quv mag’ulotlarining doimiy dars jadvali (bir semestrga alohida), talabalarni individual va jamoaviy ishlarini birga olib borish, o’qituvchining etakchi roli, joriy, oraliq va yakuniy nazorat olib borishdir. Oliy ta’lim informatika kursi faol rivojlanayotgan axborot - kommunikatsion texnologiyalar va informatikaga oid fan to’liq mohiyatini ochib beradigan barcha fundamental tushunchalar va ma’lumotlarni, talabalar boshqa kurslarni o’raganishi uchun zarur, shuningdek talabalarning bo’lg’usi faoliyatida va zamonaviy axborot jamiyatida yashashga tayyorlaydigan barcha bilim, ko’nikma va malaklarni o’ziga qamrab ololmaydi, albatta. Buning uchun boshqa qo’shni fanlar ham mavjud.
Informatika fani bo’yicha o’quv jarayonini rejalashtirish e’lon qilingan me’yoriy hujjatlarga asoslanadi. 1. Aniq fanlarni o’rganish uchun o’quv rejasi o’quv vaqtlarini taqsimotini, jumladan informatika fanining vaqtini belgilaydi. Bugungi kunda pedagogika universitetlarining «Informatika o’qitish metodikasi» mutaxassisligi bo’yicha 2015G’16 o’quv yillariga mo’ljalangan o’quv rejada «Informatika» fanini o’rganish uchun umumiy auditoriya mashg’ulotlari uchun 232 soat ajratilgan bo’lib, shundan 76 soati ma’ruzalar, 60 soat amaliy mashg’ulotlar, laboratoriya mashg’ulotlari uchun 96 soat va mustaqil ta’lim uchun 212 soat ajratilgan. Ushbu kurs 1 va 2 kurs (I-III – semestrlarda) haftasiga 4 soatdan o’tiladi. 2. Me’yoriy hujjatlar asosida tavsiya harakterdagi hujjatlar tayyorlanadi: - «Informatika» faninining ishchi dasturi. Bu hujjat o’qituvchi uchun namuna hisoblanadi. Ushbu hujjat asosida ishchi djasturlari ham tuzulishi mumkin. - imtihon va sinov materiallari, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun test savollari. - asosiy (oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati bilan chop etilgan) va qo’shimcha darslik hamda o’quv qo’llanmalar tavsiya etiladi. Mavzuni o’rganishning metodik xususiyatlari. O’quv jarayonini tashkil etishning muhim shartlaridan biri o’qituvchi tomonidan uslub va usullarni ratsional tizimini tanlash, uni maqbullashtirish, talabalar yoshi va tayyorgarlik darajasi, echilayotgan masalalarning xususiyatlari va boshqalarni hisobga olishdir. O’qituvchining foliyati o’qitishning asosiy maqsadiga: barcha talabalar tomonidan dastruiy materiallarni o’zlashtirishga erishishga yo’naltirilishi lozim. Shuning uchun, o’qituvchi uchun dastlab «Informatika» faniga qo’yilgan asosiy g’oyani bilishi, ishchi dasturning barcha bo’limlarini o’rganishi muhim hisoblanadi. Talabalarni informatikaga mustahkam qiziqish uyg’otish, uning yangi tushuncha va mazmunini shakllantirish, mustaqil ishlashga o’rgatish uchun o’qitishning amaliy yo’naltirilganligi, mashg’ulot va auditoriyadan tashqarida tashkil etiladigan mustaqil ta’lim mobaynida turli tuman informatikaga oid masala va misollarni echishda ularning mustaqil ishlarini aniq tashkil etish katta ahamiyat kasb etadi. O’qitish uslubiyotini takomillashtirmasdan, zamonaviy axborot vositalari majmualaridan va pedagogik texnologiyalardan foydalanmasdan informatikani o’rgatish mumkin emas. Ko’plab pedagogik tajribalar yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga kiritish talabalarning jamoaviy va individul o’quv faoliyatini samaradorligini oshirishini tasdiqlamoqda. Shuning uchun, o’qituvchi informatikaga oid mashg’ulotlar mobaynida yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo’llaridan, ularga qo’yiladigan talablardan, talabalarni o’qitishda texnik vositalarning rolidan, PDVlardan foydalanish va ishlab chiqishlardan voqif bo’lishlari lozim. O’qituvchini mavzu ustida ishlashga tayyorgarlik. Me’yoriy va o’quv-uslubiy materiallar bilan ishlashni shakllantirish; mavzuli rejalarni tuzishning turli yondashuvlari, yangi bilimlar kiritish va ularni talabalar tomonidan mustahkam o’zlashtirish uslub va usullari, informatikaning amaliy jihatlari fanlarni aloqadorligini amalga oshirish hamda talabalarni fanga qiziqtirish imkoniyatlari, talabalar o’zlarining bilimlarini chuqurlashtirish talablarini tarbiyalash bilan tanishish, mashg’ulot mobaynida talabalarning mustaqil ishlarining turli shakllarini ko’rib chiqishdan iborat. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling