D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet82/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Tekshirish uchun savollar:


1. Professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini rejalashtirish mazmuni bilan tanishing.
2. Professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini rejalashtirish bo’yicha xulosalar chiqaring.


5.2. Oliy o’quv yurtlarida o’quv jarayonini rejalashtirish tizimi

O’quv jarayoni - bu asosida o’qitish va o’rganishning organik birligi va o’zaro aloqasi bo’lgan o’quv-tarbiya faoliyatini tashkil etish tizimidir; o’qitish va tarbiyalash maqsadlariga erishishga qaratilgan. Mos o’quv muassasalarining o’quv rejalari, o’quv dasturlari, shuningdek tarbiyaviy ishlar rejasi bilan aniqlanadi, o’ziga o’quvchilarning majburiy o’quv mashg’ulotlari va sinfdan tashqari ishlarni oladi. Barcha predmetlar bo’yicha o’quv - tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy shakli darsdan iborat. Predmetlar umumta’limiy vazifalarni bajarish bilan bir qatorda o’zida fanning mohiyatini ochadigan eng umumahamiyatli, fundamental tushuncha va ma’lumotlarni akslantirishi, o’quvchilarni boshqa fan asoslarni o’rganish uchun zarur bo’lgan, shuningdek yoshlarni zamonaviy axborotlashgan jamiyatdagi bo’lg’usi amaliy faoliyatga va yashashga tayyorlaydigan bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishi lozim. Yangi axborot texnologiyalarini ta’limda foydalanish nafaqat o’qitishning uslub, vositalari va tashkiliy shakllarini, balki turli darajalarda o’quv jarayonini rejalashtirishning mavjud amaliyotining o’zgarishlarini ham ko’zda tutadi. Pedagogika bo’yicha ilmiy tadqiqotlarida yangi axborot texnologiyalarini foydalanish bilan aloqador bo’lgan muqobillashtirish masalalari katta qiziqish uyg’otadi. Bo’lajak o’qituvchining kasbiy ta’limida o’quv-tarbiya jarayonini rejalashtirishni takomillashtirish va pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish zaruriy zvenoga aylanmoqda va uni ilmiy – uslubiy ta’minotini talab etadi.


Ta’limning yangi axborot texnologiyalarini foydalanib, rejalashtirish jarayonini boshqarishni yangi darajaga ko’tarish mumkin.
Ta’lim tizimini tashkil etish jarayoni dastlab shakllangan o’quv faoliyatni rejalashtirish tizimini, uning barcha darajalarida takomillashtirishni, bu jarayonning tashkiliy, psixologik, didaktik va uslubiy jihadan qo’llab-quvvatlashni talab etadi.
Rejalashtirish me’yoriy hujjatlarga asoslangan bo’lib, har bir fanning ishchi dasturi kafedrada ishlab chiqiladi va OTM o’quv ishlari bo’yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi. Unda fanning maqsadi va vazifalari, fanni talabalar tomonidan o’zlashtirishiga qo’yiladigan talabalar, fanning boshqa fanlar bilan aloqasi va fanning hajmi beriladi. Uning asosiy qismida nazariy va amaliy mashg’ulot mavzulari, maqsadi va ularga ajratilgan soatlar miqdori, mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha tavsiyalar, fanni o’qish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar, mavzuli reja (har bir semestr uchun alohida mavzular, soati, mashg’ulot turi, mashg’ulot o’tkaziladigan hafta, fanlararo va fan ichidagi aloqadorlik, adabiyotlar, ta’lim uslublari, ta’lim vositalari, mustaqil ta’lim topshiriqlari, joriy nazorat ballari beriladi), didaktik vositalar, baholash mezonlari (nazorat turi, nazorat shakllari, har bir nazorat uchun belgilangan maksimal ball), shuningdek o’quv-uslubiy adabiyotlar va elektron ta’lim ashyolarining ro’yxati (asosiy darslik va o’quv qo’llanmalar, qo’shimcha adabiyotlar, elektron ta’lim ashyolari) ko’rsatiladi.
To’la kursni va alohida mashg’ulotlarni yaxshi o’ylab rejalashtirish o’quv ishini yuqori samaradaorligi va bir me’yordaligini ta’minlaydi. Zamonaviy tasavvurlarga muvofiq o’qitish uslublari – o’quv-tarbiyaviy vazifalarga erishishga yo’naltirilgan o’qituvchi va talabalarning o’zaro bog’langan faoliyatining tartiblangan usullaridir, metodik usuluslub qismi, o’quv jarayonida o’qituvchi va talabaning alohida harakatlarini ifodalaydigan elementidir. O’qitishning turli uslublarini maqbul qo’shib tanlash talaba tomonidan dasturiy materiallarni chuqur va mustahkam o’zlashtirishga, shuningdek olingan bilimlarni amaliy faoliyatda ijodiy foydalanishga zamin yaratadi.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling