D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet85/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Informatikaga o’qitishning ta’limiy maqsadlari.

  • Informatikaning asoslarini fan sifatida, uning asosiy tushunchalarini tanishtirish;

  • Talabalarning ongida o’rab turgan dunyo kartinasini shakllantirish;

  • Asosiy tabiiy-ilmiy tadqiqot uslublarni egallash.

Politexnik ta’lim.
OTM o’quv rejasidagi navbatdagi texnik va mahsus fanlarni o’rganish uchun nazariy baza yaratish;
Ishlab chiqarishning uzluksiz modernizatsiyasi sharoiti davrida yangi texnika va texnorlogiyalarni egallash uchun nazariy va psixologik baza yaratish;
Informatikaga o’qitishning tarbiyaviy maqsadlari.

  • dialektik-materialistik dunyoqarashni shakllantirish;

  • talabalarni bilish va amaliy faoliyatga tug’ri metodologik yondashuvlarga qo’rollantirish;

  • mehnatni sevish, tashabbuskorlik va qiyinchiliklarni engishda qat’iylikni tarbiyalash.

Tarbiyaviy maqsadlar maxsuslashtirlgan emas. U faqat o’ziga xos xususiyatlar bilan har bir fan materiallarida va uning uslublarida echiladi.
Informatikaga o’qitishning rivojlantiruvchi maqsadlari.

  • talabalarning mantiqiy, induktsiya, deduktsiya va anologiya bo’yicha fikrlashni bilishni rivojlantirish;

  • informatika tuzulishini fan sifatida tushunishni rivojlantirish;

  • modellar haqidagi bilimlarni rivojlantirish;

  • ma’lum nazariy materiallar, matematik apparat, grafik vositalar, ma’lumotnomalik adabiyotlar, axborot-kommunikatsiya vositalari asosida masalar echishni bilishini rivojlantirish;

  • kompyuterlardan foydalanilgan holda tajriba o’tkazish, natijalarni qayta ishlash va xatoldiklarni aniqlash, tajriba natijalari bo’yicha mustaqil xulosalar qilishni bilishni rivojlantirish;

  • turli texnik bilimlarni rivojlantirish;

  • internet va Veb texnologiyalarini qo’llashni rivojlantirish va h.k.

Rivojlantiruvchi maqsadlar o’ziga informatika kursining ham umumo’quv, ham maxsus bilim va ko’nikmalarni oladi. Yuqorida keltirilgan umumiy o’qitish maqsadlari asosida informatikaga o’qitishning barcha jarayonini quriladi. Bu maqsadlar qandaydir ma’noda u yoki bu o’quv materialini ahamiyatini baholashga, talabalarning o’qitilganlik darajasini rejalashtirish (ya’ni, rivojlantiriladigan bilim va ko’nikmalar hajmini aniqlash), fikrlash stilini shakllantirish tabatini belgilash (emperik yoki tahliliy), informatikaga o’qitishning yakuniy maqsadlariga erishishni ta’minlaydigan uslub, usullarni maqbul birlashmalarini tanlash imkoniyatini beradi.
Pedagogik rahbarlik fikrlash faoliyatini aniqlashdan, muammoli vazifalar yoki evrestik vazifalar qo’yishdan, muammoli vaziyat yaratishdan, talabalarni fikrlash amallari mos usullarini qurollantirishdan iborat bo’lishi lozim. Bunday yondashuvda avvaldan rejalashtirilgan o’qitishning rivojlantiruvchi vazifalari amalga oshiriladi.
Kompyuter xonasining dasturiy ta’minoti: Microsoft Office 2010, Microsoft Excel, Visual Basic 5.0, Photo Impression 4, Win RAR, Win Zip, HTML Compiler Pro and Pro Q 2.12, Turbo Pascal dasturlar to’plamidan iboart bo’lishi mumkin.
Informatika bo’yicha o’quv jarayonini rejalashtirish quyidagi uslubiy talabalarga bo’ysinishi kerak:
1. Rejalashtirilayotgan o’quv material informatika bo’yicha harakatdagi o’quv dasturiga to’la mos kelishi;
2. O’quv materialini rejalashtirish umuman informatikaning alohida mashg’ulot, mavzu, bo’lim va kurs orqali amalga oshirilayotgan o’quv-tarbiyaviy vazifalaridan kelib chiqadigan ta’lim, tarbiyaning umumiy maqsadalaridan kelib chiqishi;
3. Informatikaga o’qitish talabalarni bo’lg’usi mutaxassisligi uchun zarur bilimlar bilan qurollantirish va dialektik-materialistik dunyoqarashni shakllantirishi;
4. Tarbiyaviy maqsadlarni aniqlashda:
a) informatika va texnikani rivojlantirishda respublika va xorijiy olimlarning o’rnini ko’rsatish;
b) xalq hujaligining texnik bazasini yaratishda informatikaning o’rni bilan tanishtirish;
v) fan va texnikaning asosiy erishgan yutuqlari va istiqbollarini ochib berish;
g) mehnat ko’nikmalarini rivojlantirish va mehnatga muhabbat va odamlarga xurmatni tarbiyalash.
Talabalar ushbu mashg’ulotda qanday asosiy bilim, ko’nikma va malakalarni olishlari kerakligini belgilash va rejalashtirish lozim.
5. O’quv-tarbiya jarayonini maqbullashtirish g’oyasiga mos ravishda har bir o’quv guruhda ularning o’qitilganlik darajasidan, bilish imkoniyatlaridan va boshqa omillardan kelib chiqqan holda taqdim etiladigan o’quv axborotning hajmini aniqlash. Boshqacha aytganda, yangi materialni bayon qilish darajasi, uning hajmi va mumkinligi talabalarning yosh xususiyatlariga, ularning aqliy rivojlanganligiga mos kelishi lozim.
6. Predmetlararo aloqalarni hisobga olish. Bu talabni bajarilishi talabalarning bilish faoliyatini motivatsiyasini etarlicha ishonchli o’tkazish va informatika kursi bo’yicha bilimlarning tizimli tamoyilini amalga oshirishga imkoniyat beradi.
7. O’quv materialini amaliy yo’nalganligini hisobga olish. Informatika kursining amaliy yo’nalganlik talabini amalga oshirish umumtexnik va maxsus fanlarni o’rganishda o’z aksini topadigan politexnizm tamoyilini amalga oshirish bilan yaqindan aloqador.
8. Navbatdagi mashg’ulotni qurishda talabalarning bilish faoliyatlarini turli-tuman qilish, ularda informatikaga qiziqish va tanlangan o’kituvchilik kasbiga muhabbat ug’otishga yordam beradigan o’qitishning turli uslub va usullarini belgilash, mashg’ulotlarni o’tkazishda esa, qo’llashni ko’zda tutish maqsadga muvofiq.
9. Informatikaning har bir mashg’uloti bajarilishi ko’pgina omillar: o’kuv materialining qiyinlik darajasi, talabalarni tayyorgarlik darajasi, ularning informatikaga bo’lgan qiziqishiga bog’liq bo’lgan uyga vazifa berish bilan tugashi lozim. Lekin, har qanday holda ham uni rejalashtirayotganda o’qituvchi talabalarning ushbu mutaxassislikda o’qishi mobaynida qanchalik umumiy yuklanganligidan kelib chiqishi kerak.
Ilmiy jihatdan asoslangan o’quv jarayonini rejalashtirish muvaffaqiyatli o’qitishning zaruriy shartlaridan hisoblanadi.
Xulosa. O’qituvchining faoliyati o’kitishning asosiy maqsadiga: barcha talabalar tomonidan dasturiy materiallarini egallashga qaratilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun o’qituvchisi dastavval informatikaga qo’yilgan asosiy g’oya bilan tanishgan bo’lishi, dasturning barcha bo’limlarni xijjalab o’rganishi lozim. Talabalarni informatikaga mustahkam qiziqishni shaklantirish o’qitishning amaliy yo’naltirilganligi, turli-tuman masalalarni hal etish mobaynida talabalarning mustaqil faoliyatlarini aniq tashkil etish imkoniyat beradi. Oliy ta’lim muassasalarida nnformatika ta’limini o’qitishning uslubiyotini takomillashtirmasdan, o’quv jaihozlarni majmuaviy holda foydalanmasdan tashkil etish mumkin emas. Tajribalar, turli-tuman o’kitish vositalarini foydalanish talabalarning jamoaviy va individual o’kuv faoliyatlarining samaradorligini oshirishini ko’rsatmoqda. Shuning uchun, o’quv-bilish faoliyatining har bir bosqichida zamonaviy kompyuter xonalariga qo’yiladigan asosiy talablar, AKT va O’TV ahamiyati bilan, DVP ni qo’llash va yaratish, ko’rgazmali qo’llanmalari va O’TVning ba’zi ko’rinishlari bilan tanishish juda muhim.
O’qituvchining faoliyatidagi tashkiliy onlari o’kuv jarayonini rejalashtirishdan iborat. Yaxshilab o’ylab mavzuli rejalashtirish talabalarning yuklamasini me’yorlashtiradi, o’qituvchiga istiqbol, yil davomida taqdim etiladigan materialni to’la tasavvur qilishga, materiallarni darslar bo’yicha taqsimlashga imkoniyat beradi, o’quv jarayonini bir me’yorda olib borishni ta’minlaydi, bir xil masalalarni o’rganishga oqlanmagan vaqt sarflarini ogoxlantirib turadi.
Mavzuli rejalashtirishning asosiy qismi butun kurs bo’yicha bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlashga vaqtni ajratish hisoblanadi. Har bir darsning mazmunini ishlab chiqishda o’kuv materialini o’rganish uslubiniva darsda talabalarning ishlarini tashkil etish shaklini xijjalab o’ylab qo’yish lozim. O’quv jarayonini tashkil etishda masalalar echish muhim ahamiyat kasb etadi. Masala va misollar echish informatikaga o’qitishda maqsad ham, o’qitish vositasidan ham iborat bo’ladi, chunki nazariy material asosan masalalar echishda ko’proq o’zlashtiriladi va mustahkamlanadi. Bunda talabalarga tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvdan foydalanish maqsadag muvofiq bo’ladi.
Talabalarga tabaqalashtirish talabi ularni kuchlanishlarini pasaytiradi, ularga o’z kuchlari bo’yicha ishlashni ta’minlaydi va ularda informatikani o’rganishga nisbatan ijobiy munosabat shakllantiradi. Dars rejasini shakllantirayotan vaqtda o’qituvchi qullanmalarni majmuaviy foydalanishni ko’zda tutishi kerak, ular orasida aloqani aniqlashi lozim, faqat vaqtni iqtisod qiladiganlari va pedagogik samara beradiganlari bilan ishlashlari lozim.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling