D lutfullayeva, R. Davlatova, M. Saparniyazova


Download 6.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/194
Sana14.11.2023
Hajmi6.47 Mb.
#1771880
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   194
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili 2 qism Lutfullayeva D Davlatova R

Undalma
1- 
amaliy ish. “Tushunchalar tahlili” metodi orqali 
mavzuga oid tayanch tushunchalarga izoh bering. 0 ‘qituvchingiz bergan 
qo‘shimeha ma’lumotlami 3-ustunga qayd eting.
1
1
3
Tushunchalar
Izohi
Qo‘shimcha
ma’lumotlar
Undalma
Murojaat birliktari
Vokativ gap
Yig'iq undalma
Yoyiq undalma
2-amaliy ish.
1. 0 ‘.Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asaridan olingan 
ushbu matn tarkibidagi undalmalami aniqlang.
2. Matnda qo‘llangan undalmalaming joylashuv o‘mini o‘zgartirib 
ko‘ring. Ulaming erkin o‘rin almashinuvi sababiga aniqlik kiriting.
Bola mo jiza ко ‘rgandek taqqa to ‘xtab qoldi.
- Anavi nima, oyi? - dedi о ‘sha tomondan ко ‘z uzmay.
- Laylak, o'g'lim, laylaki - ona o 'g ‘lining boshini silab qo'ydi. -  
Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko'rmagan edi. Qush negadir bir 
oyoqlab turardi. Uyana to ‘xtab qoldi.
- Nima u, oyi? - dedi tag'in chinor uchiga ко ‘z tikib.
-Laylak, o'g'lim, laylak.
- Nimaga bir oyoqda turibdi?
Ona kuldi:
208


- Bir oyog ‘i charchagandir-da. Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ко 'rmagan edi. Qush negadir 
bo'ynini cho‘zib tumshug'ini osmonga qaratib silkitar, shunda “tarak- 
tarak” degan ovoz eshitilardi. Bola tag‘in to ‘xtab qoldi.
- Nima о ‘zi u, oyi?
Uning ko'zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib 
turardi. Mingta yumushi bor edi. Hali shaharga qaytishi kerak.
- Laylak dedim-ku, jinnivoy, - deb ohista egilib, o'g'lining yuzidan 
о ‘pdi. - Senga salom beryapti-da.
Onayosh edi. Ona navjuvon edi.
3-amaliy ish. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalarini undalma vazifasida 
qo‘llab gaplar tuzing. Tuzgan gaplaringiz asosida “Undalmalaming 
gapdagi vazifasi” masalasi bo'yicha ilmiy xulosa yozing.
1-variant. Sirdoshim, mehribon otam, go ‘zal qiz, og ‘ayni, azizim.
2-variant. Inson bolasi, xalqim, ey ko'ngil, bag ‘ri keng dunyo, 
hamshahrim.
3-variant. Hissiz odam, elim, hasharchi do ‘stlar, ey qalbi pok go ‘dak, 
zolim dunyo.
4-amaliy ish. 
She’riy parchalarda 
qo'llangan undalmalarga 
namunadagi kabi izoh bering.
NAMUNA:
Jilg ‘alar bo ‘yiga cho ‘kkan guloyim,
Bulbulning patidan barging muloyim.
Jilg'alar bo ‘yiga cho‘kkan guloyim -  yoyiq undalma, murakkab so‘z 
birikmasi bilan ifodalangan.
Burchga sadoqatli ey fidoyilar,
Pokligingiz Sizga ко ‘zmunchoq bo ‘Isin!
(M.Yusuf)
209


Yolg'onchi yor, yolg'onlaring tugar qachon,
Yolg ‘on yig ‘lab, kuyganlaring tugar qachon.
(M.Yusuf)
Uch, mening yuragim, jismim olib uch,
Pillapoyalarga bosmayin qadam.
(Zulfiya)
Gullar sochding men ilk bosgan qadamga
Bag ‘ring menga nurli koshona bo ‘lib.
Jahon ichra mening tengsiz jahonim -
О ‘zbekistonim.
(E.Vohidov)
5-amaliy ish. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan 
darslikda (A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Sobirov, Sh.Yusupova. Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili. -Toshkent, 2010. 3-k.) berilgan quyidagi mashqni 
bajaring.
145-mashq. 0 ‘qing. Undalmali gaplami ajratib ko‘rsating. Undalma 
bilan boshqa bo‘laklar o‘rtasida qanday tinish belgisi qo‘yganingizni va 
buning sababini tushimtiring.
Ey, mening buyuk va ozurda yurtim, qudratli va jafokash Vatanim.
Sen o ‘z zanjirlaring ichida eng uqubatlisi, eng og'riqlisi bo'lgan 
tobelik va mutelik zanjiridan xalos bo ‘Iding. Ozodlik kuning asr desa asr, 
ming yillik desa ming yillik ichida eng buyuk kundir. U sening yangi 
tarixing, mening yangi umrim boshlangan кип. Milodiy va hijriyyil hisobi 
yonida qalbimning о ‘z yil hisobi bor. Yangi yilning - milodiy ikki ming 
birinchi, hijriy bir ming to ‘rt yuz-u yigirma birinchi, ozodiy - о ‘ninchi yil 
bo ‘ladi.
Ey, mening suyukli О ‘zbekistonim. Zamonlar kelarki, botiniy 
zanjirlaring ham yechilar. Kelajak haqiqiy hur dunyo ichida, sen ham 
chinakam ozod mamlakat bo ‘larsan. Zamonlar kelarki, insoniyat 
mojarolarini, qon to ‘kishlami unutar, olamda mehr-u saxovat, poklik va 
ezgulikg'olib bo ‘lar.
210


Bizning bu g'urbat to ‘la asrda matonat bilan yashagan avlodning 
uyg'oq ruhi ul zamon aytar: « 0 ‘lmagan qul shunday kunga ham yetib 
keldi-ya!»
Shu umidbaxsh tuyg'u bilan bugun: ‘‘Assalom, kelajak”, deya 
hayqirgim keldi.

Download 6.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling