D lutfullayeva, R. Davlatova, M. Saparniyazova


Download 6.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/194
Sana14.11.2023
Hajmi6.47 Mb.
#1771880
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   194
Bog'liq
Hozirgi o\'zbek adabiy tili 2 qism Lutfullayeva D Davlatova R

146-mashq. 0 ‘qing. Kirish so‘zlarni ajrating. Kerakli o‘ringa vergul 
qo‘yib ko‘chiring.
1. 
To‘g ‘ri-da, hama ko'ngli yozilgani! Qolaversa kasal onasiga 
madad bo ‘ladi. 2. Rais ham Ra ’noxonning ahvolini sezdi shekilli haytovur 
yo'q demadi. 3. To'g'ri qora kunga asrab qo'ygan bug'doyimiz ham, 
jo 'xori ham ко ‘p edi. 4. Кип botmasidan oxirgi egatdagi kartoshkani ham 
terib oldik xayriyat. 5. Oyim chamamda bu gapni dadamga aytmadi.
6. Qiziq zakunchi kelib ketishi bilan oraga g'ashlik tushdi (O'.Hoshimov).
7. Binobarin yoshlarimizni hayot so ‘qmoqlaridan eson-omon olib о ‘tish 
har bir insonning muqaddas burchidir. 8. Afsuski bugungi kunda mafkura, 
targ'ibot va tashviqot kerak emas, degan noto'g'ri xulosa bilan 
yashayotgan odamlar ham uchrab turibdi. 9. M a’lumki oqko'ngil odam 
har qachon boshqalar baxtiga, ulaming xizmatdagi yo shaxsiy hayotdagi 
yutuqlariga xuddi o'z baxti, o'zyutug'i kabi qarab quvonadi. 10. Albatta, 
baxillikqonyo jon bilan o'tadigan jiziologikhodisa emas. 11. Darhaqiqat, 
mundog' o'ylab qaralganda, bola hadeb o'ksinaversa kuygunchakka, 
kuygunchaklik hasadga, hasad esa baxillikka, nihoyat baxillik ziqnalikka 
aylanganini ко 'rish mumkin (M. Ismoiliy).
9-amaliy ish. Egallagan bilimlaringizni savollarga javob 
berish orqali mustahkamlang.
1. Kirish so‘zlaming qanday semantik turlari farqlanadi?
2. Qanday so‘zlar fikming kimga qarashliligini anglatib, gapda kirish 
so‘zlar vazifasida keladi?
3. Kirish gaplar qanday vazifa bajaradi?
4. Qaysi tilshunos olimlaming kirish qurilmalar tadqiqiga oid ilmiy 
izlanishlari mavjud?
215


5. Fikming taxminiyligini anglatuvchi kirish so‘zlar vazifasida 
qanday so‘zlar keladi?
6. Kirish qurilmalar tuzilishiga ko‘ra qanday turlarga ajratiladi?
7. Fikming tartibi va xulosasini bildiruvchi kirish so‘zlar qanday 
so‘zlar bilan ifodalanadi?
8. Kirish gaplarda qanday tinish belgilari qo‘llanadi?
UYGA VAZIFA
S
0 ‘zingiz o'qigan badiiy yoki ilmiy asarga taqriz yozing. 
Taqrizda kirish va kiritma qurilmalardan keng foydalaning.
 
Qayd etilgan ilmiy manbalar bilan tanishib, quyidagi savolga 
javob yozing:
Kirish kengaytiruvchilar (R.Sayfullayeva va b. Hozirgi o‘zbek tili.
- Toshkent, 2007), kiritm alar va kirish gaplar ( 0 ‘zbek tili grammatikasi. 
T. 2. -Toshkent: Fan, 1976), kirish konstruksiyalar (A.G‘ulomov, 
M.Asqarova. Hozirgi o ‘zbek adabiy tili. - Toshkent: 0 ‘qituvchi, 1987), 
kirish tizimlar (A. Nurmonov va b. O'zbek tilining mazmuniy sintaksisi. 
~ Toshkent: Fan, 1992), izoh gap va izoh so‘z birikmalari ( 0 ‘zbek tili 
grammatikasi. T. 2. - Toshkent: Fan, 1976). Bu terminlar qanday 
birliklami nomlaydi? Terminlardagi har xillikka sabab nimada deb 
o‘ylaysiz?



Download 6.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling