D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov
‘zbekiston Respublikasi konlari, foydali qazilmalari riisho- nalari va texnogen hosilalarining davlat kadastridagi asosiy ma’lu- motlar tarkibi
Download 0.9 Mb.
|
Davlat kadastri asoslari
0‘zbekiston Respublikasi konlari, foydali qazilmalari riisho- nalari va texnogen hosilalarining davlat kadastridagi asosiy ma’lu- motlar tarkibi. 0‘zbekiston Respublikasining konlari, foydali qazilmalari nishonalari va texnogen hosilalari davlat kadastrida har qaysi kon, foydali qazilmalar, shuningdek, yerosti qazilmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘ladi. Davlat kadastrida foydali qazilmalar bo'yicha: obyektning geografik va ma’muriy holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, asosiy va ular biian birgalikda joylasligan foydali qazilmalaming miqdoriy, sifat tarkibi hamda ularda mavjud bo‘lgan foydali va zararli komponentlar, konlarni qazishning geologik-iqtisodiy, kon-texnik, texnologik, gidrogeologik, ekologik va boshqa sharoitlari haqidagi ma’lumotlar bo‘ladi.
Davlat kadastrida foydali qazilmalar nishonalari bo‘yicha: nishonaning geografik va ma’muriy holati, uning geologik jihatdan o‘rganilganlik darajasi, aniqlangan zaxiralar miqdori va baholangan, prognoz qilingan resurslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, mineral xomashyoning mumkin bo'lganxossalari, shuningdek, obyektning kelgusida o'rganish bo'yicha tavsiyanomalar bo‘ladi. Davlat kadastrida texnogen hosilalar obyektlari bo'yicha: texnogen hosilalar manbalari, ularning shakllanish davri, texnogen hosilalarining ulaming miqdoriy-sifat ko'rsaikichlari hamda ulami saqlash kon-texnik sharoitlari ko'rsatilgan holdagi turi yoki xili to‘g*risidagi ma’lumotlar bo’ladi. Davlat kadastrida, shuningdek, geologik-qidiruv va foydalanish ishlari. foydali qazilmaning texno- logik sinovlari natijalariga doir aniq hisobotlarda, texnik-iqtisodiy tushunchalarda, dokladlarva texnik-iqtisoiy asoslashlarda, mineral xomashyo konditsiyalarini va foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash bo*yicha protokollarda mufassalroq axborotning, shuningdek. yerosti boyliklariga oid boshqa dastlabki axborotning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bo‘ladi. Konlar, foydali qazilmalar nishonalari va texnogen hosilalar pasportlarini tuzish uchun quyidagilar dastlabki axborot manbalari hisoblanadi: geologik suratga olish. qidirish, muhandislik-geologik, gidrogeologik, gioekologik. tematik, tajriba-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari va yerosti boyliklarini o'rganish bo'yicha boshqa ishlar natijalari to‘g‘risidagi tasdiqlangan hisobotlar; mineral xomashyo- ning texnologik sinovlari natijalari to‘g‘risidagi hisobotlar; qazib oluvchi korxonalaming texnogen hosilalarning yuqori daraja xavfli obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo“lgan yillik hisobotlari; foydali qazilmalar zaxiralari balanslari; mineral xomashyoning konditsiyalari va foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash bo’yicha protokollar, shuningdek, zaxiralami hisobdan chiqarishga doir materiallar. Geologik materiallar seysmoaktivlik, scl xavfi, xavfli geologik jarayonlar (o'pirilish. ko‘chish, cho'kish, suflbziyalar, karetlar) alomatlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan to'ldiriladi. Konlar, foydali qazilmalar nishonalari va texnogen hosilalar pasportlari maxsus shakl (blanka)larda quyidagilar bo'yicha tuziladi: rudali foydali qazilmalar konlari; rudasiz foydali qazilmalar konlari; sochma konlar; radioaktiv xomashyo konlari; ko'mir va yonuvchi slanes konlari; neft va gaz konlari; rudali foydali qazilmalar nishonalari; rudasiz foydali qazilmalar nishonalari; radioaktiv xomashyo nishonalari; texnogen hosilalar obyektlari. Pasportlami tuzish uslublari. maxsus shakl (blanka)lar O‘zbe- kiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling