D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov
Kadastr tuzishda yer maydonini o‘lchash turlari (Xorijiy va O‘zbekiston metodlari asosida)
Download 0.9 Mb.
|
Davlat kadastri asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonda hajarilgan ishlar tajribasi
Kadastr tuzishda yer maydonini o‘lchash turlari
(Xorijiy va O‘zbekiston metodlari asosida) Tayanch iboralar. kadastr, geodezik tarmoqlar, Sun’iy Yo‘ldoshlar, orbita. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda kadastr tuzish uchun qo‘llanilayotgan geodezik tarmoqni barpo etish tajribalarini o'rganish va tahlil qilish natijasi shuni ko‘rsatdiki, shahar geodezik tarmoqni yaratishga o‘ta katta ahamiyat berish kerak ekan. Shahar geodezik tarmog'i o‘z navbatida asosiy va to'ldiruvchi tarmoqdan iboratdir. Tarmoqni barpo etishda, quyidagi taiablar qo‘yiladi: geodezik punktlaming o‘zaro joylanishi holatining aniqligi; Davlat geodezik tarmog‘i bilan, qolaversa uning boshlan- g‘ich punkti bilan bog'liqlik aniqligi; tarmoq punktlarining zichligi; o‘lchangan miqdorlarga doir tuzatmalami kamaytirish. Yevropa mamlakatlarida belgilangan mezonlar bo‘yicha shahar yer kadastrini tuzish uchun punktlaming zichligi; o'lchangan miqdorlarga doir tuzatmalami kamaytirish. Yevropa mamlakatlarida belgilangan mezonlar bo‘yicha shahar yer kadastrini tuzish uchun punktlaming o‘zaro aniqlanish nuqsoni 1—2 sm bo'lishi kerak. Takidlash kerakki, bu me’yor tarmog‘ining asosiy va toMdiruvchi punktlari uchun ham taalluqlidir. Ko‘pgina mamlakatlarda geodezik tarmoq barpo etilayotganda undan nafaqat kadastr tuzish, balki yer qobig'ining hozirgi hara- katini ham o'rganish maqsadlarida foydalaniladi. Shu bois, punktlaming o'zaro joylanish holati 5 mm deb qabut qilingan. Hozirda barcha yirik shaharlarda mahalliy geodezik tarmoq barpo etilmoqda. Punktlaming koordinatalami aniqlash nuqsonini kamaytirish uchun o*q meridian shahar hududining o'rtasidan o'tadigan qilib olinmoqda. Shu bois, hatto Moskva kabi yirik shahar hududida ham punkt holati Gauss-Kryuger proyeksiyasida 1:35000 nisbatni tashkil etmoqda. Uni esa hisobga olmasa ham bo‘ladi. Shunga qaramasdan shahar geodcziya tarmog* i davlat geo- dezik tarmog'iga bog'lanishi zarur. Moskva geodezik tarmog’i Rossiya geodcziya tarmog'ining bir qismi bo’lgani uchun davlat geodezik tarmog'i bilan bir necha marta qayta tenglashtirilgan. Lekin, shahar geodezik tarmog'i bilan davlat geodezik tarmog'i orasidagi bog'liqlik nuqsonini aniqlash muammo bo'lib qolmoqda. Shahar geodezik tarmoq punktlarining koordinatalari Davlat geodezik tarmoqlarining punktlari asosida aniqlaganda 30 sm gacha, tuzatmalar esa 20 sm gacha miqdorni tashkil etmoqda. Lekin shaharda «Metrogiprotrans» barpo etgan chiziqli-bur- chakli geodezik tarmoq, bir necha geodezik tashkilotlar, chunonchi, Moskva aerogeodezik korxonasi, Moskva geodeziya universiteti, Rossiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan barpo elilgan qamrovli mahalliy tizim asosida shahar geodezik tarmog'ini qayta tenglashtirish ishlari bajarilsa bo'lgani. Shahar geodezik tarmog'ini davlat geodezik tizimiga kiruchi viloyat geodezik tarmog'iga amaliy bog'lash kerak. Punktlarning o'zaro bog'lanish nuqsoni 2 sm yoki o’rtacha 5-6 km masofaga 1:250000-1:300000 nisbatda bo’lishini ta’minlash zarur. Bu ishni bajarish Moskva aerogeodezik korxonasi zimmasiga topshirilgan. 1997-yili «Rossiya davlat geodezik tarmog'ini barpo etish Nizomi* qabul qilindi. Unga binoan, geodezik koordinatalarning davlat tizimi (SK-95) tuzildi, Rossiya Fcderatsiyasining Davlat geodezik tarmog'ining tuzulmasi va uni rivojlantirishning asosiy tamoyillari ko‘rsatilgan. Nizomda Davlat geodezik tarmog’i Zamin aerogeodezik tarmog'dan (ZAT), o'ta aniq geodezik tarmoqdan, Yerning sun’iy Yo'ldoshi tizimidagi l-darajali tarmoqdan, Astronomik Geodezik tarmog'i (AGT)dan va Geodezik to'ldiruvchi tarmoq(GTT)dan iborat. Unda barpo etiladigan tarmoqning tavsifi, me’yoriy aniqliklar keltirilgan. Barcha ishlarni bajarishda Yerning sun’iy yo'ldoshi tizimidan foydalanish nazarda tutilgan. Ba’zi holatlar- dagina, an’anaviy geodezik usullar qo’llanishi mumkinligi la’kid- langan. Davlat geodezik tarmog’i punktlarining koordinatalari ikki tizimda, chunonchi, umumyer va referens tizimida aniqlanishi zarurligi ko’rsatilgan. O‘zbekistonda hajarilgan ishlar tajribasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasiga kiradi. Mazkur mintaqa — O‘zbekiston, Janubiy Qozog‘iston, Turkma- niston, Qirg‘iziston va Tojikistondan iborat. Ushbu mintaqaga doir astronomik-geodezik tarmoqni 1936—1985-yillar davomida sobiq O’rta Osiyo Aerogeodezik korxona xodimlari barpo etgan. Shu davr ichida korxona tomonidan 1375,6 kv.km maydonda astronomik-geodezik tarmoq yaratildi. Punktlar soni 3-jadvalida keltirilgan. 3-jadval
Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling