D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Tuproq struktura bo'lakchalari klassifikatsiyasi


Download 0.9 Mb.
bet18/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Tuproq struktura bo'lakchalari klassifikatsiyasi
Tuproq struktura bo'lakchalari klassifikatsiyasi, asosan, tashqi, ya’ni morfologik ko'rinishi, ularning shakli va katta-kichikligi bilan aniqlanadi.
Strukturali tuproqlar o'z shaklga qarab kubsimon, priz- masimon va plitasimon bir necha turi va xillarga bo'linadi.
Kubsimon tipdagi strukturasining har tomoni ko'pincha bir xil tuzilishda, ya’ni kub yoki sharsimon bo'ladi.
Prizmasimon tipdagi strukturasi, asosan, tik prizma holida bo'lib, uning katta-kichikligi va shakli ko'pincha bir xil, yirik holdagisi ayrim vaqtda kubsimon tipdagi strukturaga ham o'xshab ketadi.
Plitasimon tipdagi strukturasi esa yassi, taxminan plitka yoki plastinka shakliga o'xshash holda ko'p uchraydi.
Professor S.A. Zaharov struktura bo’lakchalarining shakli, geometrik xarakteri va kattaligiga qarab tip, lur va xillarga ajratib, ularning klassifikatsiyasini ishlab chiqdi.
Tuproq strukturasi tiplari va turlariga ko'ra bir xil bo'lmaydi.
Masalan, qora tupioqlaming ustki qatlami kubsimon tipdagi donador strukturali, sho'rtob tulroqlaming В qatlami prizma­simon, chimli-podzol tuproqlarning A2 qatlami dag'al tangasimon va bo‘z tuproqlarning ustki qatlami tangasimon yoki mayda kesakchil (uvoqli) sirukturaiar bo‘ladi.
Ko‘p yillardan beri sug'orilib, dchqonchilik qilib kelinayotgan yerlarda tuprolarning strukturasi har xil bo‘lib, u tuproqning mexanikaviy tarkibiga ko‘ra soz va qumoqli tuproqlarda strukturasi ko'pincha yaxshi, qumloqli va qumli tuproqlarda agregatlar bo’Imaydi.
Tuproq strukturasining buzilish sabablari va uni tikiash usullari.
Fermer xo'jaliklari yer maydonlarining unumdorligini belgilashda tuproq strukturasining o‘mi katta hisoblandi. Shuning uchun tuproq strukturasining buzilish holati va uni tikiash bo‘yicha olib boriladigan tadbirlarni bilish lozim. Fermer xo'jaliklari maydonlarida stukturaning turli yo‘llar bilan buzilish holatlari ko'plab uchraydi. Tuproq strukturasi o'zgaruvchan bo'lib, turli omillar ta’sirida buziladi. Shuning uchun ushbu omillarni o'rganish muhim ahamiyatga ega.
Bu omillarni boshqarib turish tuproqlarning zarur struktura holatini saqlab, uni yaxshilab borish imkonini beradi.
Tuproqdagi agronomik jihatdan qimmatli strukturalarning buzilish sabablari xilma-xil bo‘lib, ularni quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin: I) strukturaning mexanik ravishda buzili- shi. Tuproqning yuza qismlariga tushadigan atmosfera yog‘inlari ta’sirida va shuningdek yetilmagan nam tuproq yoki juda quruq holatdagi tuproqlarni ko‘plab marotaba haydash hamda bunda og‘ir mashinalar, ish qurollaridan foydalanish natijasida struktura buziladi. Bundan tashqari odamlar va mollarning dalada yurishi strukturani ezg’ilaydi (7-jadval).
Struktura buzilishining oldini olishda yemi obi-tobida haydash, tuproqqa minimal ishlov berish va qishloq xo'jalik mashinalarining yengil, maqbul konstruksiyalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega; 2) strukturaning fizik-kimyoviy buzilishiga, singdirilgan kationlar ko‘proq ta’sir ko’rsatadi. Asosan, singdirish komp- leksidagi ikki, uch valentli (Ca2* va Mg2+) kationlaming birvalentli (Na*, H*, NH'J kationlar bilan almashinuvi bunga sabab bo'ladi. Bir valentli natriy, ammoniy va vodorod struktura hosil qiluvchi kolloidlar (shuningdek gumusli moddalar) ni nam sharoitda
Struktura bo'lakchalari klassifikatsiyasi



Turiari

Xillari

Kattaligi (sm va mm hisoblanadi)

1

Palaxsa

1.,^ Kubsimon yirik palaxsa

10 sm dan katta

Mayda palaxsa

10-5 sm

2

Uvoqli

Yirik uvoqli

5—3 sm

Mayda uvoqli

3—1 sm




1 —0,05 sm

3

Kub yong'oqsimon

Kubsimon

20 mm dan katta

Yirikyong'oq

20—15 mm

Yong'oqsimon

15—10 mm

Mayda yong'oqsimon

10—7 mm

Yirik donador (no'xatsimon)

7—5 mm

4

Donador

Donador

5 — 3 mm

Mayda donador

3—0,5 mm

5

To'zon-chang

Changsimon

0,5 mm dan kichik

6

Ustunsimon

II tip.Prizmasimon yirik ustunsimon

5 sm dan katta

Ustunsimon

5—3 sm

Mayda ustunsimon

3sm dan katta

7

Ustunli

Yirik ustunli

5 sm dan katta

Ustunli

5—3 sm

Mayda ustunli

3 sm dan kichik

Yirik prizmali

5—3sm

Prizmasimon

3—1 sm

8

Prizmasimon

Mayda prizmasimon

1 —0,5 sm

Yupqa prizmasimon

0.5 sm dan kichik

Yassi prizmasimon

I sm dan kichik



9

Yassi

III tip.Plitasimon Sho'rtob

5 mm dan

Yassi

3—1 mm

Qailam

1 mmdankichik

Yaproqsimon

1 mm dan katta

10

Tangasimon

Yirik tangasimon

3—1 mm
1 mm dan kichik

Dag'al tangasimon Mayda tangasimon

peptizatsiyalab, struktura agregatlarini buzadi. Shuning uchun ham kimyoviy melioratsiyalash (kislotali yerlami ohaklash, sho‘r- toblarni gipslash) strukturaning saqlanib qolinishida muhim rol o‘ynaydi;


3) strukturaning biologik yo‘l bilan buzilish sababi, asosan, acrob sharoitdagi mikroorganizmiarning hayot faoliyati bilan bog'Iiq. Mikroorganizmiar struktura hosil qilishda muhim rol o‘y- novchi organik moddalar, jumladan, gumusning aerob sharoitda tez minerallashib, parchalanib ketishiga olib keladi. Natijada tuproqdagi chirindi kamayib, strukturaning asta-sekin buzitib borishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham tuproqda mo'tadil mikrobiologik jarayonlarning bo'lishi muhim ahamiyatga ega.
Tuproq strukturasining buzilish sabablarini e’tiborga olgan holda strukturani saqlab qolishga qaratilgan quyidagi muhim tadbirlardan samarali foydalanish zarur: I) tuproqlaming xossalari va uziga xos xususiyatlariga qarab yerga ishlov berishning samarali sistemalaridan foydalanish; 2) yer o‘z vaqtida, yctilgan holatda, ya’ni agregatlari bir-biriga yopishib, kesaklar hosil qilmaydigan paytda haydalishi; 3) ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlashda organik, mineral o‘g‘itlardan muntazam va samarali foydalanish hamda shu bilan bir qatorda strukturani yaxshilab borish chora- tadbirlarini olib borish agronomiyadagi zarur tadbirlardandir. Tuproq strukturasini saqlab qolish va tiklanishi hamda mustahkam donador strukturaning yaratilishida ko‘p yillik va bir yillik o‘!lar- ning ahamiyati katta. Shuning uchun ham har bir tabiiy iqlim va tuproq zonalari uchun maqbul o't dalali almashlab ckishni amalga oshirish agrotcxnik tadbirlardan hisoblanadi. Ana shu maqsadda, ayniqsa ko'p yillik dukkakli o'tlar (beda, yungichka), jumladan, O'rta Osiyo sharoitida go'za-beda almashlab ekish sistemasidan foydalanish yuqori samara bcradi. Ko'p yillik o'tlar serildiz bo'l- ganidan, yerda ko'p miqdorda chirindi lo'playdi va tuproqning ustki qismida suvga chidamli struktura hosil bo'lishida muhim ro'l o'ynaydi. Struktura eskidan foydalanib kclinadigan yerlarda, qo'riq yerlarga nisbatan keskin kamayadi. Turli o'tlarning tuproq strukturasiga ta’siri jadvalda bcrilgan.
Agrotexnika tadbirlari bilan bir qatorda, keyingi yillarda strukturani sun’iy yo'llar bilan liklash usullariga katta e’tibor berilmoqda. Akademik A.F. Ioffe dastiabki davrlarda struktura paydo qiladigan yelimlovchi moddalardan kolloid A (lignin-oqsil aralashmasi) va viskozadan, shuningdek, torf va smoladan olinadigan bir qator yelimlardan foydalanishni taklif etdi. Bunga o'xshash moddalar: ayniqsa gumat yeliinlari (ammoniy yoki kaliy gumatlari) tuproqqa solinganda, lining suvga chidamliligi oshib, strukturasi yaxshilanadi va croziyaga barqarorligi ko'tariladi. Ammo buning uchun juda ko'p yelim kerak bo'ladi. Shu sababli hozirgi vaqtda struktura hosil ctishda polimerlardan foydalanish yo'li ishlab chiqilgan: bular ancha samarali bo'lib, krilium («К») deb yuritiladi. Odatda, ular turli xildagi poliakril kislotalarining tuzlaridan iboratdir. Masalan, vinilatsetat qo'sh polimerlari va malein kislotasining kalsiy tuzi, poliakril kislotasining natriy tuzi hamda poliakril kislotasining qo'shaloq natriy-ammoniyli tuzli shular jumlasiga kiradi. Keyingi yillarda maxsus samarali polimer modda, qo'sh polimer VSh yaratildi va sinab ko'riidi. U metaakril kislota va metaakrilamidlardan lashkil topgan.
V.P. Vershinin ma’lumoticha, tarkibida 60 foiz metaakril kislotasi va 40 foiz metaakrilamid kislotasi bo'lgan sopolimerlardan bir gcktar maydonga 25—30 kg (tuproq og'irligiga nisbatan 0,001 foiz) solinganda tuproqdagi suvga chidamli agregatlar miqdori dastlabkisiga nisbatan uch barobar ko'paygan.
Qumoq va soz tuproqlarda kriliumlar («К» preparatlari) ta’sirida hosil bo'lgan suvga chidamli strukturalar 3-5 yilgacha, qumloq va qumli tuproqlarda esa bir yilgacha agrcgat holatini saklab turadi.
O'rta Osiyo respublikalarida ham sun’iy struktura yaratish va tuproqning eroziyaga chidamliligini oshirish, o‘simliklarning oziq rejimini yaxshilash maqsadida turli polimerlardan foydalanish borasida ko'plab tajribalar olib borildi (V.B. Gussak, K.P. Pa- ganyas). Ba’zi bir polimerlarning preparatlari sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar sharoitida 0,25 mm dan katta agregatlar miqdorini 70— 80 % gacha ko‘paytirishi aniqlangan. Ana shunday yo‘l bilan hosil qilingan suvga chidamli strukturalar, tuproqning suv-fizik xossalarini, biologik jarayonlarni va umuman o'simliklarning oziq rejimlarini yaxshilaydi. Tuproqning suv va shamol eroziyasiga qarshi chidamliligini bir necha barobar oshiradi.
Л'azorat uchun sa vol I ar

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling