D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov
Download 0.9 Mb.
|
Davlat kadastri asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profyurial-alfyuvial
- Yerlarning strukturaviy holatini organish
_ВВ}^Р1в2 + Р3В^...РпВп
хк Р}+Р2+ру..ря ' ■ bunda: Bx Br.. ~ tuproq xillarining bonitet bali; , Р}Рг... ~ shu tuproq xillarining maydoni, ga. Sug'oriladigan tuproqlaming bonitirovka shkalasidagi sifat bahosi ularning genetik mansubligi, sug'orish davri va mada- niylashganlik darajalariga nisbatan bonitet ballarida aks ettirilgan. Shkalada bundan tashqari, tuproqning gumus zaxirasi va o'simlik ozuqa elementlari bilan ta’minlanganligi, singdirish sig'imi, fizik xususiyallari va biologik faolligi integral tarzda hisobga olingan. O‘zlashtirish davriga qarab sug'oriladigan tuproqlaming xu- susiyatlari ham tubdan o’zgaradi. Masalan, eng qadimdan sug'orilib kelinayotgan tuproqlar bazis tuproqlar bo'lib, barcha xususiyallari bo'yicha unumdor hisoblanadi. O'zbekistonda sug'oriladigan tuproqlaming bonitirovka shkalasi madaniylashish bo'yicha past, o'rtacha va yuqori turlarga bo’lingan. O'zbekistonda sug'oriladigan tuproqlaming bonitirovka shkalasi madaniylashish bo'yicha past, o'rtacha va yuqori turlarga bo'lin- gan. Chirindi zaxirasi va fosforning harakatlanuvchi birikma- larining ozligi, biologik jarayonning sustligi, tuproqning past darajada madaniylashganligidan dalolat beradi. Yuqori darajada madaniylashgan tuproqlar, asosan, yuqori agrotexnik, tizimli tarzda yuqori darajada mineral va oi^anik o'g'it- lardan foydalanish hamda shunga mos holda azot va fosforning harakatlanuvchi birikmalari bilan yuqori darajada ta’minlanganligi, shu tariqa chirindiga boyitilishi sharoitida shakllangan. 4-jadvalda sug'oriladigan maydonlarning bonitirovka shkalasi keltirilgan. Ushbu jadval qulay sharoitda yetilgan, ya’ni sho'rlanmagan va eroziyaga uchramagan, mexanik tarkibi va yerosti qatlamining sizot suvlarining o'tkazuvchanligi yaxshi bo'lgan tuproqlaming sifati to'g'risida tasawurga cga bo'lish imkonini beradi. Tuproq unumdorligini belgilaydigan majmuaning xususiyatlari orasida uning mexanik tarkibi ham muhim o'rin egallaydi. Yengil va o'rta qumoqli tuproqlar unumdor tuproqlar qatoriga kiradi. Ular ishlov berishga qulay, yaxshi suv-fizik xususiyatlarga ega. Mayda va yirik tosh aralashmalari sug'oriladigan tuproqlaming sifatini yomonlashtiradi. O'zbekistonning sug'oriladigan yertarini unumdorlik bo'yicha baholash shkalasi
Qadimdan sug'orilib kelinayotgan tuproqlar
Yangidan sug'orilayotgan yerlardagi tuproqlar
Yangi o‘zlashtirilgan yerlardagi tuproqlar
Shu bilan birga texnik mexanizmlar bilan ishlashni qiyin- lashtiradi va tuproqning suv singdirish xususiyatlarini yomon- lashtiradi. Shuning uchun ham tuproq boyishini aniqlash jarayo- nida xilma-xil tuproqlarning mexanik tarkibi bo'yicha pasaytirish kocfTitsiyentlari qo‘Ilaniladi (5-jadval). Tuproq unumdorligini pasaytiruvchi omillar qatoriga suv hamda shamol ta’siridan yemirilishi (eroziya) ham kiradi. U notekis relyefli, yangi sug‘orilayotgan maydonlarda, yuqori qiyaliklarda yorqin namoyon bo'ladi. Bu mintaqalarda tuproq jinslari, asosan, lyoss prolyuval va allyuvial yotqiziqlardan iborat bo‘ladi. Yuviladigan tuproqlarning sifati nisbatan lyosslarda kamroq pasayadi, chunki maydonlaming tuproqni chuqur qatlamlarida ham potensial unumdorligi yuqori bo‘ladi. Yuviladigan tuproqlarning prolyuvial va alliyuvial-prolyuvial yotqiziqlarda maydonlaming sifatini ko'proq darajada pasayishi kuzatiladi (6-jadval). Tuproqning mexanik tarkibi va toshloqligi bo'yicha pasaytiruvchi koeflitsiycntlar
Izoh: 1 - toshsiz — 1,0; 2 - siyrak toshli - 0,95; 3 — o'rta toshloqliq — 0,90; 4 — yuqori ko'p toshloqlik — 0,85, Eroziyaga uchraganlik darajasiga nisbatan tuproq bonitetini taqqoslash
Yerlarning strukturaviy holatini o'rganish Tabiatda uchraydigan tuproq turlarining agregat holati ikki xil, ya’ni strukturali va strukturasiz holatda bo'ladi. Tuproqning mexanikaviy tarkibidagi mayda mineral zarralar turli omillar, xususan chirindi (gunius) moddasi va kalsiy karbonat ta’sirida bir-biri bilan yopishib, donador holatga o'tishiga tuproq strukturasi (agregat i) deyiladi. Tuproqning mexanikaviy tarkibidagi mayda mineral zarralar bir-biridan ajralgan holda, ya’ni donadorlik holatida bo'lmagan tuproqlar strukturasiz tuproq deyiladi. Har xil tuproq turlarida, shuningdek, ularning ayrim qavatlarida tuproqning struktura holati, shakli va kattaligi bir xilda bo'lmaydi. Shu sababli tuproq strukturasiga baho berishda faqat uning shakligagina emas, balki uning agronomiya tomonidan foydah Carafiga ham e’Ctbor berish kerak bo’ladi. Agronomiya tomonidan qaraganda strukturali tuproqlar strukturasiz tuproqlardan yaxshi bo'ladi. Chunki strukturali tuproqlarda suv, havo va issiqlik jimlari qulay bo'lsa, mikrobiologik jarayonlar ham yaxshilanadi va tuproqning unumdorligi ortadi. Tuproq strukturasi morfologik (tashqi) ko'rinishlariga ko'ra: I. Kubsimon, II. Prizmasimon. III. Plitasimon tipda bo'ladi. Tuproq agregat I a ri ni ng yirik va maydaligiga qarab makrost- rukturali va mikrostrukturali bo'ladi. Bu xil tip va turdagi strukturalar o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Masalan, qishloq xo'jaligida suvga chidamli bo'lgan ke- sakchil donador (agregat holati 0,25—10 mm) struktura eng yaxshi hisoblanadi. Chunki bu holdagi struktura elemcntlari yerni ishlagan, sug'organ va yomg'ir yoqqan vaqtida har xil mcxanikaviy va fizik- kimyoviy jarayonlarning salbiy ta’siriga chidaydi, tczda parcha- lanib, to‘zonlanib ketmaydi va uzoq muddat o'zining donadorlik hoiatini saqlab turadi. Tuproq strukturasini hamda unumdorligini saqlash uchun akademik V. R. Vilyams sistemasini, ya’ni ko'p yillik o'tlar bilan almashlab ckishni, o'g'itlash, sug'orish, chopish kabi o’ziga xos agrokompleks ishlami olib borish kerak bo'ladi. Tuproq struktura xossalarini puxta o'rganish va ularni aniqlash uchun biz tubanda struktura bo‘lakchalari klassifikatsiyasi, agre- gatligi, strukturaning mustahkamligi hamda tuproq strukturalari bilan tanishib 0‘tamiz. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling