Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad


Ammoniy tuzlariga so‘ndirilgan ohak ta’sir ettirib ammiak olish va uning xossalarini o‘rganish


Download 0.91 Mb.
bet32/34
Sana28.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1303695
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
8~sinf konspekt

11. Ammoniy tuzlariga so‘ndirilgan ohak ta’sir ettirib ammiak olish va uning xossalarini o‘rganish
1. Ammoniy xlorid va so‘ndirilgan ohakning 1,5:1 og‘irlik nisbatdagi aralashmasini tayyorlab probirkaga soling, probirka og‘zini gaz o‘tkazgich nay o‘rnatilgan tiqin bilan berkiting.

2. Aralashmani bir oz qizdiring. Ajralib chiqayotgan gazni probirkalarga yig‘ib oling.
3. Gaz bilan to‘lgan probirka (yoki silindr) ning og‘zini berkitgan holda kristallizatordan suvga tushiring. Nima kuzatiladi?
4. Gaz o‘tkazgich naydan chiqayotgan gazga fenolftalein shimdirilgan qog‘ozni tutib turing. Qanday hodisa sodir bo‘ladi?
5. Gaz o‘tkazgich naydan chiqayotgan gazga xlorid kislotaga botirib olingan shisha tayoqchani yaqinlashtiring. Qanday hodisa sodir bo‘ladi?
Yuqoridagi tajribalarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning sababini tushuntiring. Reaksiyalarning tenglamalarini yozing.


12. Mineral o‘g‘itlarning namunalari bilan tanishish
O‘qituvchi tomonidan berilgan mineral o‘g‘itlarning namunalarini diqqat bilan ko‘zdan kechiring.
Quyidagi jadvalni daftaringizga ko‘chirib oling va mineral o‘g‘itlarning xossalarini yozing.



Mineral o‘g‘it nomi

Formulasi

Nisbiy molekular massasi

Tashqi ko‘rinishdagi rangi

Suvda eruvchanligi

1
















2
















3
















4
















5

















1.amaliy ish. «Galogenlar» mavzusi bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish
1. Xlorid kislota tarkibida vodorod hamda xlor ionlari mavjudligini tajriba yo‘li bilan isbotlang. Zarur reaksiya tenglamalarini yozing.
2. Sizga berilgan quruq tuz natriy xlorid ekanligini tajribalar yordamida isbotlang.

3. Sizga berilgan probirkadagi eritmaning natriy yodid ekanligini isbotlang.

4. Tajriba yo‘li bilan to‘rt xil usulda rux xlorid tuzini oling.
5. Sizga berilgan quruq tuz namunasini bromid ekanligini isbotlang.

6. Sizga quruq tuz solingan ikkita probirka berilgan. Qaysi probirkada natriy xlorid, qaysi probirkada natriy karbonat borligini tajriba yo‘li bi­lan aniqlang



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling