Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi: Elektrlanish hodisasi haqida ma’lumot berish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda onglilikni tarbiyalash Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbga yo’naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad


Download 1.37 Mb.
bet30/75
Sana05.01.2022
Hajmi1.37 Mb.
#227959
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Bog'liq
8-sinf fizika 1-2-chorak 2019-2020

DTS talabi: Elektr to’ki haqida tushunchaga ega bo’lishi.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Dars usuli: “Blits” savollar, savol javob .

Dars jihozi: qahrabo tayoqcha; -ebonit ,mo’yna ,qog’oz parchalari.

Asosiy tushuncha va atamalar: -elektrlanish (zaryadlanish); -manfiy va musbat elektrlanish; qahrabo tayoqcha; -ebonit.
Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

20 daqiqa

4.

Mustahkamlash

8 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa
    1. Mashg`ulotning borishi


Asosiy tushuncha va atamalar: -elektr toki; -tok manbai; -o`zgarmas tok; -o`zgarmas tok manbai;

-galvanik element; -akkumullyator; -batareya; -elektr zanjir; -elektr sxema.



Dаrsning tаmоyili:

A`lo mamlakatning a`lo farzandi,bilib qo`yki seni vatan kutadi!

O`tilganlarni so`rash: “Aqliy hujum” dan foydalanamiz.

1.Tabiatda elektr zaryadlari cheksiz ko`p bo`lishi mumkinmi?

2.Zaryadlarning mavjudligini qanday aniqlash mumkin?

3.Kulon qonunining kashf etilishi haqida nimalarni bilasiz?

4.Elektr maydon kuch chiziqlari haqida nimalarni bilasiz?

5.O`tkazgichlarning dielektriklardan nima farqi bor?

6.Kondensatorlarning vazifasi nimadan iborat?

7.Tabiatda qanday elektr hodisalari yuz beradi?

8.Nima uchun avval chaqmoq chaqib,birozdan so`ng momaqaldiroq ovozi eshitiladi?

9.Nima uchun chaqmoq chaqqan paytlarda daraxtlarning ayrimlari yorilib ketadi?

Yangi mаvzu bаyoni:

(“Modifikatsiyalangan ma`ruza” interfaol metodi).

Dаrs rеjаsi:

1.O`tkazgichlarda elektr tokining vujudga kelishi.Elektr toki.

2.Tok manbalari haqida tushuncha.Tok manbalarining turlari haqida.

3.O`zgarmas tok manbai.

4.Eng sodda elektr zanjir va uning sxemasi.

Elektr toki-zaryadlangan zarralarning bir tomonga tartibli ko`chishi.Erkin harakatlana oladigan zaryadli zarralar metallarda,tuz,kislota va ishqorlarning eritmalarida hamda gazlarda bo`ladi.

Uzluksiz bir maromda elektr toki yetkazib beruvchi qurilmalarga –tok manbalari deyiladi.

Tok manbalari undagi tok hosil qilish uslubiga ko`ra: kimyoviy va mexanik tok manbalariga bo`linadi.

Tokning kimyoviy manbalarida-kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo`lga energiya, elektr energiyasiga aylanadi

Tokning mexanik manbalarida-mexanik energiyalar elektr energiyasiga aylanadi.

Tok manbalarini ixtiro qilish ham uzoq yillar mobaynida,ko`pgina olimlarning izlanishlari tufayli yuzaga kelgan.1786 yili italyan anatom va fiziologi Luidji Galvani (1737-1798)qurbaqa mushaklariga elektrning ta`sirini o`rganishni boshlaydi.4 yil davomida o`tkazilgan turli tajribalar natijasini “Mushaklar harakatida elektr kuchlari haqida traktat” nomli kitobida bayon qiladi.Kitobda qurbaqa mushaklarining bir uchini mis sigma ilib,ikkinchi uchini temirga tekkizilganda qisqarishi kuzatilgani keltiriladi.Bu hodisani Galvani yanglish hollatda qurbaqada o`ziga xos “Hayvoniy” elektr bor deb o`ylaydi.Uning bu kitobi ko`pchilik olimlarda qiziqish uyg`otadi.Qurbaqa oyog`I bilan fiziklar ,kimyogarlar,vrachlar xatto faylasuflar ham tajribalar o`tkaza boshlashadi.”Hayvoniy” elektr sirini faqat Galvanining vatandoshi Alessandro Volta (1745-1827) ochishga muvaffaq bo`ladi.Mushaklar qisqarishiga sabab,turli metallarni bir biriga tekizilganda hosil bo`ladigan tok ekan.Bunda tok hosil bo`lishi ular orasida boradigan kimyoviy jarayonga bog`liq.

A.Volta buni isbotlash uchun o`zida tajriba o`tkazib ko`radi.Kumush va qalaydan yasalgan sim bo`laklarini olib,ularning bir uchini ulab,ikkinchi uchini esa tiliga tekkizadi.Shunda hosil bo`lgan achimtir ta`m,til orqali tok o`tganligini bildiradi.Agar simlarni bir xil metaldan tayyorlansa, bunday hodisa kuzatilmaydi.Agar tok manbai til bo`lganda edi,sim birxil bo`lganda ham achimtir ta`m sezilishi kerak edi.

1800 yilda Volta kumush va ruxdan yasalgan dorasi shaklidagi o`nlab plastinalar orasida tuzli suv shimdirilgan karton qog`ozlarni qo`yib,ustuncha shaklida taxlaydi.Ustuncha orasidagi va eng ustidagi plastinalarga o`tkazgichlar ulab,birinchi kimyoviy tok manbaini yaratishga muvaffaq bo`ladi.Uni “Volta ustuni” deb atashgan.Shundan so`ng tokning I-kimyoviy manbalari sifatida turli metallar kombinatsiyasi va orasiga qo`yiladigan suyuqliklar olina boshlaydi.

Kimyoviy tok manbalari ikki turga bo`linadi: bir marta ishlatiladigan va ko`p marta ishlatiladigan K.T.M.dir.



Mustаhkаmlаsh

Bunda o`quvchilarga 7-8 minut vaqt davomida “Elektr toki.Tok manbalari” mavzusida qisqacha Blits savollar tayyorlanadi,so`ngra muhokama qilinadi.“Mustaqil ish” jarayonida o`quvchilarning shaxsiy fikrlari,ularning qanchalik fizika va texnikaga oid bilimlari mavjudligi tekshirib olinadi.

Dаrs so’ngidа o’quvchilаrning bеrgаn jаvоblаrigа qаrаb, bеrilgаn kаrtоchkаlаr jаmlаnib g`оlib guruh аniqlаnаdi vа rаg`bаtlаntirilаdi. Dаrs jаrаyonidа аktiv ishtirоk etgаn o’quvchilаr. .«Eng zukkо o’quvchi», «Eng bilimdоn o’quvchi», «Eng epchil o’quvchi» lаr аniqlаnib, rаg`bаtlаntirilаdi.

1.Elektr toki deb nimaga aytiladi?

2.O`zgarmas tok deb nimaga aytiladi?

3.Galvanik elementni kim kashf etgan?

4.Akkumulyatorning tuzilishi va ishlashini aytib bering,

5.Eng soda elektr zanjiri nimalardan tashkil topadi?

Har bir savolga javob berish uchun 1-2 minut vaqt beriladi.

Sundan so`ng 5 minutlik “Mustaqil ish” o`tkaziladi.O`quvchilar o`tgan mavzularni sedan chiqarib yubormasliklari uchun quyidagi fikrlashga doir masala yechiladi.

Masala.Sig`imi bir xil bo`lgan 3 ta kondensator avval ketma-ket,so`ng parallel ulanganda ularning umumiy sig`imi qanday o`zgaradi?


Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

C1=C2=C3=C

n=3

Topish kerak: Cpar /Ck/k=?


Ck/k=C/n Cpar=nC


Cpar /Ck/k=nC/(C/n)=n2

Cpar /Ck/k=32=9

Javob: 9 marta ortadi.


O`quvchilarni baholash.

-Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo`yiladi va faollar alohida rag`batlantiriladi.


Uyga topshiriq. -Darslikdan 9-10-mavzuni o`qib kelish;

-Mavzu oxirida keltirilgan savollarga yozma tarzda javob topish va amaliy topshiriqlarni bajarish;



-“Fizikadan savol va masalalar to`plami” dan olingan 904-905-masalalarni yechish tavsiya etiladi.
Fan o’qituvchisi: Usmonova B.
O’IBDO’: G’oibova R.

SINF



















SANA



















Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling