-galvanik element; -akkumullyator; -batareya; -elektr zanjir; -elektr sxema.
Uzluksiz bir maromda elektr toki yetkazib beruvchi qurilmalarga –tok manbalari deyiladi.
Tok manbalari undagi tok hosil qilish uslubiga ko`ra: kimyoviy va mexanik tok manbalariga bo`linadi.
Tokning kimyoviy manbalarida-kimyoviy reaksiya natijasida hosil bo`lga energiya, elektr energiyasiga aylanadi
Tokning mexanik manbalarida-mexanik energiyalar elektr energiyasiga aylanadi.
Tok manbalarini ixtiro qilish ham uzoq yillar mobaynida,ko`pgina olimlarning izlanishlari tufayli yuzaga kelgan.1786 yili italyan anatom va fiziologi Luidji Galvani (1737-1798)qurbaqa mushaklariga elektrning ta`sirini o`rganishni boshlaydi.4 yil davomida o`tkazilgan turli tajribalar natijasini “Mushaklar harakatida elektr kuchlari haqida traktat” nomli kitobida bayon qiladi.Kitobda qurbaqa mushaklarining bir uchini mis sigma ilib,ikkinchi uchini temirga tekkizilganda qisqarishi kuzatilgani keltiriladi.Bu hodisani Galvani yanglish hollatda qurbaqada o`ziga xos “Hayvoniy” elektr bor deb o`ylaydi.Uning bu kitobi ko`pchilik olimlarda qiziqish uyg`otadi.Qurbaqa oyog`I
bilan fiziklar ,kimyogarlar,vrachlar xatto faylasuflar ham tajribalar o`tkaza boshlashadi.”Hayvoniy” elektr sirini faqat Galvanining vatandoshi Alessandro Volta (1745-1827) ochishga muvaffaq bo`ladi.Mushaklar qisqarishiga sabab,turli metallarni bir biriga tekizilganda hosil bo`ladigan tok ekan.Bunda tok hosil bo`lishi ular orasida boradigan kimyoviy jarayonga bog`liq.
A.Volta buni isbotlash uchun o`zida tajriba o`tkazib ko`radi.Kumush va qalaydan yasalgan sim bo`laklarini olib,ularning bir uchini ulab,ikkinchi uchini esa tiliga tekkizadi.Shunda hosil bo`lgan achimtir ta`m,til orqali tok o`tganligini bildiradi.Agar simlarni bir xil metaldan tayyorlansa, bunday hodisa kuzatilmaydi.Agar tok manbai til bo`lganda edi,sim birxil bo`lganda ham achimtir ta`m sezilishi kerak edi.
1800 yilda Volta kumush va ruxdan yasalgan dorasi shaklidagi o`nlab plastinalar orasida tuzli suv shimdirilgan karton qog`ozlarni qo`yib,ustuncha shaklida taxlaydi.Ustuncha orasidagi va eng ustidagi plastinalarga o`tkazgichlar ulab,birinchi kimyoviy tok manbaini yaratishga muvaffaq bo`ladi.Uni “Volta ustuni” deb atashgan.Shundan so`ng tokning I-kimyoviy manbalari sifatida turli metallar kombinatsiyasi va orasiga qo`yiladigan suyuqliklar olina boshlaydi.
Kimyoviy tok manbalari ikki turga bo`linadi: bir marta ishlatiladigan va ko`p marta ishlatiladigan K.T.M.dir.
Mustаhkаmlаsh
Bunda o`quvchilarga 7-8 minut vaqt davomida “Elektr toki.Tok manbalari” mavzusida qisqacha Blits savollar tayyorlanadi,so`ngra muhokama qilinadi.“Mustaqil ish” jarayonida o`quvchilarning shaxsiy fikrlari,ularning qanchalik fizika va texnikaga oid bilimlari mavjudligi tekshirib olinadi.
Dаrs so’ngidа o’quvchilаrning bеrgаn jаvоblаrigа qаrаb, bеrilgаn kаrtоchkаlаr jаmlаnib g`оlib guruh аniqlаnаdi vа rаg`bаtlаntirilаdi. Dаrs jаrаyonidа аktiv ishtirоk etgаn o’quvchilаr. .«Eng zukkо o’quvchi», «Eng bilimdоn o’quvchi», «Eng epchil o’quvchi» lаr аniqlаnib, rаg`bаtlаntirilаdi.
1.Elektr toki deb nimaga aytiladi?
2.O`zgarmas tok deb nimaga aytiladi?
3.Galvanik elementni kim kashf etgan?
4.Akkumulyatorning tuzilishi va ishlashini aytib bering,
5.Eng soda elektr zanjiri nimalardan tashkil topadi?
Har bir savolga javob berish uchun 1-2 minut vaqt beriladi.
Sundan so`ng 5 minutlik “Mustaqil ish” o`tkaziladi.O`quvchilar o`tgan mavzularni sedan chiqarib yubormasliklari uchun quyidagi fikrlashga doir masala yechiladi.
Masala.Sig`imi bir xil bo`lgan 3 ta kondensator avval ketma-ket,so`ng parallel ulanganda ularning umumiy sig`imi qanday o`zgaradi?
Berilgan:
|
Asosiy formula:
|
Hisoblash:
|
C1=C2=C3=C
n=3
Topish kerak: Cpar /Ck/k=?
|
Ck/k=C/n Cpar=nC
|
Cpar /Ck/k=nC/(C/n)=n2
Cpar /Ck/k=32=9
Javob: 9 marta ortadi.
|
O`quvchilarni baholash.
-Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo`yiladi va faollar alohida rag`batlantiriladi.
Uyga topshiriq. -Darslikdan 9-10-mavzuni o`qib kelish;
-Mavzu oxirida keltirilgan savollarga yozma tarzda javob topish va amaliy topshiriqlarni bajarish;
-
“Fizikadan savol va masalalar to`plami” dan olingan 904-905-masalalarni yechish tavsiya etiladi.
Fan o’qituvchisi: Usmonova B.
O’IBDO’: G’oibova R.
-