Dasturning mazmuni


- MAVZU: MA’MURIY HUQUQBUZARLIKKA DOIR ASHYOLAR VA HUJJATLARNI DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANINING MANSABDOR SHAXSLARI TOMONIDAN OLIB QO’YILISHI


Download 1.98 Mb.
bet94/250
Sana05.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#211622
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   250
Bog'liq
06 Маъруза матни 50та мавзу тулик

17- MAVZU: MA’MURIY HUQUQBUZARLIKKA DOIR ASHYOLAR VA HUJJATLARNI DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANINING MANSABDOR SHAXSLARI TOMONIDAN OLIB QO’YILISHI.

REJA:

  1. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari tomonidan ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish tartibi.

  2. Amaliy mashg’ulot.


Tayanch so’z va iboralar: ashyolar va hujjatlarni haqini o’lash sharti bilan olib qo’yish, musodara qilish, huquqbuzarlik sodir etish quroli hisoblangan ashyolar.

1.Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari tomonidan ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish tartibi.

MJTKning 290-moddasiga muvofiq, huquqbuzarlarni ushlash yoki ashyolarini ko’zdan kechirish vaqtida aniqlangan huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa bo’lmish ashyo va hujjatlar davlat soliq xizmati organining tekshirish va nazorat qilish qonun hujjati bilan zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxs(lar)i tomonidan olib qo’yiladi.

Ashyo va hujjatlar olib qo’yilgan taqdirda bu xususda bayonnoma tuziladi yoki ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomaga yoxud buyumlarni ko’zdan kechirib chiqish yoki ma’muriy yo’l bilan ushlab turish haqidagi bayonnomalarga tegishli yozuv yozib qo’yiladi.

MJTKning 287-moddasining sakizinchi bandiga muvofiq, ma’muriy yo’l bilan ushlab turish MJTKning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud o’zgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining uchinchi qismida, 166, 170-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763, 1764 –moddasining ikkinchi qismida, 1861, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda davlat soliq organlarining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Ma’muriy yo’l bilan ushlab turish MJTKning 288-moddasi talabiga ko’ra uch soatdan ortiq davom etishi mumkin emas.

Ashyolarni, qo’lga kiritilgan mahsulotlar va boshqa buyumlarni ko’zdan kechirish, odatda shu ashyo va buyumlar kimning mulki yoki egaligida bo’lsa, o’sha shaxs ishtirokida, amalga oshiriladi. Kechiktirib bo’lmaydigan hollarda, mazkur ashyolar va buyumlarni mulkdor (egasi)ning ishtirokisiz, ikkita xolis guvoh ishtirokida ham ko’zdan kechirib chiqilishi mumkin.

Bayonnomada olib qo’yilayotgan hujjatlar, ashyolar, predmetlar, buyumlar (mol-mulk)ning nomi, miqdori hamda alohida belgilari, imkoni bo’lganda esa ashyolar, predmetlar, buyumlarning qiymati ko’rsatilgan holda sanab o’tilishi va tavsiflanishi lozim.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni olib qo’yish, sotish yoki yo’q qilib tashlash tartibi to’g’risida»gi Nizom talablariga muvofiq olib qo’yilgan ashyolar, predmetlar, buyumlar (mol-mulk) davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi tomonidan bir sutka muddatda uni saqlash uchun joylashtirish masalasi hal qilinadi.

Bunda, olib qo’yilgan ashyolar, predmetlar, buyumlar (mol-mulk)ni sotish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishga belgilangan tartibda shartnomalar tuzgan va mol-mulkni saqlash uchun tegishli joylarga ega bo’lgan savdo tashkilotlariga beriladi.

Ashyolar, predmetlar, buyumlar (mol-mulk)ni mas’uliyatli saqlashning belgilangan normalariga muvofiq bo’lgan maxsus ombor binolari, asbob-uskunalar va shart-sharoitlarga ega bo’lgan boshqa korxonalar va tashkilotlarning binolari, maydonchalari, omborlariga joylashtirilishi mumkin.

Olib qo’yilgan mol-mulkning iste’mol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan o’tkazish, shuningdek uni baholash maqsadida mansabdor shaxs uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa - bir sutka mobaynida ekspert va baholovchini tayinlaydi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling