Davlat byudjetinig ijtimoiy soxa xarajatlari va ularning moliyalashtirishning uziga xos xususiyatlari reja kirish


Download 58.79 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi58.79 Kb.
#1622737
  1   2
Bog'liq
MAVLON KUR ISHI


Davlat byudjetinig ijtimoiy soxa xarajatlari va ularning moliyalashtirishning uziga xos xususiyatlari
reja
kirish
2. Budjet daromadlarining tarkibiy tuzilishi, manbalari va klassifikasiyasi
3. Budjetdan moliyalashtirishning mohiyati, zaruriyati va uni amalga oshirish usullari
xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Hammamizga ma’lumki, jahon iqtisodiyotiga, birinchi navbatda, rivojlangan yirik mamlakatlar iqtisodiyotiga 2018-yilda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hali-beri salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’tgan davr mobaynida ahvolni yaxshilash maqsadida ko’rilayotgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan, aksariyat davlatlarda o’sish sur’atlari va ishlab chiqarishning amalda pasayishi kuzatilmoqda. Ko’pgina taraqqiy topgan mamlakatlarda vaziyat qanday tus olishini oldindan aytib bo’lmaydigan va turli xavf-xatarlar saqlanib qolayotgan bir sharoitda davlat qarzlari va davlat budjeti taqchilligi tobora ortib bormoqda. Shu bilan birga, jahon zaxira valyutalarining beqarorligi, moliya-bank tizimi kredit qobiliyatining keskin pasayishi va investitsiyaviy faollikning susayishi bilan bog’liq murakkab muammolar ko’plab davlatlar iqtisodiyotining tiklanish va o’sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH MIRZIYOYEV ta’kidlaganlaridek, “O’tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz va uning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o’sish sur’atlariga erishganimizni ta’kidlash joiz. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014 yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o’sdi. Inflyatsiya darajasi yil yakunlari bo’yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir” - deya ta’kidladilar1 Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng o’z daromadlarini mustaqqil tasarruf etadigan, o’z xarajatlarini o’zi qoplaydigan bo’ldi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat budjeti hisobiga mablag’ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, budjet mablag’laridan samarali foydalanishni nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Madomiki, respublikamizda davlat bosh islohatchiligi hamda aholini kuchli ijtimoiy himoyalash eng asosiy vazifalardan deb belgilangan ekan, o’z navbatida iqtisodiyotni boshqarishning ta’sirchan dastagi hisoblangan davlat budjeti mablag’lari doimo aniq bir maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunda, albatta, budjet-soliq siyosatni ishlab chiqish va to’g’ri yuritish, budjet mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish talab etiladi. Chunki, budjet ko’zda tutilgan tadbirlar va dasturlarni aniq va o’z vaqtida moliyalashtirilishi ayni paytda davlat dasturlarining ham pirovard natijada to’liq bajarilishini ta’minlaydi. Davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan o’zgarishlarning markazida davlat budjeti daromadlarin shakllanishi va uning harajatlaridan yanada samarali foydalanish, budjet taqchilligi o’sishiga ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, ish haqi va nafaqalarni o’z vaqtida to’lashni ta’minlash, shu bilan birga budjet mablag’laridan foydalanish jarayonida budjet intizomlariga rioya etilishini va bunda budjet nazoratini kuchaytirish, qolaversa, davlat budjetining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi samarali ahamiyatini oshirish masalalari turadi. Budjet daramadlarini samarali shakllantirish, budjetdan xarajatlarni amalga oshirishda budjet mablag’laridan samarali va oqilona foydalanish muammosi hamisha dolzarb masala bo’lib kelgan va hozirgi sharoitda ham dolzarbligicha qolmoqda. Bu esa mazkur sohada ilmiy tadqiqotlar olib borishning naqadar muhimligini yanada aniqroq ko’rsatib beradi. Shuning uchun ham biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda ushbu masalani tadqiq etishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi- davlat budjeti daromadlarini shakllantirish va undan xarajatlarni moliyalashtirishning amaldagi holatini tahlil va tadqiq etish asosida uni yanada takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib, bitiruv malakaviy ishining oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi:
- davlat budjetining iqtisodiy mohiyati, takror ishlab chiqarish jarayonidagi o’rni va ahamiyatini o’rganish;
- budjet daromadlariing tarkibiy tuzilishi, manbalari va klassifikasiyasini ko’rib chiqish; - budjetdan moliyalashtirishning mohiyati, zaruriyati va uni amalga oshirish usullarini tadqiq etish;
- davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning amaldagi holatini tahlil etish;
- davlat budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish amaliyotining tahlilini amalga oshirish; - davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanishda g’aznachilik tizimi rolini oshirish imkoniyatlarini tadqiq qilish;
- davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishining ob’yekti va predmeti ishining ob’ekti bo’lib O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti hisoblanadi. Mazkur malakaviy ishi predmeti esa O’zbekiston Respublikasida davlat budjeti daromadlarini shakllantirish va undan xarajatlarni moliyalashtirishdagi tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy munosabatlardir. Bitiruv malakaviy ishi mavzusining nazariy-amaliy ahamiyati

DAVLAT BUDJETINING NAZARIY VA TASHKILIY ASOSLARI


Davlat budjetining iqtisodiy mohiyati, iqtisodiyotni tartibga solishdagi o’rni va ahamiyati Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun muhim moliyaviy manba davlat budjeti zarur. Davlat bu manba orqali jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Davlat o’z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo’lgan strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i ob’ektiv zaruriyatdir. Aynan shu ob’ektiv zaruriyatning mavjud bo’lishi davlat budjetining mavjud bo’lishini va amal qilishini taqozo etadi. Davlat budjetining mazmunini yoritishga turli davr va turli yo’nalishdagi iqtisodiy maktablar iqtisodchi olimlari turlicha yondoshganlar. Masalan, yuqorida nomi keltirilgan o’quv qo’llanmada “Davlat budjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi” deb izohlangan. 2014 yildan kuchga kirgan Budjet Kodeksida esa davlat budjetiga quyidagicha ta’rif berilgani ko’rishimiz: “mablag’larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi” . Davlat budjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda, uning mohiyatini aniqlab beruvchi quyidagi ta’rifni berish mumkin: davlat budjeti - umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida to’plangan va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining rivojlanishiga sarflanadigan moliyaviy resursdir. Davlat budjetining iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatlari uning shakli, moddiy mazmuni va mohiyatida namoyon bo’ladi.
Shakl jihatidan, davlat budjeti - bu davlatning asosiy moliyaviy rejasi bo’lib, unda budjet pul munosabatlari tizimi sifatida miqdor jihatidan ifodalanadi. Binobarin, aynan budjet rejasi mamlakatning muhim moliyaviy hujjati sifatida tuziladi, ko’rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. Unda pul mablag’larining markazlashtirilgan jamg’armasini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanishga doir iqtisodiy munosabatlar aks etadi. Moddiy mazmun jihatidan, davlat budjeti - davlatning budjet rejasini ijro etish jarayonida tashkil topadigan va foydalaniladigan asosiy markazlashtirilgan pul mablaglari jamg’armasidir. Mohiyat jihatidan, davlat budjeti - davlat boshqaruvining muhim vositasi bo’lib, uning yordamida davlat takror ishlab chikarish jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi, inson irodasiga buysunmaydigan bozor kuchlarining salbiy ta’sirini bartaraf etadi. Huquqiy kategoriya sifatida davlat budjeti - bu davlatning vazifa va funksiyalarini moliyaviy ta’minlash uchun mo’ljallangan pul mablag’lari jamg’armasini tashkil etish va sarflashning qonun bilan belgilangan shaklidir. Budjet huquqiy akt shakliga ega bo’lib, vakolatli hokimiyat organi tomonidan qabul qilinadi va shu sababdan qonuniy kuchga egadir. Davlat budjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali uning yordamida katta hajmdagi moliyaviy resurslar davlatning qo’lida to’planadi va u lar umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi. Davlat budjetining iqtisodiy ahamiyatini quyida keltirilayotgan orqali ifoldalash mumkin. Davlat budjetining iqtisodiy ahamiyati4 Davlat budjeti iqtisodiyot alohida tarmoqlarining rivojlanishida asosiy manba rolini ham o’ynaydi. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtisodiyotda yangi tarmoq vujudga kelayotgan bo’lsa, uning paydo bo’lishini hozirgi sharoitda budjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Davlat budjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnikaviy jihatdan qayta qurollantirishda moliya tizimida markaziy o’rinni egallaydi ustuvor yo’nalishlar uchun moliyaviy resurslarni kontsentratsiya qilishda asosiy instrument bo’lib xizmat qiladi iqtisodiyot alohida tarmoqlarining rivojlanishida asosiy manba rolini ham o’ynashi mumkin uning yordamida katta hajmdagi moliyaviy resurslar davlatning qo’lida to’planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi
Davlat byudjetining ahamiyati sub’ektlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda byudjet katta ahamiyat kasb etadi 9 alohida ahamiyatga ega. Budjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga ijtimoiy nafaqa berish, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni budjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini saqlash, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlarini moliyalashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlashda davlat budjetining ahamiyati juda beqiyosdir. Har qanday iqtisodiy kategoriyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Davlat budjeti moliya iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy bo’linmasi hamda budjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangani uchun ularga pul shakli xosdir va ular taqsimlash, qayta taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajarad. Davlat budjetining funksiyalarini quyida keltirilayotgan orqali ifodalashni maqsadga muvofiq bildik. Davlat budjetining funksiyalari Iqtisodiy adabiyotlar asosida mutaqil tuzildi
Davlat byudjetining funksiyalari taqsimlash nazorat qayta taqsimlash 10 Taksimlash funksiyasini soliq, zayom, davlat mulkidan tushgan daromadlar, qogoz pullar emissiyasidan tushgan daromadlarni o’z ichiga oluvchi budjet daromadlari amalga oshiradi. Bunda budjet jamg’armasi xo’jalik sub’ektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) daromadlari hisobiga shakllanadi. Bu daromadlar sof milliy mahsulotning birlamchi taqsimoti (ishchi va xizmatchilarning ish haqi, yollanma ishchilarning daromadlari, tadbirkorlik foydasi, renta, foiz) natijasida yuzaga keladi. Budjetning qayta taqsimlash funksiyasi aniq maqsadli bydjet xarajatlariga tegishlidir. Davlat umumiy xo’jalik sub’ekti sifatida faoliyat yuritib, takror ishlab chiqarish jarayoni barcha ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini hisobga oladi, shuning uchun xam budjet xarajatlari hamma soha va tarmoqlarni qamrab oladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida budjet mablag’lari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo’naltiriladi. Davlat budjetining nazorat funksiyasi ham o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega.
Budjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog’liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bo’linmalarida ahvolning qandayligi to’g’risida ma’lumotlar bilan doimiy ta’minlab turadi. Milliy iqtisodiyot istalgan bir sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, albatta, davlat budjeti bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarda – soliqlarda, to’lovlarda, budjetdan moliyalashtirish hajmlarida, budjet assignovaniyalarini o’zlashtirishda va hokazolarda – o’z ta’sirini ko’rsatadi. Davlat budjeti takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga faol ta’sir ko’rsatadi, milliy daromadni milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari o’rtasida, shu jumladan moddiy ishlab chiqqarish sohasidan nomoddiy sohaga (aholining kam ta’minlangan qatlami – pensionerlar, talabalar, ishsizlar, ko’p bolali, kam ta’minlangan oilalar va boshqalarning turmush darajasini barqaror ushab turish uchun sharoitlar yaratadi) qayta taksimlanishini ta’minlaydi; mahsulotlari va xizmatlari jamiyat uchun juda muhim va zarur bo’lgan, lekin barqaror past daromadli tarmoqlar (energetika, transport, aloqa va boshqalar)ni moliyaviy qo’ullab-quvvatlashni amalga oshiradi. Davlat bozor iqtisodiyoti sharoitida budjet daromadini shakllantirishning asosiy manbai hisoblangan soliqlar yordamida alohida tarmoqlarning, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning va jismoniy shaxslarning iqtisodiy faolligini ular ixtiyorida qoladigan pul mablag’lari ulushini ko’paytirish yoki kamaytirish orqali, tiyib turish yoki rag’batlantirish siyosatini amalga oshirish yo’li bilan tartibga soladi va shu tariqa, iqtisodiy muvozanatni ta’minlaydi. Yalpi ichki (milliy) mahsulotni davlat budjeti orqali taqsimlash, bir vaqtning o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada nisbatan mustaqil ham bo’lgan uch bosqichga egadir: umumdavlat pul fondini shakllantirish (budjet daromadlari); hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli budjet fondlarini yaratish; budjet fondidan foydalanish (budjet xarajatlari). Davlat budjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning bu uch bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsa-da, bu narsa ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan pul mablag’larining bir qismini davlatning qo’lida konsentratsiyalashtirish (to’plash, jamlash, olish) sodir bo’ladi. Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd aytilganidek, hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’psonli fondlarning shakllanishi yuz beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini bo’lishning murak-kab taqsimlanish jarayoni amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqichda budjet fondlari hududlar va maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko’pchilik hol-larda, bir mulkchilik shakli doirasida budjet mablag’larini qaytarilmaslik tarzida berish sodir bo’ladi. Sof milliy mahsulot:
-ishchilarning ish haqi;
-yollanma ishchilarnig daromadlari;
-tadbirkorlarning foydalari;
-tadbirkorlarning rentalari;
-yer egalarining rentalari;
-tadbirkor va omonatchilarning ssuda (bankfoizi) Amortizatsiya jamg’armasi Yalpi milliy mahsulot B yudjet fondi Noishlab chiqarish sohasi:
-boshqaruv;
-mudofaa;
-ta’lim;
-madaniyat;
-sog’liqni saqlash;
-ijtimoiy ta’minot
Davlat dasturlariga Mamuriy hududlarga Milliy iqtisodiyotning ba’zi tarmoqlariga soliqlar Majburiy to’lovlar Bojlar Zayomlar moliyalashtirish moliyalashtirish investitsiyalar investitsiyalar Moliyaviy yordam Byudjet daromadlari Byudjet xarajatlari Budjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi: 1) budjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
2) davlat budjetining daromadlari. Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning ikkalasi ham davlat va mablag’larni to’lovchilar o’rtasida vujudga keladigan bir xildagi taqsimlash munosabatlarini ifoda etadi. Davlat budjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng avvalo, to’lovchilarning xarajatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan chegirilsa-da,
bir vaqtning o’zida, davlat budjetida ular davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana shundan, taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomonlar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi. Davlat budjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo’lsa, bu narsa u yoki bu darajada to’lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini pasaytiradi. Davlat budjetining xarajatlari, xuddi uning daromadlari singari, ikki yoqlamalik xarakteriga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa – sub’ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlamali xarakter davlat budjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining faqat oraliq bos-qichi ekanligidan dalolat beradi. Bu erda budjet fondlarining egasi – davlat va pul mablag’larini oluvchilar – sub’ektlar o’rtasida yangi taqsimlash munosabatlari paydo bo’ladi. Bu bosqichda (birinchisidan farqli o’laroq) davlat va aholi o’rtasida bevosita taqsimlash munosabatlari paydo bo’lmaydi. Chunki bu bosqichda iste’mol maqsadlari uchun ajratilgan barcha budjet resurslari tegishli sub’ektlarning fondlarini (masalan, ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi fondi, ijtimoiy iste’mol fondlari va boshqalar) shakllantirishga yo’naltiriladi.. Budjet daromadlarining tarkibiy tuzilishi, manbalari va klassifikasiyasi Budjet mablag’lari(daromadlari) davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslari bir qismidan iborat bo’lib, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib tushadi. Davlat budjetining mablag’lari(daromadlari) mamlakat yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq xarakterga ega. Budjet daromadlariga professorlar T.S.Malikov va N.X.Haydarovlar quyidagicha ta’riflaganlar: “Pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o’zida ifoda etadigan, hokimiyat organlarining turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi budjet daromadlari deyiladi”
Davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin. Eng avvalo, davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi : soliqli daromadlar; nosoliqli daromadlar; tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. Quyida keltirilayotgan davlat budjeti mablag’larining mazmunmohiyatini ko’rishimiz mumkin
Davlat byudjetining mablag’lari manbalariga ko’ra uch guruhga bo’linadi soliqli daromadlar nosoliqli daromadlar tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari Byudjetning soliqli daromadlari tarkibi mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat. Byudjetning soliqsiz daromadlari tarkibi davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar; byudjet tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan haqli (to’lovli) xizmatlardan kelgan daromadlar; fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash na-tijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, konfiskatsiyalar, kompensatsiyalar va davlat sub’ektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar va majburiy undirilgan boshqa mablag’lar; moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (byudjet ssudalari va byudjet kreditlaridan tashqari) va boshqa nosoliqli daromadlardan iborat. Byudjetning tiklanmaydigan tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lariga byudjet tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o’tkazilayotgan mablag’lar ham byudjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi. O’zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra budjet daromadlari ikki guruhga bo’linishi mumkin: 1) xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan olinadigan daromadlar; 2) aholidan tushumlar. Mulkchilik shakliga ko’ra budjet daromadlari quyidagi ko’rinishlarni olishi mumkin: 1) nodavlat sektordan olinadigan daromadlar; 2) davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar;
aholidan olinadigan mablag’lar. Budjet daromadlarining yuqorida sanab o’tilgan har bir guruhlari daromadlarning manbalari, to’lovlarning turlari va hokazolar bo’yicha kichik guruhlarga bo’linishi ham mumkin. Masalan, davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlarga davlat korxona va tashkilotlarining to’lovlari, davlat mulkini sotishdan olinadigan daromadlar, davlat tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan budjetga kelib tushadigan mablag’lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lovlardan iborat bo’lishi mumkin. O’z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan Davlat budjetining daromadlari tushumlarning alohida turidan iborat. Masalan, davlat korxonalari tomonidan budjetga o’tkaziladigan daromadlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daro-mad (foyda) solig’i va boshqalar kiradi. Shuningdek, davlat mulki-dan olinadigan daromadlar tarkibi bojxona daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan yuklar va pochta jo’natmalarini, meros huquqi bo’yicha davlatga o’tgan mol-mulklarni realizatsiya qilishdan olingan tushumlardan iborat. Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan ko’rsa-tilgan xizmatlar uchun olingan daromadlarga davlat avtomobil inspektsiyalari tomonidan undiriladigan yig’imlar, tovar belgi-larini qayd etganlik uchun yig’imlar, o’lchov asboblarini davlat tekshiruvidan o’tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial idoralari tomonidan aholiga ko’rsatilgan xiz-matlar uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi. Sub’ektlarning daromadlari budjet ixtiyoriga ikki xil metodlarni qo’llash evaziga olinishi mumkin: 1) soliqli metodlar; 2) nosoliqli metodlar. Soliqli metodlar uchun mablag’larning davlat budjeti foydasiga aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddatlarda undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirili-shi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daro-madining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i, er solig’i, mol-mulk solig’i va boshqa soliqlar kiradi. Nosoliqli daromadlar davlatga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir. Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishini talab etmay-digan mablag’lar ham Davlat budjetining daromadlari bo’lishi mumkin.
Biroq ayrim to’lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun o’tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag’larni sarf etsa-da, u bu mablag’larni belgilangan muddatlarda va to’liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday budjet daromadlarining ko’rinishlaridan biri davlat obligatsiya-larini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar hisoblanadi. Davlat budjetining daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning budjeti daromadlari nuqtai-nazaridan kiritilishi mumkin. Budjet daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai-nazaridan oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Budjet daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldingan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin. Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalar alohida shakllari va turlarining yig’indisi budjet daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. Turli sub’ektlardan kelib tushadigan budjet daromadlari umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o’zaro bog’langandir. Hozirgi kunda amaliyotda davlat budjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayotganligini ko’rishimiz mumkin. O’zbekistonda budjetining daromadlarining klassifikatsiyalanishi Iqtisodiy adabiyotlar asosida mustaqil tuzildi Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinmoqda To’g’ri (bevosita) soliqlar (yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovidan davlat byudjetiga ajratmalar; yagona soliq to’lovidan (mikrofirmalar va kichik korxonalar bilan birgalikda) davlat byudjetiga ajratmalar; obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliqjismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliq va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan qat’iy soliq) Egri (bilvosita) soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i; aktsiz-lar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi; transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga olinadigan soliq) Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i (mol-mulk solig’i; yer solig’i; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq) Ustama foydadan olinadigan soliq .
Boshqa daromadlar Budjet daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy bo’lmasdan, ular mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o’zgarishiga muvofiq ravishda o’zgarib boradi. Milliy iqtisodiyotda qo’llanilayotgan budjet daromadlari tizimining samaradorligi mablag’larning budjetga tushumini tashkil etishga bevosita bog’liq. Bu narsa o’z ichiga quyidagilarni oladi: - budjetga tegishli bo’lgan daromadlarni (soliqlar, to’lovlar,bojlar, ajratmalar va boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashtirish; - mablag’lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi; - daromadlarni (to’lovlarni) budjetga o’tkazish tartibi; - budjetga daromadlarni to’lovchilarni hisobga olish; - budjetga daromadlarni to’lovchilarning javobgarligi; - budjetga daromadlarni o’z vaqtida va to’liq o’tkazilishini ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimi; - budjetga daromadlarni undirishda soliq organlarining huquq va majburiyatlari. Yuqoridagilarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat va budjetga daromadlarni to’lovchilar o’rtasidagi manfaatlarning oqilonaligini ta’minlashga katta e’tibor bermoq lozim. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, budjet daromadlarining asosiy moddiy manbai milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad etarli bo’lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirishga milliy boylikni jalb etishi mumkin. Milliy daromadni davlat ixtiyoriga o’tkazish turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul emissiyasi davlat hokimiyat organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash va budjet daromadlarini shakllantirish uchun foydalanilayotgan metodlarning asosiylari bo’lib hisoblanadi. Bu metodlar o’rtasidagi nisbat mamlakatlar va davrlar bo’yicha turlicha bo’lib, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa qarama-qarshiliklarning o’tkirlik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli bilan belgilanadi. Budjetdan moliyalashtirishning mohiyati, zaruriyati va uni amalga oshirish usullari. Budjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’ektlarga budjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag’larini taqdim etishning o’ziga xos bo’lgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir printsiplarga tayanadi. Budjetdan moliyalashtirishning printsiplari, shakllari va metodlari bu tizimning tarkibiy elementlari bo’lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan hozirgi paytda oqilona va samarali budjetdan moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi. Davlatning o’z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog’liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar - budjet xarajatlari davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’larini turli yo’nalishlar bo’yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy hayotida budjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko’ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda budjet xarajatlarini klassifikatsiya qilishning bir necha belgilari mavjud. Ular o’zlarining iqtisodiy mazmuni, funktsionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bo’linishi, ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va yuridik nuqtai-nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin. Eng avvalo, o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra budjet xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo’linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini ifoda etadi. Budjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga: a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan b) tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar; с) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun budjet kreditlari sifatida beriladigan mablag’lar; d) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar; e) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar; f) budjet xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq budjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi. Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, budjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan budjet xarajatlari, boshqa budjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subventsiya shaklida ko’rsatiladigan davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va budjet xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar budjetning joriy xarajatlari deyiladi.
Aniqroq ravishda budjetning joriy xarajatlari tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: davlat iste’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, milliy xo’jalikning davlat darmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatlari); hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar; transfert to’lovlari; davlat qarzlari bo’yicha foizlarni to’lash; boshqa xarajatlar. Bu xarajatlar oddiy budjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar budjetida aks etgan chiqimlarga, asosan, mos keladi. Funktsional nuqtai-nazardan budjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablag’larining yo’naltirilganligini aks ettiradi. Bunda budjet xarajatlari quyidagi yirik guruhlarga bo’linishi mumkin Byudjet xarajatlarining funktsional nuqtai-nazardan klassifikatsiyasi davlat boshqaruvi va mahalliy o’z-o’zini boshqarish; sud hokimiyati; xalqaro faoliyat; milliy mudofaa; huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash; fundamental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraqqiyotini ta’minlash; sanoat, energetika va qurilish; qishloq xo’jaligi va baliqchilik; atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, gidrometeorologiya, xaritashunoslik va geodeziya; transport, yo’l xo’jaligi, aloqa va informatika; uy-joy-kommunal xo’jaligi; maorif; sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya; madaniyat, san’at va kinematografiya; ommaviy axborot vositalari; davlat qarziga xizmat qilish; boshqa darajadagi byudjetlarga moliyaviy yordam; maqsadli byudjet fondlari; davlat zahiralari va rezervlarini to’ldirish; ijtimoiy siyosat; boshqa xarajatlar Byudjet xarajatlarining yuqoridagi tartibda klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy hayotning turli jabhalarida davlatning rolini ko’rsatadi Amaliyotda budjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtai-nazardan, quyidagi ikki ko’rinishda amalga oshiriladi: 1) xarajatlarni respublika budjetidan moliyalashtirish; 2) xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtirish. O’zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonunining 22- moddasida respublika budjetidan moliyalashtirishtiriladigan xarajatlar tarkibi keltirilgan bo’lsa, o’z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyalashtiriladigan xarajatlar tarkibi yuqoridagi qonunning 23-moddasida keltirilgan.
Budjetdan mablag’larni taqdim etishning metodlari budjetdan moliyalashtirishning muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya organlari budjetda ko’zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, pul mablag’laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag’larni qayta o’zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan proportsiyalarni tartibga soladi. Budjet mablag’larini sarf qilishning asosiy tamoyili ularning mo’ljallanganligi va vaqt bo’yicha qattiq reglamentatsiya qilinganligidir (tartibga solinganligidir). Xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) budjet ijrosi jarayonida xaajatlar ro’yxati va smetasiga kiritiladigan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan budjet parametrlariga hamda budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga muvofiq tuzilgan budjet xarajatlarining yillik ro’yxatiga binoan amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan budjetdan mablag’ bilan ta’minlash normativlari asosida smeta va shtatlar jadvalini mustaqil ravishda ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar. Smeta - notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotning maqsadga yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan pul mablag’larining tashkil topishi va sarflanishi to’g’risidagi axborotni o’zida mujassamlashtiruvchi moliyaviy rejasidir. Ish haqini to’lashga va joriy faoliyatga xarajatlar budjetdan ajratilganligini, shuningdek mablag’larning maqsadliligi va choraklar bo’yicha taqsimoti hajmini belgilovchi hujjatdir. Xarajatlar smetasi mohiyatini quyidagi rasm ma’lumotlaridan ham kengroq tushunish mumkin. Xarajatlar smetasining mohiyati13 Shtatlar jadvali esa doimiy ishchilarning lavozimlari nomlarining ro’yxati bo’lib, unda bir nomdagi lavozimlar va lavozim bo’yicha maoshlarning hajmi qayd etiladi, u mulk egasi, rahbar yoki yuqori organ tomonidan tasdiqlanadi. Shtat jadvali korxona, tashkilot va muassasalarning tarkibiy bo’linmalari shtatlarini tegishli toifadagi ishchilar bilan to’ldirib olish huquqini beradi. Budjet tashkilotlari tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yoki hududiy moliya organlariga taqdim etadilar. Tasdiqlangan smeta va shtatlar jadvalini ro’yxatdan o’tkazish, ilovalarni kelishish taqdim etilgan hujjatlarning tasdiqlangan budjet xarajatlari limitlariga va normativlariga hamda budjet parametrlariga muvofiqligi tahlili asosida tegishli moliya organlarida amalga oshiriladi.
Ro’yxatdan o’tkazish mazkur budjet tashkiloti xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash), budjet parametrlari tasdiqlangan
Xarajatlar smetasi byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotning moliyaviy rejasi hisoblanadi daromadlar qismiga ega emas Smeta asosida moliya organlari sosial ehtiyojlar uchun xarajatlarning hajmini aniqlaydi va u narsa joriy yilning byudjeti tarkibiga kiritiladi paytdan boshlab 40 kundan kechiktirmay moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Smetalar O’zbekiston respublikasi davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning to’liq yoyilmasi ilova qilingan holda xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha tuziladi va hisobot berish maqsadida foydalaniladi. Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar smetalaridagi xarajatlarning tarkibi Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng amalga kiritiladi. Budjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar albatta Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bilan kelishiladi. Iqtisodiy adabiyotlar asosida mustaqil tayyorlandi. Budjetdan mablag’ oluvchilarni xarajatlar guruhlari bo’yicha davlat budjetidan moliyalashtirish I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar) III. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro’yxatlarga muvofiq) II. Ish haqiga qo’shimchalar IV. Boshqa xarajatlar Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan budjet tashkilotlari xarajatlari birinchi navbatda moliyalashtiriladi (to’lanadi). Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag’ o’tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi. Yagona g’azna hisob raqamida, shuningdek hududiy g’aznachilik hisob raqamida birinchi va ikkinchi guruhlar bo’yicha to’lanmagan xarajatlar summasidan ortiq mablag’lar mavjud bo’lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to’rtinchi guruhlar bo’yicha xarajat qilishga ruxsat etiladi. Kapital qo’yilmalarga ajratmalar (III guruh xarajatlari) joriy budjet yili uchun tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq ro’yxatlariga muvofiq ajratiladi.
G’aznachilik tomonidan xizmat ko’rsatiladigan buyurtmachilar ob’ektlari qurilishiga davlat budjetida nazarda tutilgan xarajatlar G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasining joriy yilga tasdiqlangan Investitsiya dasturiga hamda qurilishlarning aniq ro’yxatiga muvofiq, buyurtmachilarning Moliya vazirligining G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarga asosan to’lanadi. Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va mahalliy budjetlardan xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) smetalarga va budjet xarajatlari ro’yxatlariga, ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot davri uchun belgilangan baholash ko’rsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda amalga oshiriladi. Kapital qo’yilmalarni va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish (to’lash) budjetga mablag’lar tushishiga qarab har oyda amalga oshiriladi. G’azna ijrosiga o’tmagan budjet tashkilotlari xarajatlarini: - respublika budjetidan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi maqsadli sertifikat (unda budjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruhlarini ko’rsatgan holda) va xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi; mahalliy budjetlardan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - tegishli moliya organlarida belgilangan shakldagi tayinlash sertifikati va xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi. G’azna ijrosiga o’tgan budjet mablag’i oluvchilar bo’yicha xarajatlarni to’lash:
- respublika budjetidan
- O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalar yoki budjet mablag’larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o’tkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlardan
– Moliya vazirligi G’aznachiligining tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalar yoki budjet mablag’larini yuridik va jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o’tkazish majburiyatini yuklaydiganboshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirishda (to’lashda) yangi budjet yilida mablag’ ajratish rejasi budjet tashkilotlarining hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvaridagi holatiga ko’ra tovar-moddiy boyliklarning normativdan ortiq qoldig’i summasiga kamaytiriladi. O’tgan yillar debitorlik qarzlarining qaytarilgan summasi, asosiy vositalarni va boshqa tovar-moddiy boyliklarni sotishdan tushgan summa (budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari hisobiga sotib olinganlari bundan mustasno) tegishli budjetlar daromadiga o’tkaziladi. Budjet mablag’lari budjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda, budjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi. Bunda xarajatlarning I va II guruhlarini moliyalashtirish (to’lash)
birinchi navbatda amalga oshiriladi.

Xulosa va takliflar


Kurs ishining xulosa qismida yuqorida amalga oshirilgan tahlil va tadqiq natijalariga asoslangan holda davlat budjeti daromadlarini shakllantirish va mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida chiqarilgan asosiy xulosalar va ishlab chiqilgan tavsiyalarni, qisqacha tarzda, aks ettirishga harakat qilamiz. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat: 1. Hozirgi sharoitda budjet intizomini mustahkamlashning zarurligi va ahamiyati mamlakatimizda bir tomondan, budjet daromadlarini shakllantirish va ikkinchi tomondan esa, budjet xarajatlaridan oqilona foydalanish masalalari bilan bog’liq. Bunda ularning maqsadliligi, samaraliligi, tartibliligi va qonuniyligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. 2. Budjet intizomini ta’minlashda budjet mablag’larini belgilangan miqdorda shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasining mas’ul bo’lsa, budjet xarajatlaridan oqilona foydalanish yuzasidan esa O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Nazorat-taftish Bosh boshqarmasi va O’zbekiston Respublikasi G’aznachilik boshqarmasigaa katta mas’uliyat tushadi. 3. Budjet mablag’laridan oqilona foydalanishga samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, budjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo’qki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud bo’lmasin. Moliyaviy nazorat instituti davlatning nazorat organlarining umumiy tuzilishini o’zida mujassamlashtiradi va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo’ladi. Chiqarilgan xulosalarga tayangan holda davlat budjeti daromadlarini shakllantirish va mablag’laridan samarali foydalanishni takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muammolarni hal etish maqsadida quyidagi ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Hozirgi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida, yildan-yilga soliqlarni fiskallik funksiyasini yanada kamaytirib borish lozim. 2. Soliqlarning byudjetga o’z vaqtida o’tkazilishini ta’minlashda xo’jalik sub’ektlarining mas’uliyatini oshirish va ilg’or xorij tajribasini respublikada izchil qo’llash maqsadida soliq to’lovlarining kechiktirilgan muddatlariga penya hisoblashda tabaqalashtirilgan stavkalarni joriy etish maqsadga muvofiq; 3. Davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanishni takomillashtirish uchun, eng avvalo, budjet mablag’laridan tejab-tergab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish lozim. 4. Budjet intizomini mustahkamlash maqsadida budjet xarajatlaridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir. Buning uchun budjetdan ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtiradigan mablag’lardan tashqari boshqa xarajatlarni bosqichma-bosqich optimal darajada kamaytirish zarur. 5. Budjet tashkilotlarini boqimandalik kayfiyatidagi xo’jasizliklarcha faoliyat yurituvchi sub’ektlardan mablag’ ishlab topuvchi tashkilotlar darajasiga etkazish, ijtimoiy-madaniy sohalarda faqat davlat mablag’larigagina asoslanib faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda pullik xizmatlar ko’rsatishni ham tashkil etishga o’tilishini ta’minlash kerak. Masalan, xalq ta’limi sohasiga qarashli maktablarda hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida pullik xizmatlarga o’tish ko’lamini kengaytirish, sog’liqni saqlash tizimiga qarashli muassasalarda bemorlarning pullik tarzda davolanib shifo topish tizimini bosqichma-bosqich kengaytirish va bundan tushgan mablag’larni shu sohaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va malakali xodimlari rag’batlantirishga sarflashni ko’zda tutish, shu asosida budjet tomonidan beriladigan xarajatlarni qisqartirishga erishish zarur. 66 6. Kommunal xizmatlardan foydalanganligi uchun hozirgi kunda ko’pchilik budjet tashkilotlari va muassasalarida o’lchagichlarning yo’qligi va ayrim joylardagi o’rnatilgan o’lchagich asboblarining nosozligi mahalliy budjet mablag’larining iqtisod qilinishiga to’sqinlik qilib kelmoqda. Shuning uchun ham kommunal xizmat turlaridan (issiqlik suv, sovuq suv, gaz, elektr energiya) tejamkorlikka erishish maqsadida barcha budjet tashkilotlariga o’rnatilgan o’lchov asboblarini sozlab, o’rnatilmagan joylarga esa zudlik bilan o’lchov asboblarini o’rnatilishini ta’minlash va shundan so’ng tashkilotlardagi moddiy javobgar shaxslarniig faoliyatini qattiq nazoratga olish maqsadga muvofiqdir. 7. Mahalliy budjetdan mablag’ olib faoliyat yurituvchi tashkilot va muassasalar tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa molmulkini keng miqyosda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish lozim. Bo’shab qolgan muassasalar binolarini, asbob-uskunalarini kim-oshdi savdosi orqali sotilishini keng qo’llash va yalpi ko’lamining kengaytirilishini ta’minlash darkor. Yuqoridagi takliflarning amaliyotga tadbiq etilishi budjet daromadlarini samarali shakllantirish va mablag’laridan oqilona foydalanishga imkon yaratadi, deb hisoblaymiz.


Download 58.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling