Kadastr zonalari- Kadastr zonalari chegaralari kadastr massivlarining tashqi chegaralari tegishli geodeziya koordinatlariga ega bo‘lgan chegara burilishining birkitilgan nuqtalari bo‘ylab yoki tabiiy chegaralar (daryolar, temir yo‘llar, magistral kanallar, kollektorlar, boshqa muntazam obyektlar) bo‘ylab o‘tishi kerak. Kadastr zonalari ma’muriy tuman yoki shahar hududini uzilishlarsiz va kesib o‘tishuvlarsiz qoplashi kerak.
49. Кадастр йиғмажилди нима ва у қандай маълумотлардан иборат бўлади?
кадастр йиғмажилди — объектнинг кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни шакллантириш, ҳисобга олиш ва кейинчалик давлат рўйхатидан ўтказиш учун зарур бўлган кадастр суратига олиш, техник инвентаризация қилиш ва паспортлаштиришнинг, махсус текшириш ва изланишларнинг, сифат ва қиймат жиҳатдан баҳолашнинг ҳужжатлари, материаллари ва маълумотлари жамламаси;
51. Кадастр мавзелари деб қайси ҳудудлар айтилади? (аниқ мисоллар билан тушунтиринг)
Kadastr mavzelari- Kadastr massivi hududi kadastr mavzelariga bo‘linadi.
Qishloq aholi punkti yoki mahalla kadastr massivi hisoblangan hollarda shakllangan rejalashtirish, imoratlarning qizil chiziqlari, mavjud muntazam obyektlar (ko‘chalar, yo‘llar, daryolar, suv oqimlari, ko‘tarma ko‘priklar va boshqalar), boshqa tabiiy chegaralar hisobga olingan holda har xil belgilar (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi va hokazolar) bo‘yicha ajralib turadigan yer uchastkalarining jami sifatida qabul qilinadi. Qishloq xo‘jaligi maqsadidagi va boshqa maqsaddagi yer massivi kadastr massivi hisoblangan hollarda bog‘dorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkati, qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki boshqa korxona va yirik obyektlar kadastr mavzesi sifatida qabul qilinadi. Kadastr mavzelari kadastr massivi hududini uzilishlarsiz va kesib o‘tishuvlarsiz qoplashi kerak. Kadastr mavzelarining hududini shunday shakllantirish kerakki, ularda yer uchastkalarining soni to‘rt razryadli o‘nli sondan (ya’ni 9999 dan) ortmasligi zarur. Amalda shunday holat yuz bersa, ushbu kadastr mavzesi ikkiga bo‘linishi kerak.
52. Кадастр массивлари деб қайси ҳудудлар қабул қилинади? (аниқ мисоллар билан тушунтиринг)
Do'stlaringiz bilan baham: |