Давлат кадастри тушунчаси ва унинг мазмунини ёритиб беринг? аниқ тарифлар билан


Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlariga


Download 83.76 Kb.
bet8/8
Sana25.04.2023
Hajmi83.76 Kb.
#1396550
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KADASTR ASOSLARI

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
davlat kadastrlarining yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, ularni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi, moliyalashtirish va investitsiya masalalarini hal qiladi;
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish tartibini belgilaydi;
kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastrga doir axborotni foydalanuvchilarga taqdim etish tartibini belgilaydi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

83. Ўзбекистон Республикаси ҳудудларини кадастр бўйича бўлиш схемасини чизиб кўрсатинг.


84. Ўзбекистон Республикаси ҳудудларини кадастр бўйича бўлиш таркиби қандай?
85. Ўсимлик дунёси объектлари давлат кадастрининг мазмуни, объекти ва ваколатли органларини
айтинг.
Мазмуни: O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri-yovvoyi o‘simliklar turlari tarkibi, soni, geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsifi, ulardan foydalanish, iqtisodiy baholash, ular o‘sadigan muhitning tavsifi to‘g‘risidagi uzluksiz yangilanib turadigan axborot tizimi.
Объекти: – O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqalgan barcha o’simliklar o’simliklar kadastrining obyektlari hisoblanadi.

Субъекти: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

86. Ҳайвонот дунёси объектлари давлат кадастрининг мазмуни, объекти ва ваколатли органларини
айтинг.
Мазмуни: Hayvonot dunyosining davlat kadastri – yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ularni iqtisodiy baholash to‘qrisidagi uzluksiz yangilanadigan axborot tizimi.
Объекти: –Tabiiy erkin holda yashovchi yovvoyi hayvonlar: sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yurivchi hayvonlar, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar hayvonot dunyosining davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.
Субъекти: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

87. Ҳудудий принципларга мувофиқ кўп хил кўринишдаги кадастр нечта даражада юритилади?


88. Ҳудудлар давлат кадастрининг мазмуни, объекти ва ваколатли органларини айтинг.
Мазмуни: O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar) davlat kadastri yuritiladigan hududlar hisoblanadi. Ayrim hollarda davlat kadastri yuritiladigan hududlar bo‘lib iqtisodiy mintaqa yoki erkin iqtisodiy zona va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Объекти: Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi barcha davlat kadastrlarining obyektlari, muayyan hududda joylashgan sanoat, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat, ijtimoiy soha, ma’muriy va boshqa ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar, shuningdek, ushbu obyektlar to‘g‘risidagi geofazoviy, statistik va boshqa zarur ma’lumotlar hamda ular joylashgan hududlar hududlarning davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.
Субъекти: O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo`mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

89. Ҳудудларни кадастр бўйича бўлиш деганда нимани тушунасиз?


90. Ҳудудларни кадастр бўйича бўлиш карталарини тайёрлаш тартибини келтиринг? (аниқ
мисоллар билан тушунтиринг)
91. Ҳудудларни кадастр бўйича бўлишнинг асосий вазифалари нималардан иборат?
92. Ҳуқуқий ёки юридик тоифасидаги кадастр қайси мақсадлар учун юритилади? (аниқ мисоллар
билан тушунтиринг)

93. Чиқиндиларни кўмиш ва утилизация қилиш жойлари давлат кадастрининг мазмуни, объекти ва
ваколатли органларини айтинг.
Мазмуни: Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri, bu – chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylarini, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
Объекти: Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish uchun maxsus ajratilgan va uskunalangan joylar:
– sanoat yoki maishiy chiqindilar poligonlari;
– xavfli chiqindilarni ko‘mish joylari;
– chiqindixonalar, kul-shlak tashlash joylari;
– foydalanib bo‘lingandan keyin ko‘mib tashlanadigan shlak to‘plash joylari ushbu davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.
Субъекти: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

94. Энергетика объектлари давлат кадастрининг мазмуни, объекти ва ваколатли органларини


айтинг.
Мазмуни: Energetika obyektlari davlat kadastri – ushbu obyektlarni, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‘g‘risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma’lumotlar tizimidir.
Объекти: Faoliyat ko‘rsatayotgan va qurilayotgan gidro hamda issiqlik elektr stansiyalari, o‘z ichiga yordamchi stansiyalarni oladigan elektr tarmoqlari, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tarkibida jamlangan havo va yerosti kabel liniyalari hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, texnologik jarayonning yaxlitligi vositasida energiya tizimi bilan bog‘langan boshqa energiya obyektlari Energetika obyektlari davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.
Субъекти: “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Energetika obyektlari davlat kadastrini yuritish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Download 83.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling