Davlat pedagogika instituti qarshi davlat universiteti
NAZAR ESHONQULNING ADABIY –TANQIDIY QARASHLARIDA ADABIYOTGA MUNOSABAT
Download 0.93 Mb.
|
НАЗАР ЭШОНКУЛ АНЖУМАН
NAZAR ESHONQULNING ADABIY –TANQIDIY QARASHLARIDA ADABIYOTGA MUNOSABATShoira AHMEDOVA, BuXDU professori, filologiya fanlari doktoriAnnotasiya. Maqolada iste’dodli adib Nazar Eshonqulning adabiy-tanqidiyqarashlaridan qizil ip bo‘lib o‘tadigan Adabiyot haqidagi qarashlari o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: adabiyot, adib, adabiy-tanqidiy qarashlar, adabiy jarayon, “men”, adabiyotning vazifasi. XX asr boshlari yangi o‘zbek adabiyoti o‘z ruhiga mos yangi mazmun va shaklga ega adabiy tanqidni taqozo etdi. Shu bois bu davrda Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Sadriddin Ayniy kabi adiblar badiiy ijod bilan bir qatorda adabiyotshunoslik sohasida ham faoliyat ko‘rsatdilar, XX asrning 30-yillarida adabiy tanqidni rivojlantirishga Oybek, Gʻafur Gʻulom, Uyg‘un, Hamid Olimjon, Otajon Hoshim, Sotti Husayn, Izzat Sulton va boshqalar, 40- yillarda esa M. Shayxzoda, A.Qahhor va boshqalar katta hissa qo‘shib keldilar. Har bir davrda, bu davr adabiyoti, adabiy tanqidi rivojida munaqqidlar bilan bir qatorda adiblar ham faollik ko‘rsatdilar. Mustaqillik yillari adabiy jarayonini kuzatadigan bo‘lsak, bu sohada biroz oqsash seziladi. Sh.Xolmirzayev, Ulug‘bek Hamdam kabi ijodkorlar ilg‘orlikni qo‘ldan bermay kelganlarini hisobga olmaganda, bu davr adiblarining barchasini ham faol deb bo‘lmaydi. Bu jabhada iste’dodli yozuvchi Nazar Eshonqulning borligi e’tiborlidir. Adib ustozlar an’analarini davom ettirib, badiiy ijod bilan birga adabiy jarayonga e’tibor bilan qaratib, adabiy tanqid rivojiga, uning takomiliga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Adib ijodining dastlabki yillaridan ko‘ra 2000- yillardan boshlab, adabiy jarayonda o‘zining adabiy-tanqidiy qarashlarini jamlagan maqolalarini e’lon qilib bordi, ayniqsa, uning 2 jilddan iborat “Mendan “men”gacha kitobi adibning adabiy jarayonga, adabiyot rivojiga befarq emasligini yaqqol ko‘rsatadi. “Hayot va adabiyot bizdan chinakam iste’dodlarni va “men”larni talab qilmoqda. Chunki u bizning “men”imizga qarab ertangi kunini yaratadi”51. Shu bois adib “men”ni ichki dunyoning to‘liqligi, o‘ziga ishonch deb hisoblaydi. “Yangi adabiyot yangi so‘z, yangi til deganigina emas, balki yangi dunyo, yangi iztirob, yangi tafakkur, yangi yuksaklik degani hamdir”, shundan kelib chiqib adib Adabiyotning bugungi kundagi o‘rni, vazifalari haqidagi teran mulohazalarini o‘rtaga tashlaydi. “Ramz xayol va hayotning shartli ifodasidir. Adabiyotning ilohiy kuchi, qudrati shu ramzlarning qay tariqa ifoda etilganiga bog‘liq... Nasr ham, nazm ham, asli ramz, metafora, voqelikning timsolidir. Voqelikning aynan o‘zi go‘zalmas, uning timsoli go‘zal. Yuqorida aytganimizdek, toshmas, toshga yo‘nilgan xayol go‘zal. Adabiyotning ilohiy kuchi ana shu xayolni yarata olishda ko‘rinadi.... Adabiyotning ilohiy qudrati go‘zallik yaratayotganida ko‘rinadi”52. Nazar Eshonqul adabiyotning taraqqiyotini iste’dod bilan belgilaydi. Jamiyatda iste’dod bo‘lmas ekan, adabiyot bo‘lmaydi. Adabiyotni yangilovchi ruhni iste’doddan deb hisoblaydi. Adibning “Tun panjaralari” qissasining qahramoni “Adabiyot insonning og‘riqlaridir... Qachonlardir uni bir-birlariga yuraklaridagi og‘riqlarini aytish va ibrat qilib ko‘rsatish uchun o‘ylab topishgan” degan fikrlarni aytadi. Nazar Eshonqul esa adabiyotni faqat iztirobdan iborat emas deb hisoblaydi: “Adabiyotdagi iztirob oddiy g‘amdan farq qiladi, yuqorida aytganimdek, insonni sevganidan, uni mukammal ko‘rishni istaganidan, ammo istaklari amalga oshmaganidan, inson mukammal bo‘lish o‘rniga adashish yo‘llarini tanlaganidan, tanlayotganidan tug‘iladigan iztirob bu. Adabiyot kelajak va inson haqidagi go‘zal iztiroblar, qayg‘ular, hissiyotlar aks etadigan hamda bu tuyg‘ular, kechinmalar orqali insonning tafakkurini betinim xalos bo‘lishga undaydigan bir vosita. Adabiyot odamni xalos bo‘lishga undaydi. U chaqirmaydi, ichdan, his-tuyg‘ularga ta’sir etish orqali undaydi”53. Adib adabiyotning yangilanib, buyuk evrilishlarga uchragan bo‘lsa ham, vazifasini o‘zgartirmagani haqida fikr yuritadi. Qadim davrlarda ham, hozir ham adabiyot adab vazifasini o‘taganligi, o‘tayotganligiga urg‘u beradi. Adab uchun xizmat qilmaydigan adabiyotni tushunmasligini, adab nasihatgo‘ylik emasligini ta’kidlaydi. “Adab xizmati tuyg‘ular, hissiyotlar, obrazlar, metaforalar, so‘z o‘yinlari, kechinmalar, timsollar bilan sabab va 51 Eshonqul N. Mendan “men”gacha. Toshkent:. “Akademnashr”. 2014. 12-bet. Keyingi o‘rinlarda shu kitobning sahifasi ko‘rsatiladi. 52 114-bet. 53 138-bet. oqibatni ko‘rsatishdir. O‘z davrining odami qanday o‘ylayotgani, qanday yashayotgani, qanday fikrlayotgani, nimadan iztirob chekayotgani, nima uni qayg‘uga solayotgani, uning ichki dunyosi qanday ekanini anglash hamisha ijodkor oldidagi vazifalardan biridir”54. “Botinni anglash san’ati” deb nomlangan suhbatda adib Adabiyot haqidagi mulohazalarini davom ettiradi. Adabiyotning ilohiyot hodisasi, odam haqidagi ilohiy iztirobni odam haqidagi eng yuksak qayg‘udir deb hisoblaydi, dunyoni ma’rifat, tafakkur qutqarishiga ishonadi. “Mendan “men”gacha kitobining uchinchi qismida jahon adabiyotining yirik vakillari ijodi haqida mulohazalar bildirgan adib adabiyotning vazifalari, yozuvchilik burchi haqidagi ularning teran fikrlariga murojaat qiladi. Masalan, Frans Kafka ijodi haqida gapirar ekan, uning kundaligidagi “Mening birdan-bir kasbim adabiyotdir...Mening bor-yo‘g‘im adabiyot, xolos”, — degan so‘zlarini keltiradi. Yoki Borxes ijodi haqida mulohaza yuritar ekan, “Metafora, ramz, timsol adabiyotning yashash imkonidir. Adabiyotlar taraqqiyoti –ramzlar taraqqiyoti, shu sababli yozuvchining tili lingvistik hodisadan ko‘ra estetik hodisadir”, — deb yozadi. “Mutoalaa ezgulikka boshlaydi” deb nomlangan suhbatda adabiyotga shunday ixcham va lo‘nda ta’rif beradi: “Adabiyot — inson haqida, insonning dunyosi va qalbi haqidagi fan. Shundan oladigan saboq. Asar odam haqida, ko‘ngil haqida ta’lim berayaptimi — shu saboqning o‘zi yetib ortadi... Saboq — yorug‘lik”55. “Ijod zavqi” suhbatida esa adabiyotning ko‘lamini insonni qay darajada tadqiq etganiga qarab belgilab kelinganini ta’kidlar ekan, adib Adabiyotning azaliy mavzusi — inson, — deb yozadi. Shu bilan birga adibni adabiyotning jamiyatda tutgan o‘rni keyingi yigirma yillikda bir muncha pasayganligi tashvishga soladi, biroq u millatning ruhi, qalbi bo‘lgan adabiyotsiz jamiyatni tasavvur ham qilolmaydi. Adabiyot inson mohiyatini o‘rganar ekan, u bevosita falsafa va ilohiyot bilan birlashib ketadi. Adabiyotning dardi, iztirobi, og‘rig‘i falsafiy og‘riq, ilohiy og‘riq. Chunki insonning mohiyatini uning ko‘ngli, ruhiyatini moddiy taraqqiyotlar to‘la qondirolmaydi. Iste’dodli adibning adabiyot, ijod haqidagi asosli mulohazalarini o‘qir ekan, kitobxon Adabiyotning sirli, sehrli olamini o‘zi uchun yana qaytadan kashf etgandek bo‘ladi. Yozuvchi ta’kidlaganidek, “Adabiyot yozuvchilarning “uyi”, mehrobi, unga gard yuqtirmaslik barchaning burchi” bo‘lishiga ishonch hosil qiladi. Uilyam Folkner ijodi haqidagi kichik portretida uning Nobel mukofoti taqdimoti ma’ruzasida aytilgan quyidagi so‘zlarini ta’kidlab keltiradi: “Adabiyot insonga matonat bag‘ishlashi kerak. Insonni yengib o‘tishga va yengishga o‘rgatishi kerak....Inson nafaqat dosh beradi, balki yengib ham o‘tadi... Adabiyotning, yozuvchining bosh vazifasi ana shu yengib o‘ta olishni ko‘rsatish va tasvirlashdir...”56. O‘zining adabiy-tanqidiy qarashlarida “Insonning qalbini saqlab qolish — bugungi adabiyotning bosh vazifasi va burchi ekanligini qayta —qayta uqtirgan adibning Adabiyot haqidagi mulohazalari Adabiyotni asrash uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lib qolishiga ishonamiz. 54 139-bet. 55 160-bet. 56 321-bet. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling