Qullarga xususiy shaxslar ham, davlat ham egalik qilishi mumkin bo`lgan Aholining asosiy qismini erkin jamaochilar tashkil etgan.
Podsho birinchi va eng yirik quldor, oliy harbiy boshliq, eng oliy sudya va eng katta ruhoniy hisoblangan. Mansabdor shaxslar uchta asosiy toifaga: oliy fuqarolik chinovniklari; harbiy chinovniklar; turli xil maslahatchilar, avliyolarga bo`lingan. Shuningdek davlatning muhim ajralmas qismi hisoblangan armiya va turmalar ham mavjud bo`lgan.
Miloddan avvalgi XII asrda Shan (In) davlati ichki ziddiyatlar kuchayishi natijasida tushkunlikka uchragan. Miloddan avvalgi 1076 yilda Chjou qabilasi in armiyasini tor-mor etgan, Shan davlati qulagan, uning o`rniga Chjou podsholigi tashkil topgan.
Chjou podsholigi Xitoy tarixida quyidagicha uchta davr: g`arbiy Chjou (miloddan avvalgi 1122-742 yillar); Sharqiy Chjou (miloddan avvalgi 770-403 yillar); "urushqoq podsholiklar" davri (miloddan avvalgi 403-221 yillar)ga bo`linadi.
G`arbiy Chjou davlatining chegarasi Vey daryosi boshidan Sharqda Sariq dengizgacha davom etib, uning poytaxti Xao shahri bo`lgan.
Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining ancha yuqori darajasiga erishilgan, yirik yer egaligi rivojlangan, qulchilik ham o`sgan, davlat ancha mustahkamlanib, uning tarkibiy tuzilishi murakkablashgan.
Ijtimoiy tuzum
Jamiyatda quldorlar aristokratiyasi hukmron mavqega ega bo`lgan. Umuman dehqonlar (nunfu) arang kun kechirgan. Ularning ko`pchiligi yersiz ijarachilarga aylangan.
Jamiyatning eng quyi qismini qullar tashkil etgan. Ularning soni harbiy asirlar, tinch aholini bosib olish, davlat jinoyatchilari hisobiga ko`paygan. Ayniqsa xususiy qullarning soni ortgan. Qul mehnatidan xo`jalikning turli sohalarida va og`ir, iflos ishlarda keng foydalanilgan.
Davlat tuzumi
Oliy hokimiyat nasldan naslga meros bo`lib o`tadigan podsho (van) qo`lida bo`lgan.
Chjou podsholigida saroy boshqaruv tizimi mavjud bo`lgan. Davlat apparatiga oliy martabali amaldor (syan) boshchilik qilgan. G`arbiy Chjou podsholigida kohinlar va folbinlar ham muhim o`rin tutgan. Oliy kohin va buyuk folbin degan mansablar mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |