Davlatshayxning o‘g
Download 75.48 Kb.
|
8-o\'zbek yangi malumotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer egaligi
Qozi askar harbiy harakat boshlanishidan oldin xon nomidan ji- hod e’lon qilgan. Bundan tashqari, o'ljani baholagan va qo‘shinning ma’naviy qiyofasi uchun ham javobgar bo‘lgan.
Qozi rais esa qo'shin muftiysi bergan fatvo ijrosining ta’min- lanishini nazorat qilgan. Harbiy harakatlar chog‘ida har bir boMinmada 5 kishilik guruh ham faoliyat yuritgan. Ularning vazifasi yarador bo‘lgan askarlarni jang maydonidan olib chiqish hamda halok boMganlarni dafn etishdan iborat edi. Harbiy harakatlarni boshlashdan oldin qo‘shin ilg'or (oldingi qism), maymana (o‘ng qanot), maysara (chap qanot) va markaz qismlariga bo‘lingan. Xonlikda 1000 kishidan iborat qo‘shin bo‘Iinmasi tug‘ (minglik), 500-1000 tagacha qo'shin hoMinmasi bayroq deb atalgan. Yuzlik bo‘linma esa elliklikka, elliklik esa o'nlikka bo'lingan. Qo‘shin ta’minoti har bir davlatda, ayniqsa, kam taraqqiy etgan davlatlarda qo‘shin saqlash juda katta xarajat talab qilgan. Xarajatlarning bari soliq tushumlari hisobiga qoplangan, albatta. Shuningdek, harbiy xarajatlarni qoplash uchun aholiga „miltiq puli" deb ataluvchi soliq ham joriy etilgan bo‘lib, u o‘rtahol oilalar uchun 2,5 tilla, boy oilalar uchun 5 tilla miqdorida belgilangan. Harbiy xizmatchilarga unvoniga qarab bir yilga 200 tan- gadan 8 ming tangagacha pul, shuningdek, 20 botmondan 2 ming botmongacha g‘alla berilgan. Yuzboshiga bir yilda 147 kumush tanga, ellikboshiga 98 tanga, o‘nboshiga 65 tanga, oddiy askarga esa 43 tanga haq to‘langan. Harbiy harakatlar oldidan esa yuzboshiga 2 tilla, ellikboshi va oddiy askarga 1 tilladan berilgan. To!g!ri, xonlikning harbiy kuchlari, ularning harbiy tayyorgarlik darajasi juda past bo‘lgan. Chunki qo'shin uchun zobitlar tayyorlaydigan maxsus harbiy bilim yurtlari tashkil etilmagan. Askarlarga harbiy ish maxsus harbiy ta’lim olmagan kishi- laming o‘z saviyalariga yarasha, to‘plagan tajribalariga tayangan holda o‘rgatilgan, xolos. Bunday kishilar shogirdpeshalar deb atalishgan. Muntazam qo‘shin yiliga ikki marta harbiy ko‘rikdan o‘tkazib turil- gan. Xonlik sarhadlarining xavfsizligini mustahkamlash uchun o‘sha davrda harbiy qal’a va istehkomlar qurilishi muhim bo‘lgan. Shuning uchun ham bu masalaga alohida e’tibor bilan qaralgan. Harbiy qal’alar ahamiyati va katta- kichikligiga qarab 3 guruhga bo‘lingan. Birinchi guruh - bir necha ma’muriy birliklarning markazlarida joylashgan qal’alar (Toshkent, Marg’ilon, Qo‘qon, Andijon, Namangan shaharlari). Ikkinchi guruh - mahalliy boshqaruv ixtiyoridagi qal’alar (Turkis- ton, Chimkent, Avliyoota, 0‘ratepa, Pishpak, Oqmasjid). Uchinchi guruh - yirik markazlami bir-biri bilan bog‘lovchi yo‘l- larda qurilgan kichik qal’alar. Qo‘qon shahri qaPasi ikkita himoya devori bilan o‘ralgan. Xonlikning shimoliy qismi mustahkam himoyalangan bo‘lib, bu yerda Turkiston, Chimkent kabi shahar-qal’alar, shuningdek, yirik iqtisodiy va siyosiy markaz - Toshkent shahri ham joylashgan edi. Ohangaron va Chirchiq vohasida Kerovchi, To‘ytepa va Bo‘ka istehkomlari bunyod etilgan. Xonlikning g‘arbiy qismida esa strategik jihatdan katta ahamiyatga ega 0‘ratepa, sharqiy qismida 0‘sh va Pishpak (hozirgi Bishkek shahri, Qirg‘iziston Respublikasi poytaxti) qal’alari bunyod etilgan edi. Qal’alarning barchasi devor bilan o‘ral- gan Botmon - og‘irlik o‘lchov birligi, 1 botmon taxminan 164 kg.ga кч teng 36-mavzu
Q Yer egaligi o‘qon xonligida ham barcha yer davlat mulki edi. Ayni paytda, u egalik shakliga ko‘ra, amlok (davlat), Download 75.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling