Davlatshayxning o‘g


Download 75.48 Kb.
bet12/15
Sana25.08.2023
Hajmi75.48 Kb.
#1670248
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
8-o\'zbek yangi malumotlar

Devonbegi ham yuqori davlat mansabi bo‘lib, u xonlik devon- xonasiga rahbarlik qilgan, shuningdek, moliya ishlarini boshqargan.
Mirza xazinaga tushgan tushumning hisob-kitobini olib borgan.
Dasturxonchi — xon dasturxoniga taom tortuvchi mansabdor edi.
Xiva xonligida bo‘lganidek, Qo‘qon xonligida ham mehtar lavo- zimi bo‘lgan. Biroq bu xonlikda u xonlikning moliya ishlariga mas’ul bo‘lgan devonbegining o‘rinbosari edi, xolos.
Shuningdek, xonlikda shig'ovul, inoq, otaliq, dodxoh, qo'shbegi, parvonachi, xazinachi kabi yuqori martabali lavozimlar mavjud edi.


Ulamo mansablari ichida shayxulislom, qozi kalon, xo'ja kalon (naqib), qozi askar, muftiy, qozi a’lam va rais lavozimlari alohida o‘rin tutardi

35-mavzu



Olimxon 1805-yilda birinchi bo‘lib xonlikda 10 ming kishilik muntazam qo‘- shin tuzdi. Bu qo‘shinning asosini tog‘li tojiklar tashkil etdi. Nav- kariya deb atalgan Umarxon davrida ularning soni 12 ming kishiga yetkazildi. Xudoyorxon esa Usmonli davlatidan sifatli tayyorlangan miltiq (vin- tovka) olib keltirdi. Ayni paytda, xonlikda qilquyruq, qoraqozon va qoracherik deb ataluvchi nomimtazam qo‘shin ham saqlab qolindi. Ular yordamchi bo‘linma hisoblanardi. Yordamchi bo‘linma zaruratga qarab aholi soniga va hududlarning iqtisodiy ahvoliga qarab to‘p- langan


XIX asrning 30—40-yillarida xonlikda jami 30 ming askar bor edi. Xonlikdagi barcha mehnatga yaroqli erkaklar harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin edi. Qaysi hudud qancha askar yuborishini huku- mat oldindan belgilab qo‘yardi. Muntazam qo‘shinga olish meros tar- zida bo‘lgan. Ya’ni ota vafot etsa yoki harbiy xizmatga noloyiq bo!lib qolsa, o‘miga o‘g‘li chaqirilgan. Askarlik ro‘yxatiga kiritilgan kishi o‘z xohishiga ko‘ra undan chiqa olmagan. Ayni paytda, oilaning yol- g‘iz erkagi xizmatga olinmagan. Tinchlik vaqtlarda har kuni askarlar- ning 1/10 qismiga oila a’zolari bilan ko‘rishib kelishga ruxsat etilgan.


Qo‘shin tarkibiy jihatdan sipoh (otliq), to‘pchi( artileriya), sarboz (piyoda) va saralangan maxsus bo lim (galabotit va merganlar) deb ataluvchi 4 qismdan iborat bo‘lgan. Tabiiyki, u davrda otliq qo‘shin qo‘shinning asosini tashkil etgan. Muntazam tartibda xizmat qiladigan har bir otliq askarga davlat to­monidan bahosi 80 tillagacha turadigan ot va egar-jabduq berilgan. Xonlikda 20 ming nafar otliq askar xizmat qilgan.


Xudoyorxon nisbatan zamonaviy to 'pchi qo'shinai tuzdi. Qo‘shin qo'mondoniga harbiy harakat chog‘ida amiri lashkar unvoni berilgan. U qo‘shinning Bosh qo‘mondoni sanalib, harbiy harakat uchun shaxsan mas’ul bo‘lgan. Qo'shinda mingboshi (oliy qo‘mondon), amiri lashkar, qo ‘shbegi (o‘z qo‘shiniga ega beklik hokimi), botirboshi (bekliklardagi harbiy ishning ahvoli uchun mas’ul), valiy (noib, artilleriya qo‘mondoni), qal’abon (harbiy qal’alar uchun mas’ul shaxs), qo ‘rboshi (qurol-aslaha ishlab chiqarish ustaxonasi va om- borxona boshlig‘i), yovar (amiri lashkar maxsus bo‘linmasi boshli- g‘i), to'pchiboshi (to‘pchilar bo‘linmasining boshlig‘i), to'qsoba (o‘z tug‘iga ega bo‘lgan harbiy bo'linma boshlig‘i) va ponsadboshi (500 nafardan iborat harbiy qo‘shin qo'mondoni) kabi oliy darajali har­biy mansablar mavjud edi.


Harbiy harakatlar paytida xonning xos soqchilari askarlarni jangda ruhlantirib turgan. Chekinayotganlarga burch haqida eslatib turish ham ularning vazifalariga kirgan.



Download 75.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling