Davr oraliq’idagi tarixiy atamalarni o`z ichiga oladi. Tarixiy atamalarning ma`nosi yillar o`tishi bilan o`tmishning ma`lum davriga xos holda o`zgargani tez-tez kuzatib turilgan


Bolish — mo`g’ullar imperiyasida tillo pul birligi bolish, 8 misqol, u 2 donga teng bo`lgan.  Botmon


Download 468.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/66
Sana19.10.2023
Hajmi468.41 Kb.
#1709448
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
Bog'liq
13. Tarixiy atama maruza

Bolish — mo`g’ullar imperiyasida tillo pul birligi bolish, 8 misqol, u 2 donga teng bo`lgan. 
Botmon — SHarq mamlakatlari, jumladan, O`rta Osiyoda Qadimgi davr va o`rta asrlarda 
mavjud bo`lgan og’irlik o`lchovi birligi. Botmon turli davrlarda turli joylarda miqdori o`zgarib 
turgan. Masalan XIX asrda bir botmon Xivada 20,16 kg dan 40,95 kg gacha, Buxoro va 
Samarqandda –8 pud (1 pud 16 kg) ya`ni 131,44 kg Fargonada – 8–10 pud ya`ni 131,44 kg dan 
163,800 kg gacha, Toshkentda – 10,5 pud ya`ni 171,99 kg ga teng bo`lgan. SHuningdek, O`rta 
Osiyoda botmon sifatida er o`lchovi sifatida ham qo`llanilgan, ya`ni bir botmon og’irlikdagi 
bug’doy sepilishi mumkin bo`lgan er bir botmon hisoblangan bu taxminan bir gektarga teng satx 
o`lchov belgisi bo`lgan. 
Gaz — SHarq mamlakatlarida taxminan 62 sm dan 91,5 sm ga teng bo`lgan uzunlik 
o`lchov birligi. 
Dinor – o`rta asrlarda Arab halifaligi hududida ishlatilgan tilla pul. XIV asrda 
Movarounnahrda bir dinor ikki misqol kumushga teng bo`lgan. Bir misqol 4,53—4,55 grammni 
tashkil qilgan. 
Dirham — o`rta asrlardagi arab kumush tangasi. XIV asrda Movarounnahrda dirham 3g’1 
(uchdan bir) misqol og’irlikdagi kumush tanga bo`lgan. Og’irligi 3,12 grammga teng. 
Dong — biron narsaning oltidan bir qismi, dinor yoki dirhamning oltidan bir qismiga 
to`g’ri keladi (bir dirham 2 kirot, bir qirot 0,19 gr ga teng), XIV – XIX asrlarda bir Buxoro dongi 
0,8 kg ga teng bo`lgan. 
Jav — og’irlik o`lchovi, arpa donasi, 0,045 grammga teng bo`ladi. 
Zar` — uzunlik o`lchovi, 107 sm ga teng. 
Zira` — masofa o`lchovi, taxminan 79,8 sm ga teng. 
Istor – og’irlik o`lchovi to`rt yarim (21 gr) misqolga teng. 
Kurux — masofa o`lchovi, taxminan 2 km. 
Misqol — og’irlik o`lchovi birligi. SHarq mamlakatlarida qimmatbaho toshlarning 
vaznlarini aniqlash uchun ishlatilgan o`lchov birligi. VI — VIII asrlarda Samarqandda bir misqol 
4,6 grammga, o`rta asrlarda O`rta Osiyo hududida bir misqol 4,25 grammga teng bo`lgan. XIX 
— XX asrlarda Farg’onada bir misqol 4,53–4,55 grammga teng bo`lgan og’irlik o`lchovi 
hisoblangan. 

Download 468.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling