Dekani I. U. Tadjibayev kafedrasi mudiri sh. I


Download 35.25 Kb.
bet11/11
Sana05.02.2023
Hajmi35.25 Kb.
#1167326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nurboyeva.H

2.3. II BOB yuzasidan xulosa.
Barchamizga ma’lumki, ta’lim tizimida, ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda aktning roli beqiyosdir. Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma’lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi.O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya’ni o‘zlashtirilayotgan ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta’lim va tarbiya masalalari hal etiladi.
Ta’limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta’limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma’naviy boyitishdan iboratligi ta’kidlangan. Ta’limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma’naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi. Ulug‘ donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan.
Yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma’noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma’noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, ta’limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta’limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda. Ta’limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi.
Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi. Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta’lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz.
Xulosa qilib aytganda, akt o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hammamizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas’uliyatli vazifani bajarishda yaqindan yordam beradi.

XULOSA
Rivojlangan mamlakatlar qatorida Oʻzbekiston Respublikasida ham zamonaviy kompvuter va axborot texnologiyalari sohasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Fan va ta‘limning barcha sohalariga axborot texnologiyalarni keng miqyosda qoʻllash, yuqori malakali dasturchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish, xalqaro axborot tizimlarini joriy etish, shu jumladan, Internetni kengaytirish maqsadida Respublikamizda umumta‘lim maktablari va maktabgacha ta‘lim muassasalari, maxsus maktab-internetlarda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish keng joriy etilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi ―Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻg‘risida‖ gi PQ-4354-son Qarorida Respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish orqali aholining kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish, umumta‘lim maktablari vebsaytlariga yaratilayotgan elektron darsliklar joylashtirilib borilishi natijasida oʻquvchilar zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallab, bu borada zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlib bormoqda.


Ta‘lim jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish zarurati 70-80 yillardan boshlab (oʻquvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishi pasayib ketgach ) dars metodlarini, shakl va metodlarini oʻzgartirish, yangilik kiritishdan boshlandi. Nostandart darslarga axborot texnologiyasini (kompyuter, filmoskop, kodoskop va h.k) va pedagogik texnologiyalarni qoʻllash bilan takomillashtirib borilmoqda. Jamiyatimiz va xalq ta‘limining zamonaviy talablaridan kelib chiqqan xolda, uzluksiz ta‘lim tizimida yangi pedagogik va axborot texnologiyalar nazariyasi, ta‘lim jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy etish buyicha ilmiy izlanishlar olib borgan olimlardan A.A.Abduqodirov, N.I.Taylaqov, U.Yu.Yuldashev, F.M.Zakirova larni, an‘anaviy va elektron darsliklar yaratishda N.I.Taylaqov, A.A.Abduqodirov, M.M.Aripov, F.M.Zakirova, T.R.Azlarov, B.J.Boltaevlarni,informatikani oʻqitish mazmuni va metodikasi yoʻnalishlarida T.R.Azlarov, D.M.Esanbaeva, I.Isakov, A.E.Xayitov, R.R.Boqievlarni, umumta‘lim maktablarining boshlang‘ich sinflarda oʻquvchilarni informatika ta‘limiga tayyorlash yoki informatika asoslari boʻyicha ta‘limi yuzasidan T.R.Azlarov, A.A.Abduqodirov, S.Raxmonqulovalarni aytib oʻtish lozim.
Ta‘limda, umuman, barcha jabhalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash, hech qanday toʻsiqlarsiz axborot izlash, olish, tekshirish, uzatish hamda axborotlarni yanada takomillashtirish yuzasidan qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinmoqda. Globallashuv jarayoni ta‘limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan keng foydalanishni talab etadi. Oʻqitishning zamonaviy usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllamasdan turib, oʻqituvchi oʻz kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta‘limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini toʻg‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi zamon mutaxassisi qaysi sohada ishlamasin, uning oldida oʻzining sohasiga tegishli hodisa va voqealarni bilib turishi bilan birga, bilim saviyasini ham doimiy ravishda oshirib borishini shu bilan birgalikda oʻz bilimini yosh avlodga еtkazib berishni davr talab etmoqda. Mamlakatimizda barkamol avlodni komil shaxs sifatida shakllantirish hamda axborotga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida, ta‘lim jarayoniga axborot texnologiyalarini keng jalb qilish, ijobiy axborotga toʻla boʻlgan veb saytlar koʻpaytirish, interaktiv xizmatlar koʻlamini kengaytirish davr talabi sifatida yuzaga kelmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. O’zbekistonda ilmiy amaliy tadqiqotlar” Toshkent 2020;

  2. Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalari” Toshkent 2020, B.S.Abdullayeva, N.Sh.Ro’ziqulova A.A.Holiqov A.A.Xo’jayev, I.S.Soliyev;

  3. "Savod o‘rgatish darslari"



  1. www.openscience.uz


5. “Ta’limda axborot texnologiyalari” Toshkent 2020;
6. arxiv.uz
7."Ona tili o‘qitish metodikasi" Toshkent -"Fan va texnologiyalar"- 2012.


Download 35.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling