Qovun – sovun,
ikki - ukki,
mart - mard,
soʻqmoq-toʻqmoq,
savlat- davlat
Mashq toʻliq bajarilgach “Ofarin” soʻzi va qarsak ovozi bilan eshitiriladi. Namoyish tugagach quyidagi savollar beriladi:
- Qaysi tovushlar soʻzlarning ma‘nosini oʻzgartiryapti? (q-s, i-u, t-d,s-t, s-d)
- Bu soʻzlarni talaffuz qilganimizda, ular bir-biridan nima bilan farqlanadi? (Tovush bilan).
Shu soʻzlarni yozganimizda ular bir-biridan nima bilan farqlanadi? (Harf bilan).
Mashqdagi soʻzlar ma‘nosi ustida ishlash maqsadida ma‘nodosh soʻz toptiriladi.
Mard- jasur, qoʻrqmas, botir.
Davlat- boylik yoki ma’noga qarab mamlakat.
Toʻqmoq- tayoq.
Lug‘at ishi oʻtkaziladi.
Savlat- insonning butun gavda koʻrinishi uning savlati deyiladi.
Soʻqmoq- bir kishi yuradigan yolg‘izoyoq yoʻl.
Toʻqmoq- uchi toʻmtoq tayoq.
- Soʻz ma‘nosini oʻzgartirayotgan harfning tagiga chizing. “Kim koʻp soʻz tanlaydi” ta‘limiy oʻyini oʻtkaziladi. Bunda toy, don soʻzlaridagi bitta tovushni oʻzgartirib, kim koʻp yangi soʻz hosil qilishi lozimligi tushuntiriladi.
Toy- soy, joy, moy, loy, boy;
Don- non, kon, jon, xon, son, yon, shon
- Bitta undosh harf oʻzgarishi soʻzimizni butunlay boshqa ma‘noga oʻzgartirib yuborishi mumkinligi aytiladi.
6-mashq. 2-multimediya ilovasi asosida bajariladi. Unda mashq shartiga koʻra she‘r ifodali oʻqiladi.
Qovunlar
Ananas qasir-qusur,
Pichoqqa ilinmaydi.
Oqurug‘-mayiz, holva,
Poʻchog‘i bilinmaydi.
Boʻrikalla , asati,
Koʻkturnasin aytmayman.
Ming til bilan soʻzlab ham
Maqtoviga еtmayman.
Tolib Yoʻldosh.
Oʻqituvchi tomonidan she‘r matni tahlil qilingach, oʻquvchilar she‘rdagi qovun nomlarini topadilar. Ilovadagi qovun nomi Ananas soʻzi belgilanganda shu turdagi qovun rasmi monitorda koʻrinadi.
Qovun nomi noʻtoʻg‘ri topilsa, rasm chiqmaydi.
Qovun nomlari aniqlatiladi va daftarga yozdiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |