Dekani I. U. Tadjibayev kafedrasi mudiri sh. I
Download 35.25 Kb.
|
Nurboyeva.H
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.
.3. I BOB Yuzasidan xulosa.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinflarda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlashlarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lash hamda darsga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi taʼlim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Aytish joizki, multimedia ilovalarini har bir darsda qo‘llash natijasida o‘quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlash yana-da rivojlanadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, axborot kommunikativ vositalarining boshlang‘ich sinf darslarida qo‘llanilishi darsning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida ta‘lim sohasi tubdan yangilanib, oʻqitishning ilg‘or usul va metodlarini amalda qoʻllash boʻyicha ulkan tajriba toʻplandi. Bugun zamon shiddatli tarzda rivojlanyapti. Demak, umumta‘lim fanlarini oʻqitishga zamon talablari asosida yondashish, ta‘limda eng ilg‘or texnologiyalarni qoʻllash davr talabi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi ―Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta‘limining davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash toʻg‘risidagi 187-sonli qarori ta‘lim-tarbiya sohasini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish, oʻqitish sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi DTS ning maqsadi –umumiy oʻrta ta‘lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma‘naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. II BOB SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. Download 35.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling