Dekani I. U. Tadjibayev kafedrasi mudiri sh. I
I BOB. TA’LIMDA AXBOROT TEXOLOGIYALARI
Download 35.25 Kb.
|
Nurboyeva.H
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi...............................................................................................14 I BOB
- I.1.Boshlang‘ich sinflarda savod o‘rgatish bosqichlari.............19 II.2.
- II.3. II-BOB yuzasidan xulosa....................................................27
I BOB. TA’LIMDA AXBOROT TEXOLOGIYALARI......................................9
I.1. Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari............................................................9 I.2. Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi...............................................................................................14 I BOB yuzasidan xulosa...................................................................18 II BOB SAVOD O’RGATISH DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. I.1.Boshlang‘ich sinflarda savod o‘rgatish bosqichlari.............19 II.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatish davrida axborot texnologiyalaridan foydalanish.Tovushlar va harflarni o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.................21 II.3. II-BOB yuzasidan xulosa....................................................27 XULOSA........................................................................29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR....................................31 KIRISH
Mazkur qonun, qaror va farmonlarda “... maktablar, kasb- hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o’quv yurtlarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qo’llanishga asoslangan ilg’or ta’lim tizimlarini kiritish” vazifalari belgilab qo’yilgan. Shuning uchun ham har bir mutaxassis o’z sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan, axborot oqimlari kengayib borayotgan bu davrda ta’limda sinf- dars tizimini qayta ko’rib chiqish va unga ishlov berishga ehtiyoj tug’ilmoqda . Xususan, darslarda axborot- komunikatsiya vositalarini qo’llash va shu orqali ularning natijalarini kafolatlash lozimligi yanada yaqqol namoyon bo’lmoqda. Ilm- fan texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarishning bugungi yuksak taraqqiyoti o’z- o’zidan yangi ijtimoiy talablarni kun tartibiga qo’ymoqda. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy salohiyati va ma’lumot darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim metodikasini bilishi, ta’lim- tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni tadbiq eta olishi ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida zarur ko’nikmalarni shakllantirish, boshlang’ich ta’lim sifat samaradorligini yangi bosqichga ko’tarish, o’qitishning zamonaviy usul va vositalarini amliyotga joriy etish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini tizimli tashkil etish bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini kasbiy kompetentligini oshirishga, yuqori malakali, mehnat bozoridagi kuchli raqobatga bardoshli kadrlarni tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 - yil 2- fevraldagi “Axborot sohasi va ommaviy komunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida”gi PF- 5653- son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 – yil 7- iyundagi “O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot – kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ – 4354 – son Qarori tezkorlik bilan rivojlanayotgan davr mutaxassislar oldiga shiddatli o’zgarishlarga tayyor turish, davr bilan hamnafas bo’lgan holda ijtimoiy va kasbiy nuqtai nazardan o’z – o’zini shakllantirib, bo’lajak o’qituvchilarning zamonaviy axborot kompetentligini rivojlantirish vazifasini qo’ymoqda. Bu vazifalarni bakalavriyat ta’lim bosqichidan boshlab amalga oshirish lozim. Bu sohada qilinadigan ishlardan biri kompyuterda o’zlashtirib olingan nazariy va amaliy ko’nikmalarni pedagogik jarayonda tadbiq qilib foydalanishdir. Kompyuter savodxonligi bo’yicha orttirilgan bilim va ko’nikmalar o’qituvchilarning pedagogik mahoratini yuksaltirib, ularning amalda qo’llanishi darslarga o’zgacha ko’rinish bag’ishlaydi. Zero, boshlang’ich sinflarda fanlarni o’qitishda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish, o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Hozirgi kunda umumta’lim maktablarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlaeini takomillashtirish, ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish eng muhim ko’rsatkichlardan biri ekanligi yetuk pedagog olimlar tomonidan e’tirof etilganligi hech kimga sir emas. Jumladan, U.SH.Begimkulov ta’lim jarayonida hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan kompyuter axborot muhitini yaratish hamda ta’lim jarayonida multimedia, o’qitishda immitatsiya, zarur axborotlarni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilinadigan ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif etadi.Boshlang’ich sinf darslari o’quv jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etilishi, o’qituvchini texnik vositalar tomonidan chiqishiga emas, balki yangicha yondashuv orqali uning vazifasi va rolini o’zgartirib, o’qituvchanlik faoliyatini yana – da serqirra, ijodi va kreativ yondashuvga asoslangan kasbga aylantiradi. Hozirgi davrda pedagogikada innovatsion ta’lim usullarini va dasturiy-texnik vositalarini qo‘llashga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu yo‘nalish bo‘yicha 2013-14 yillarning o‘zida bir qancha halqaro anjumanlar o‘tkazilganki, ularda muhokama qilinayotgan masala va muammolar bu sohaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Misol sifatda O‘zbekistonda (oktyabrda), Tayvanda (avgustda), Evropada mamlakatlarida (may-iyun oylarida), AQSH da (iyunda) va Birlashgan Arab amirliklarida (oktyabrda) o‘tkazilgan innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan konferensiyalarni ko‘rsatishimiz mumkin. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bizning jamiyatimizdagi ko‘pchilik insonlar o‘qituvchilarni kunlar, xaftalar va oylar davomida o‘qitiladigan fan bo‘yicha astasekinlik bilan turli xil ko‘rsatma va topshiriqlar beradigan hamda bir maromda qandaydir bilimlar majmuasini o‘quvchilarga singdiradigan zerikarli mutaxassislar sifatida tushunadilar. Lekin ularning qanday ko‘rsatma va topshiriqlar berishlari, qanday dasturiy-texnik vositalardan foydalanishlari hamda bunday usullar qanday samara berishini ko‘pchilik bilmaydi yoki tushunmaydi. Yillar davomida ta’lim berishning bir qancha usullari, uslubiyati, texnologiyasi va dasturiy-texnik vositalari vujudga kelganki, ularning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ba’zi bir ta’lim berish uslublari yosh bolalarning bilim olish jarayonini o‘rganish asosida tashkil etilgan bo‘lsa, boshqalari dars berish jarayonida ro’y beradigan muammolarni hisobga olgan holda tashkil etilgan. O‘qitish uslubiyatining yana boshqa birlari esa bir qancha olimlar tomonidan ishlab chiqilgan falsafiy-mantiqiy modellar asosida, masalan, Suqrot uslubida, muloqot usulida yoki korporativ usulda tashkil qilingan. Undan so‘ng o‘qitishni mahsus ta’lim berish modellari asosida tashkil etish keng miqyosda amalga oshirila boshlandi. Bunda o‘quvchi-talabalarning ma’lum bir soha yoki fandan bilim olishlari mahsus usullar, modellar, ta’lim standartlari yoki strategiyalar asosida amalga oshirilar edi. Ba’zi bir modellarda o‘qituvchi dominant ro’lida bo‘lib, barcha ta’lim berish vazifalarini o‘zi hal qilar, boshqalarida esa talabalarga to‘la erkinlik berilib, ularni demokratik tamoillar asosida o‘qitilar, yana boshqa birlarida esa talaba va o‘qituvchi orasida tenglik hamda ijodiy fikr almashinish jarayoni amalga oshirilib, o‘zaro muloqot vositasida interfaol ta’lim jarayoni amalga oshirilar edi. Ammo hozirgi paytdagi ta’lim berish jarayoni asosan sinfda yoki mahsus jihozlangan xonalarda talabalar va o‘qituvchining o‘zaro muloqoti orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, hozirgi davrdagi ta’lim berish jarayonini quyidagi asosiy jihatlar bilan ifodalash mumkin: O‘qituvchining faoliyati nafaqat ilmiy-amaliy asosda, balki ijodiyartistik asosda ham amalga oshirilishi lozim; O‘qituvchining dars berish jarayonidagi ro’li ancha murakkab bo‘lib, uning o‘ziga xos tarixiy va zamonaviy jihatlari mavjud. Oldingi davrlarda o‘qituvchilarning faqatgina zamonaviy bilimlar berishi talab qilinsa, hozirda ulardan tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy, siyosiy va amaliy bilimlar berish ham talab qilinadi; O‘qituvchilarga bo‘lgan talab ham sezilarli darajada oshdi va endi ular nafaqat ilmiy, balki ma’rifiy va amaliy bilimlarni ham puxta egallashlari zarur bo‘layapti; Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanib borishi, yangi texnika va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, informatsion texnologiya vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olish hamda kerakli bo‘lgan dasturiy-texnik vositalarni o‘zlashtirishni talab qilayapti; O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. Download 35.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling