Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


ishlatyapmiz va shu bois ham terminologik chalkashlik yuzaga kelmoqda


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

ishlatyapmiz va shu bois ham terminologik chalkashlik yuzaga kelmoqda. 
Mutaxassis sifatida biz bu xil chalkashlikdan qochishimiz lozim boMadi. 
Shu bois ham biz «she’r tizimi» deganda muayyan oMchov 
tamoyillarga asoslangan vaznlar majmuini tushunamiz. Masalan, 
«aruz tizimi» deyilganda misralarda cho‘ziq va qisqa hijolaming ma’lum 
tartibda takrorlanib kelishiga asoslangan «she’riy sistema» 
tushuniladiki, bu tizim yuzlab konkret vaznlami o‘z ichiga oladi.
Ma’lum boMdiki, «she’r tizimi» she’r tuzilishining asosini, asosiy


qonuniyatlarini belgilab beradi. Har bir xalq she’riyatidagi «she’riy 
tizim» o‘sha xalq tilining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Mavjud she’r tizimlarining hammasida asosiy oMchov birligi sifatida 
bo‘g‘in olingan. Bo‘g‘in esa, ma’lumki, turli tillarda turlicha sifat va 
miqdor ko‘rsatkichlariga ega. Shunga ko‘ra, jahon xalqlari she’riyatida 
mavjud she’riy sisternalar bo‘g‘inning miqdori (sillabik she’r tizimi), 
urg‘uli yoki urg‘usizligi (tonik), cho‘ziq yoki qisqaligi (metrik), 
baland yoki past talaffuz qilinishi (melodik) kabi jihatlami o'lchov 
asosi qilib oladi.
Metrik she’r tizimi misralarda cho‘ziq va qisqa hijolaming muayyan 
tartibda (rukn, stopa) takrorlanib kelishiga asoslanadi. Bu she’r tizimi 
unlilari cho‘ziq-qisqaligi jihatidan sezilarli farqlanuvchi tillarga ko‘proq 
xosdir. Masalan, qadimgi yunon va rim she’riyati metrik sistemaga 
asoslangan. Shu bois ham metrik sistema qadimdayoq tugal sistema 
sifatida shakllanib, o‘shandayoq uning nazariy asoslari, qat’iy qoidalari 
ishlab chiqilgan. Antik adabiyotdagi metrik sistemada qisqa hijo ( v ) 
mora deb nomlanib, u eng kichik oichov birligi sanalgan. Cho‘ziq 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling