Dilnavoz Yusupova


Download 2.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/276
Sana10.11.2023
Hajmi2.95 Mb.
#1764200
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   276
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot

9.3. Sayfi Saroyi 
(1321 – 1396) 
Sayfi Saroyi o‗zbek adabiyoti tarixida alohida mavqega ega bo‗lgan yirik adiblardan. 
U 1321-yili Xorazmdagi Qamishli qishlog‗ida tug‗ilgan. Ammo shu nom Volga bo‗yida 
ham juda ko‗p uchraydi. U Qamishlidan bilimini oshirish uchun Saroyga keladi. Saroy 
Oltin O‗rda davlatining poytaxti edi. Muhammad ibn Arabshohning yozishicha, «Saroy 
tutgan o‗rni va xalqining juda ko‗pligi bilan eng katta shaharlarning eng kattasi edi. U fan 
markaziga aylangan. Oz vaqt ichida bu yerda ko‗plab atoqli, mashhur kishilar 


164 
to‗plangan». Ular orasida Qutbiddin ar-Roziy, Mas‘ud Taftazoniy, Kamoliddin at-
Turkmaniy, Hofiz Muhammad ibn Bazzoziylar bor edi. Shuningdek, mashhur shoir 
Kamoliddin Xo‗jandiyning ham XIV asr oxirlarida Saroyda yashab ijod etganligi yaxshi 
ma‘lum.
Shoir shu yerda yashab turgan davrda «Saroyi» degan taxallusni olgan. Sayfi uning 
ismi bo‗lib, «qilich» degan ma‘noni bildiradi.
Umrining oxirlarida u Oltin O‗rdadan Misr – Shomga ketgan va o‗sha yerda 
yashagan.
O‘sib tuprog‘im uzra nayzalar, men evdin ayrildim, 
Vatandin benishon o‘ldim-da, o‘zga yurtga evrildim.
Nechun menga falak jabr ayladi, qanday gunohim bor? 
Iloho, ayla kam jabring, men elga sodiq ul erdim, –
 
kabi misralar shu qismatga ishora. U o‗z yurtidan ketishni «falak jabr ayladi» deb 
izohlamoqda. «Tuprog‗im uzra nayzalar o‗sdi» degan jumla zamirida Chingizxon 
istilosining oqibatlari pinhon. Adib taxminan 1396-yili vafot etgan.
Sayfi Saroyining o‗zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo‗shgan hissasi bebahodir. 
Ayniqsa, g‗azal janrida u cheksiz mahoratini namoyish etgan.
Sayfi Saroyi masnaviylari ham alohida mavqega ega. Bu jihatdan «Vasf ul-shuaro» 
she‘ri ahamiyatlidir. U «Shoirlar vasfi» demak. Ushbu masnaviyda adib o‗zining adabiy-
estetik qarashlarini bayon etadi.
Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘,
Kimi bulbul durur so‘zda, kimi zog‘, –  
deb yozarkan, ijod maydonini bog‗ gulshaniga, shoirlarni esa shu bog‗dagi qushlarga 
o‗xshatadi. U ijodkorlarning turli guruhlari mavjud ekanligini (bulbul, zog‗), shunga 
muvofiq, ularning taqlidchi (to‗ti) yoki mustaqil ijodkor bo‗lishi va boshqa xususiyatlari 


165 
haqida to‗xtalib o‗tadi. Buni adabiy tanqidchilikning o‗ziga xos bir ko‗rinishi sifatida ham 
qabul qilish mumkin.
Masnaviy so‗ngida shoir kamtarlik bilan shunday yozadi: 
Ularning ush biri Sayfi Saroyi,
Jahon oriflarining xoki poyi.
Ani sen jumla shoir kamtari bil,
Qamar yuzga hamisha mushtariy bil. 
O‗zbek dostonchiligi ravnaqi tarixi ham Sayfi Saroyining nomi bilan ziynatlangan. 
Uning «Suhayl va Guldursun» degan dostoni ana shu an‘anani boyitadi. Doston 1394-yili 
yozilgan bo‗lib, 82 bayt, 164 misradan iborat.
Doston voqealari Temurning Urganchga lashkar tortib kelishi bilan boshlanadi. 
Jangda Suhayl asirga tushib qoladi, shoh qizi Guldursun uni sevib qolib, zindondan 
qutqaradi. Ular tunda oy yorug‗ida qochib ketadilar va sahroga borib qoladilar.
Alar ko‘p yurdi-yu sahrog‘a kirdi,
Gunashdin sahro ichra do‘zax erdi.
Yo‘q erdi suv, yemakka anda o‘tmak,
Agar bo‘lganda ham aqchasi lak-lak.
Ochlik va tashnalikdan Guldursun hushini yo‗qotadi, uning jon berganini ko‗rgan 
Suhayl ham o‗ziga tig‗ uradi va halok bo‗ladi.
Sayfi Saroyi benazir tarjimon hamdir. Adib Sa‘diy Sheroziyning mashhur «Guliston» 
asarini «Gulistoni bit-turkiy» nomi bilan o‗zbekchalashtirgan. Asar Misr amiri 
Batxasbekka bag‗ishlangan bo‗lib, 1391-yili yozilgan.

Download 2.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling