169
10. TEMURIYLAR DAVRI ADABIYOTI
Amir Temur va temuriylar davrida Markaziy Osiyo
va Xurosonda madaniyat va
san‘at o‗z rivojining yuksak cho‗qqisiga ko‗tarildi. Falakiyotshunoslik, tarix, jo‗g‗rofiya,
badiiy ijod, tilshunoslik va fanning boshqa qator sohalari gurkirab o‗sdi, bir qator buyuk
olim va
ijodkorlar yetishib chiqib, jahon madaniyati va faniga munosib hissa qo‗shdilar.
Bu davrda, ayniqsa, falakiyotshunoslik nihoyatda yuksaldi. Buyuk olim va
mutafakkir Mirzo Ulug‗bek (1394 – 1449) Samarqandda
birinchi falakiyotshunoslik
akademiyasiga asos soldi. Ma‘lumotlarga ko‗ra, 1417-yili mazkur akademiyada
dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning soni 100 dan oshib ketgan.
Akademiyada 1018 ta yulduz tasvirlangan katalog tuzilgan.
Yulduzlarning turish
burchaklari sinus va tangenslari natural qiymatlarining jadvallari ishlab chiqilgan. Mirzo
Ulug‗bek yaratgan «Ziji Ko‗ragoniy» jadvalida mazkur
hisob-kitoblar haqida aniq
ma‘lumot beriladi.
Ulug‗bek akademiyasining iste‘dodli vakili Ulug‗bekning shogirdi Ali Qushchi
(1403 – 1474) o‗z zamonasining Ptolemeyi deb nom olgandi. Uning falakiyot, arifmetika
va algebraga oid 6 ta kitobi bor.
Ulug‗bek akademiyasida
yana Qozizoda Rumiy, G‗iyosiddin Jamshid kabi
falakiyotshunoslar ham faoliyat olib borganlar.
Bu davrda tarixnavislik ham qator yutuqlarga erishdi.
Sohibqiron Amir Temurning
zafarli yurishlariga bag‗ishlangan
Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Hofizi
Do'stlaringiz bilan baham: